eritrotsitlaming miqdoriga va kamroq darajada plazmaning oqsil tarkibiga
bog‘liq. Organizm ko‘p suv yo‘qotganida qonda eritrotsitlar karbonat-
angidridning miqdori ko‘payganda, harorat ko‘tarilganida
qonning
yopishqoqligi oshadi. Aksincha, eritrotsitlar va plazma oqsillari kamay-
ganda, qonda kislorod ko‘payganda qonning yopishqoqligi kamayadi.
Qonning solishtirma og‘irligi o‘rtacha 1,050-1,060 kg/sm3 ga teng. Bu
ko‘rsatkich ham hayvonlaming turiga va
organizmning holatiga qarab
o‘zgarib turadi. Jumladan, qonning solishtirma og‘irligi otlarda 1,046
1,059 lcg/sm3ga, qoramollarda 1,046-1,058 kg/sm ga, qo‘ylarda 1,041
1,061 l:£/sm3ga, cho‘chqalarda 1,039-1,059 kg/sm3ga, echkilarda 1,035
1,049 kg/smJga teng bo‘ladi.
Eritrotsitlar ko‘payganda solishtirma og‘irlik oshishi ham, oshmasligi
ham mumkin. Qonning 80% ga yaqin qismini suv, 20%
ga yaqin qismini
esa quruq moddalar tashkil qiladi. Qonning bir qator fizik-kimyoviy
xususiyatlari plazmaning xossa va xususiyatlari bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: