Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   318
2 5213200508969289537

QONNING BUFERLILIGI
Qonda 
Ph-ning bir me’yorda saqlanib turishida undagi bufer 
moddalar katta ahamiyatga ega. Odatda kam dessociyalanuvchi kuchsiz 
kislotalar va shu kislotalaming kuchli asoslar bilan hosil qilgan tuzlari 
eritmalariga buferlik xususiyati xos bo‘ladi. Bunday eritmalarga kuchli 
kislota yoki ishqor qo‘shilganda ulaming reaksiyasi 
unda ko‘p 
o‘zgarmaydi. Sababi shuki, qo‘shilgan kuchli kislota kuchsiz kislotani, 
asos bilan qilgan tuzi va kuchsiz kislota hosil bo‘ladi va eritmaning faol 
reaksiyasi ko‘p o‘zgarmaydi. Bufer eritma kuchli ishqor qo‘shilganda esa 
kuchsiz kislota tuzi va suv hosil bo‘ladi va eritma faol reaksiyasining 
ishqoriy tomonga o‘zgarishiga imkon yaratadigan sharoit kamayadi. 
Qonda mana shu xususiyatni yuzaga chiqaradigan bir qancha moddalar 
mavjud. Bular ichida eritrotsitlaming tarkibidagi gemoglobin moddasi
45


katta ahamiyatga ega. Unda Ph-6,8 ga teng bo‘ladi (kuchsiz kislotali) 
qondagi ishqoriy muhitda gemoglobin o‘ziga ishqor radikalini biriktirgan 
holda bo‘ladi. Qonga kislota tushsa, bu ishqor radikali gemoglobindan 
ajralib, kislota bilan tuz hosil qiladi. Gemoglobinning o‘zi 
esa (H) 
ionlarini biriktirib kam dessotsiyalanuvchi kislotaga aylanadi. Qonning 
buferlik xususiyatlarining 75% ga yaqin qismini gemoglobin ta’minlydi. 
Gemoglobindan tashqari qonda karbonat va fosfat bufer sistemalari ham 
mavjud. Karbonat kislota va uning ishqorli tuzi karbonat bufer tizimmi 
tashkil qiladi. Fosfat bufer tizimi bir asosli va ikki asosli natriy fosfatdan 
tashkil topadi.
Plazma tarkibidagi oqsillar ham buferlik xususiyatiga egadir. Chunki 
oqsillar organik moddalar bo‘lib, muhitning reaksiyasiga qarab goh (H), 
goh (OH) ionlarini ajratadi. Qonda fosfoming miqdori kam bo‘lganligi 
sababli fosfat bufer tizimi unda katta ahmiyatga ega emas. Karbonat bufer 
tizimi esa kislotalami neytrallashda yetakchi vazifalardan birini bajaradi. 
Qonga ishqorli moddalar tushganda karbonat kislota ulami neytrallaydi. 
Hosil bo‘lgan ortiqcha bikarbonatlar buyrak orqali chiqariladi.
1. 
Karbonat buferi. 
NaHCO (KHCO )ishq0rlitu z = 5 _ 10%
H CO -kislota
2. 
Fosfat buferi. 
N a HPO_ (asosiy fosfat) 
=3_4%
N aH PO (kislotali fosfat)
3. 
Oqsil buferi. 
N a-proteinati(asosiy tuz) 
=1Q_1S%
oqsillar(kuchsiz kislotalar)
4. 
Gemoglobin buferi. K + HbQ (ishqorli tuz) = ?5%

H + HbO (kislota)
Masalan, qon muhitini kislota tomonga o‘zgartirish uchun unga, 
suvga nisbatan 327 marta ko‘p kislota, ishqoriy tomonga o‘zgartirish 
uchun esa, 60 marta ko‘p ishqor qo‘shish kerak. Bundan ko'rinadiki, 
qonning faol reaksiyasi kislotali tomonga qaraganda ishqoriy tomonga 
osonroq o‘zgaradi. Organizmda moddalar almashinuvi natijasida doimo 
kislota xususiyatiga ega bo‘lgan 
mahsulotlar hosil bo‘lib turadi. Bu 
mahsulotlaming neytrallanishida plazma tarkibidagi ishqorli tuzlar 
plazmaning zahira ishqori katta ahamiyatga ega.
Hayvonlar qonidagi ishqor zahirasi (mg.%) hisobida: Ot 560-620, 
qoramol 460-540, qo‘y 400-520, echki 390-520, tuya 700-780.
Sut emizuvchi yosh hayvonlaming qonida ishqor zahirasi kam, uzoq 
jismoniy ish bajarayotgan hayvonlaming ishqor zahirasi esa ko‘proq 
bo'ladi. Organizmning ayrim fiziologik holatlarida yoki turli kasalliklarda 
qon muhiti kislota yoki ishqor tomoniga siljishi mumkin. Qon muhitining
46


kislota tomoniga siljishiga acidozst deyiladi. Agarda hosil bo‘layotgan 
kislotali mahsulotlami qon tarkibidagi ishqor zahirasi neytrallay olsa, ya’ni 
qonning ishqoriy zahirasi hosil bo‘layotgan kislotali moddalami 
neytrallashtirishga kifoya qiladigan bo‘lsa, bunga kompensatsiyalangan 
atsidoz deyiladi. Aksincha, hosil bo‘layotgan kislotali moddalaming 
qonning ishqoriy zahirasi neytrallay olmasa, qon muhiti kislota tomoniga 
siljib qoladi va bunday holat kompensatsiyalanmagan atsidoz deyiladi. 
Atsidoz qonda karbonat angidrid ko‘payib ketganda, qonning ishqoriy 
zahirasi kamayganda ro‘y berishi mumkin. Qon muhitining ishqor 
tomoniga 
o‘zgarib 
ketishiga 
alkaloz 
deyiladi. 
Bu 
holat 
ham 
kompensatsiyalangan yoki kompensatsiyalanmagan bo‘lishi mumkin. 
Masalan, o ‘pka ventilyatsiyasi kuchayib qondagi karbonat kislota' C 0

holatida o ‘pka orqali ko ‘p miqdorda chiqarilganda, qon ishqoriy zahirasi 
ko‘payganda va boshqa paytlarda shunday holat kuzatilishi mumkin.
Bufer tizimlar to‘qimalarda ham mavjud. Shu sababli ularda ham Ph 
nisbatap o ‘zgarmasdan, m a’lum chegarada saqlanib turadi. To‘qimalarning 
asosiy buferlari 
oqsillar va fosfatlax hisoblanadi. Qon reaktsiyasining 
m a’lum chegarada saqlanib turishida buyrak, m e’da-ichak va teri bezlari 
faoliyatining ahamiyati ham benihoya katta.
Faol reaksiyaning kislota tomoniga o ‘zgarishi xavfli tug‘ilganda, 
buyraklar ko‘p miqdorda bir asosli natriy fosfatli, reaksiya ishqoriy 
tomonga o ‘zgarganda esa, ko‘p miqdorda faol ishqorli tuzlaming siydik 
bilan birga tashqariga chiqaradi. Ozroq bo‘lsa ham hosil bo‘layotgan sut 
kislota teri bezlari orqali chiqarib turiladi.
Organizmda doimiy ravishda sut kislotasi va boshqa kislotali 
moddalar hosil 
bo‘lib 
turadi. 
Ular hujayralardan 
qonga 
o ‘tib 
bikarbonatlardagi natriy va kaliy ionlarini siqib chiqaradi: natijada sut va 
boshqa kislotalaming tuzlari hamda erkin ko‘mir kislota hosil bo‘ladi va 
ulaming ortiqcha qismi organizmdan chiqarib yuboriladi. Shunday qilib 
organizmda kislotalar siljishining kompensasiyasi yuz beradi. Organizmni 
ichki muhitining holati, ya’ni vodorod ionlari miqdorini ortib ketishi 
moslashtiruvchi mexanizmlar bilan kompensasiyalanadi va bu kompensa- 
torli atsidoz holatini yuzaga keltiradi. Bikarbonatlar esa qonning ishqoriy 
zahirasi deb yuritiladi, chunki qonning kislotali siljishining kompensa­
siyasi ulaming hisobiga bajariladi. Kompensatorli asidozda ph o ‘zgarmay 
qoladi, ammo ishqoriy zahiraning kamayishi yuz beradi.
Ayrim holatlarda qarama-qarshi holat ham kuzatilishi mumkin, y a’ni 
qonda vodorod ionlari miqdori ko‘paymasdan, kamayish ehtimli bor. Bu 
esa qonda erkin ko‘mir kislotasining jamlanishiga olib keladi, qaysiki
47


ishqoriy tomon siljishi kompensasiyalanadi va ph odatdagiday o‘zgarmay 
qoladi. Bunday holat qonda bikarbonatlar miqdorining ortishi bilan 
birgalikda kechadi va kompensatorli alkoloz holatini yuzaga keltiradi. 
Agarda qonning ph-ni doimimyligini u yoki bu sabab bilan saqlash 
imkoni bo‘lmasa, hayot uchun juda xavfli kompensasiyalanmaydigan 
asidoz yoki alkaloz yuzaga keladi.
Jamlangan kislotalar miqdori ortib ketib, karbonatli bufer tizimi 
kislota-ishqorli muvozanatni ta’minlash imkoniyatini bajarolmay qolsa, bu 
paytda jiddiy buferlik ahamiyatini fosfatli tizim egallaydi. Kislotalar ikki 
asosli fosfoming natriyli va kaliyli achchiq tuzlari bilan aloqada bo‘ladi, 
qaysiki ushbu holatga taalluqli tuzlar va bir asosli fosfor kislotasining 
natriyli yoki kaliyli achchiq tuzlari hosil bo‘ladi.
Na
2
HP
0 4
+H
2
C
03
N aH C 0
3
+NaH
2
P 0
4
Bir asosli natriy fosfat yoki kaliy fosfatlar dissosialanganda yana 
vodorod ionlari hosil bo‘ladi, lekin ulaming konsentrasiyasi erkin 
kislotalar mavjud bo‘lgandagidan ancha kam boiadi.
Tarkibida kislotali va ishqoriy guruhlami mavjudligi tufayli amfoterli 
reaksiyalar bemvchi qon oqsillari ham buferlik xususiyatiga ega. Kislotali 
muhitda oqsillar vodorod ionlarini biriktirib oladi va ular ishqorlar sifatida 
dissosiyalansa, ishqoriy muhitda esa gidroqsil ionlarini biriktirib oladi, 
ulami kislota sifatida dissosiyalaydi. Masalan, ko‘mir kislota oqsillardagi 
natriy yoki kaliy ionlarini o ‘ziga oladi va bikarbonatlar hosil qiladi: 
ishqorlar ko‘p bo‘lganida yuqoridagi reaksiyani 
teskarisi kuzatiladi. 
Natijada ph-ning siljish imkoni juda kam kamayadi.
Issiq qonli hayvonlar qoni sovuq qonli hayvonlar qoniga nisbatan 
juda yuqori buferlik xususiyatiga ega. Ayniqsa, uzoq muddat kuchli 
faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lguvchi sut emizuvchilarda buferlik xususiyati 
juda yuqori.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin