Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


tizimi orqali amalga oshiradigan faoliyati refleks deyiladi. Reflektor



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   318
2 5213200508969289537

tizimi orqali amalga oshiradigan faoliyati refleks deyiladi. Reflektor
faoliyat nerv tizimiga xarakterlidir.
Markaziy asab tizimining, jumladan orqa miyaning reflektor
faoliyatini bosh miyasi olib tashlangan hayvonda ayniqsa yaqqol ko‘rish
mumkin. Buning uchun odatda baqadan foydalaniladi. Baqaning bosh
miyasi uzunchoq miyasi bilan birga kesib tashlanadi, baqada faqat orqa
miya qoladi. Reflekslarni o ‘rganish maqsadida shunday operasiya issiq
qonli hayvonlar ustida ham qilinadi.
Mushuk, it yoki boshqa birorta issiq qonli hayvonning orqa miyasi
bo‘yin va ko‘krak umurtqalarining chegarasidan qirqiladi. Shu tariqa
operasiya qilingan hayvonlami spinal (orqa miyali) hayvonlar deyiladi.
Spinal baqa shtativga osib qo‘yiladi. Shunday baqaning orqa oyoq
panjalari sulfat kislotaning 0,5 foizli eritmasi solingan stakanga tushirilsa,
baqa o y o g in i tortib oladi (himoya refleksi). Baqaning oyog‘i pinset bilan
qisilsa, baqa o y o g i bunga javoban bukiladi (bukilish refleksi). Agar sulfat
342


kislota eritmasiga hoilangan bir parcha filtr qog‘oz baqaning boldir
terisiga tegizilsa, u qog‘ozni tushirmoqchi bo‘lib, oyoqlari bilan qas'hiydi
(qashish refleksi); ko‘klamda erkak baqaning ko‘krak terisi oldingi
oyoqlari o ‘rtasidan barmoq, yo bo‘lmasa biron qattiq narsa bilan
ishqalansa «quchoqlash» refleksi deb ataladigan hodisani ko‘rish mumkin.
Baqa bunday ishqalashga javoban barmoqni yoki qanday bo‘lmasin
boshqa narsani oldingi oyoqlari bilan mahkam qisib oladi.
Odamda ham bir qancha reflekslami ko‘rish mumkin. Masalan,
chiroq ravshan yoqib yuborilganda qorachig‘ torayadi (qorachig4 refleks);
oyoqning tagini qitiqlash, silash yoki unga igna sanchish oyoq panjasi va

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin