Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   318
2 5213200508969289537

TIMUS - AYRISIMON BEZ
Bu bezning mag‘iz va po‘stloq qavatlari bor. Po‘stloq qavati 
retikulyar hujayralardan tashkil topgan bo‘lsa, mag‘iz qavati limfoid 
to‘qimadan tashkil topgandir. Ayrisimon bez yosh bola va hayvonlarda 
kattaroq bo‘ladi, organizmlar jinsiy etilishi bilan bu bez rivojlanishdan 
to‘xtaydi, atrofiyaga uchrab kichrayadi. Bu bezning ajratadigan moddasi 
hayvonning o‘sishida, organizmda mineral moddalar almashinuvida katta 
ahamiyatga ega bo‘lsa kerak. Keyingi paytlarda bu bez, ayniqsa, spetsifik 
immunitet hosil bo‘lishida, ba’zi allergik reaksiyalaming yuzaga 
chiqishida katta ahamiyatga ega deb hisoblanmoqda. Gap shundaki, 
allergik reaksiyada, ya’ni oqsil va oqsilmas tabiatli yot moddalarga 
(allergenlarga) organizm sezuvchaligini kuchayishida ikki xil limfotsit- 
laming roli aniqlandi. Bu limfotsitlardan bir xilining ("B" limfotsitlarning) 
tovuqlar fabritsiy xaltasidagi limfoid to‘qimada, shuningdek, odamlarning 
bachadon bezlarida, ichaklardagi limfoid to‘qimalarda hosil bo‘lishi 
aniqlandi. Ikkinchi xil limfotsitlar Timusda hosil bo‘ladi. Bu limfotsitlar 
"T" limfotsitlar deb yuritiladi ("T" - timus so‘zidan kelib chiqib, "T" 
limfotsitlar uch xil farqlanadi. "TK" killerlar fagotsitoz vazifasini bajaradi. 
"Tx" - xilperlar-killerlarga yordam beruvchilar va "Ts" - supressorlar - 
killerlarga qarshilik ko‘rashuvchlar). "B" - limfotsitlar alergen bilan 
uchrashganida o‘zidan antitanalar ajratadi va o‘ta tez avj oladigan allergik 
reaksiyalaming yuzaga chiqishida hal qiluvchi omil boiib xizmat qiladi. 
"T" - limfotsitlar esa allergen bilan uchrashganida o‘zidan antitana 
ajratmasdan, tegishli suyuqliklarni - omillami ajratadi va bu omillar sekin 
avj oladigan allergik reaksiyalaming ro‘yobga chiqishini ta’minlydi.
GEP - tizimining inkretor funksiyasi. GEP - tizim deb gastro-entero- 
pankreotik tizimiga yoki ovqat hazm qilish tizimi organlariga aytiladi.
305



Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin