Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


Moddalar Miqdori (gramra hisobida)



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   318
2 5213200508969289537

Moddalar
Miqdori (gramra hisobida)
90 litr
plazmada
Birlamchi
siydik
tarkibida
Qayta
so ‘rilgan
moddalar
miqdori
1 litr oxirgi
siydikdagi
miqdori
Suv
83 L.
83L.
82L.
1L.
Kolloidlar(oqsi]lar)
6750
-
-
-
Glyukoza
90
90
90
.
Natriy
270
270
266,5
3,5
Xloridlar
333
333
327
6,0
Mochevina
27
27
7
20,0
Siydik kislota
3,6
3,6
3,1
0,5
Kaliy
18
18
16,5
1,5
Fosfatlar
8,1
8,1
6,6
1,5
Sulfatlar
1,8
1,8
-
1,8
Basharti, ba’zi-bir fiziologik shart-sharoitlarga ko‘ra, birlamchi 
siydikda kichik dispersli ozgina oqsil o‘tgan taqdirda ham, ular kanalchalar 
devori orqali yana batamom so‘rilib ketadi, reabsorbsiyalanadi. 
Shuningdek, natriy, kaliy, kalsiy, xlor va boshqa bir qator ionlar ham 
kanalchalar devoridan sezilarli darajada qayta so‘riladi. Birlamchi 
siydikdan turli moddalaming qay miqdorda reabsorbsiyalanishini quyidagi 
jadvaldan ko‘rsa boiadi (20-jadval).
266


Kanalchalar orqali moddalaming tanlab so‘rilishi jadvaldan ko‘rinib 
turibdi.
Moddalar reabsorbsiyalanishiga qarab pog‘onali va pog‘onasiz 
moddalarga 
boiinadi. 
Plazmadagi konsentratsiyasi 
qay darajada 
bo‘lishidan qat’iy nazar, reabsorbsiyalanmaydigan,ya’ni benihoya kam 
miqdorda reabsorbsiyalanib, oxirgi siydik bilan chiqib ketadigan 
moddalarga pog‘onasiz moddalar deyiladi. Bu moddalar qatoriga 
mochevina, kreatinin, sulfatlar kiradi. Ular ajralayotgan siydik miqdoriga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
ч
35-rasm. Normal siydik tarkibida bo‘ladigan tuzlaming kristallari.
1-kalsiy fosfat, 2-ammoniy urat, 3-kalsiy karbonat, 4-siydik 
kislotasi (urat kislota), 5-kalsiy oksalat.
Odatda, to ia reabsorbsiyalanishi tufayli ajralayotgan siydik tarkibida 
uchramaydigan, ya’ni juda kam miqdorda uchraydigan moddalar pog‘onali 
moddalar deyiladi. Bular qatoriga glyukoza, aminokislotalar, turii ionlar 
kiradi. Pog‘onali moddalaming ajralib chiqish pog‘onasi deb, bu 
moddalaming qondagi shunday konsentratsiyasiga aytiladiki, bunda ular 
kanalchalarda to‘la reabsorbsiyalana olmaydi, shunga ko‘ra oxirgi siydik 
bilan chiqib ketadi. Binobarin, pog‘onali moddalaming siydik bilan 
chiqarilishi uchun ulaming qondagi konsentratsiyasi odatdagidan sezilarli 
darajada oshiq boiib, ajralib chiqish pog‘onasiga yotm ogi lozim. 
Masalan, glyukozaning miqdori qonda ba’zi-bir fiziologik yoki patologik 
holatlarda odatdagisidan oshib ketadi. Oqibatda uning ma’lum qismi 
siydik bilan chiqariladi. Pog‘onali moddalar boigan mineral moddalar 
ionlarining miqdori oshib ketsa, osmotik bosimni oshish xavfl tugilsa, bu 
moddalaming m aium qismi siydik bilan chiqariladi. Shu bilan qonning
2
267


osmotik bosimi bir xilda turaveradi. Reabsorbsiyaning mexanizmi bir 
qator tajribalarda o‘rganilgan. Jumladan, natriy, kaliy, kalsiy ionlari, 
glyukoza va aminokislotalar kanalchalar epiteliysining faol faoliyati 
tufayli qayta so‘riladi. Bu moddalaming faol so'rilishi oqibatida to‘qima, 
oraliq suyuqligining osmotik bosimi bir muncha oshib, suvning passiv 
ravishda ko‘p miqdorda so‘rilishiga sabab bo Mad i. Xlor va boshqa anionlar 
manfiy zaryadli bo‘lganligi sababli musbat zaryadli natriy ionlari bilan 
birga so‘riladi.
Tekshirishlarda, Genii qovuzlog‘ining pastga tushuvchi qismidan 
suvning, yuqoriga ko‘tariluvchi qismidan natriy ionlarining so‘rilishi 
isbotlangan. Qayta so‘rilish ikkinchi tartibli burama kanalchalarda ham 
davom etadi. Ammo bu yerda ionlaming faol so‘rilishi ularning qondagi 
konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni bu yerdan oqib o‘tayotgan siydik 
tarkibida kaliy va natriyning miqdori, ularning qondagi miqdoridan kam 
bo‘lsa shundagina bular so‘riladi, teng bo‘lgan holda esa so‘ril- 
maydi.Kanalchalarda reabsorbtsiya oqibatida qolgan siydik yog'uvchi va 
umumiy kanalchalar orqali oxirgi, ya’ni haqiqiy siydik holida buyrak 
jomiga quyiladi. Bir qator usullar yordamida qancha birlamchi siydikdan 
qancha oxirgi siydik hosil bo‘lishini aniqlash mumkin. Eng keng tarqalgan 
usullardan biri ajralayotgan siydik va plazma tarkibidagi sulfatlar 
konsentratsiyasini aniqlab, shunga qarab hisoblashdir. Gap shundaki, 
sulfatlar kanalchalardan mutlaqo qayta so‘rilmaydigan o‘ta pog‘onasiz 
moddalardir,ha’ni ularning qondagi konsentratsiyasi birlamchi siydik 
konsentratsiyasiga teng bo‘ladi. Qayta so‘rilmaganligi sababli birlamchi 
siydikka o‘tgan sulfatlarning hammasi oxirgi siydik bilan chiqariladi. Shu 
sababli qon va oxirgi siydikdagi sulfatlar konsentratsiyasini aniqlash yo‘li 
bilan qancha birlamchi siydikdan qancha oxirgi siydik hosil bo‘lganini 
aniqlash mumkin. Masalan, plazmada, binobarin, birlamchi siydikda 
sulfatlar 0,002% ga, oxirgi siydikda esa ularning miqdori 0,18%ga teng. 
Demak, 0,18 : 0,002=90. Demak, oxirgi siydikda sulfatlar birlamchi 
siydikdagiga qaraganda 90 marta ko‘p boiadi. Sulfatlarning mutlaqo qayta 
so‘rilmaganini nazarda tutsak, 
1L siydik hosil boiishi uchun 
kanalchalardan 90L birlamchi siydik oqib olishi, uning 89L qayta 
so‘rilishi kerak degan xulosa kelib chiqadi. Hayvonning bir sutkada 
qancha siydik chiqarishini bilib olib, buyraklaming qancha birlamchi 
siydik filtrlagani, uning qanchasi reabsorbtsiyalangani to‘g‘risida fikr 
yuritsa boiadi.
Filtratsiya va reabsorbtsiya jarayonlaridan tashqari buyrakda ba’zi 
moddalaming sintezlanish jarayonlari ham sodir boiib turadi. Masalan,
268


siydikda uchraydigan gippur kislota buyrakda, kanalchalar epiteliysida 
sintezlanadi. Gippur kislota benzoat kislota bilan glikokol degan 
aminokislotadan sintezlanadi. Bundan tashqari, buyrakda aminokislota- 
larning dezaminlanishi tufayli hosil bo‘lgan NH
2
guruhidan ammiak 
sintezlanadi. Buyrakda fosfataza va boshqa fermentlar ishtirokida bir oz 
miqdorda fosfatlar va sulfatlar ham hosil boiib turadi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin