Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   318
2 5213200508969289537

QONNING FAOL REAKSIYASI.
Qon muhiti boshqa eritmalarda bo‘lgani singari, uning tarkibidagi 
(H) va (OH) ionlarining miqdoriga bog‘liq. Qonning faol reaksiyasi qon 
tarkibidagi vodorod ionining konsentratsiyasi bilan belgilanadi. Qonning 
muhiti kuchsiz ishqoriy reaksiyada bo‘lib, ph-ko‘rsatkichi odam va turli 
hayvonlarda bir-biridan kam farq qiladi.
Qonning kuchsiz ishqoriy muhitga egaligi, uning tarkibida (OH) 
ionlarining (H) ionlariga nisbatan ko‘proq bo‘lishidan dalolat beradi.
Qon reaksiyasi juda 
muhim. Organizmdagi hujayralar hayotiy 
jarayonlami normal ravishda namoyon qilish uchun qon muhitini ma’lum 
darajada turishi kerak. Qon reaksiyasining bir oz o‘zgarishi organizm 
hujayra va to'qimalaridagi fiziologik holatning o‘zgarishiga olib keladi. 
Odatda, venoz qonda karbonat angidridning ko'pligi tufayli uning faol
44


reaksiyasi 
arterial 
qonga 
nisbatan 
birmuncha 
pastroq 
bo‘ladi. 
Organizmning turli hujayralari ichida ham muhit (Ph ko‘rsatkichi) qon 
reaksiyasi ko‘rsatkichiga qaraganda bir oz pastroq ya’ni hujayralarda 7,0­
7,2 ga teng bo‘ladi. Bu hujayra metabolizmiga va uning oqibatida hosil 
bo‘layotgan kislotali moddalaming miqdoriga bog‘liq. Qonning Ph 
ko‘rsatkichi, 
organizmda 
kechayotgan 
moddalar 
almashinuvining 
jadalligiga bog‘liq bo‘lib juda kichik doirada (0,1-0,2 orasida) o‘zgarib 
turishiga xizmat qiladi. Qon faol reaksiyasi ko‘rsatkichining nisbatan 
o‘zgarmasligi, doimiyligi qonning buferlik xossalari va chiqartiv 
organlarining faoliyatiga bog‘liq.
4-Jadval.
Qonininj
у
muhiti - pH

O'rganilgan
jonzotlar
Qondagi Ph
1.
Odamlar
7,36
2.
Ot
7,36
3.
Qoramol
7,50
4.
Qo‘y
7,49
5.
It
7,40
Amaliyotda vodorod ionlarining miqdori yoki vodorodlar sonini 
logarifinlar bilan konsentrasiyasini esa teskari belgi bilan belgilash qabul 
qilingan. Bu son odatda vodorod ko‘rsatkichi deb ataladi va r% bilan qayd 
qilinadi. Qonning r% o ‘rtacha 7,36 ga teng. RN-ning 7 dan past va 8 dan 
yuqori tomon siljigan bo'lishi hayot uchun xavfli.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin