zaharlanganda va shu kabi hollarda undan qo‘zg ‘alish o ‘tmaydi. Nervdan qo‘zg‘alish o ‘tishi ikkita asosiy qonunga bo‘ysinadi. 1 .Ikki tomonlama o'tkazish qonuni. Nerv tolasi qo‘zg‘alishni ikki tomonlama - markazdan periferiyaga va periferiyadan markazga o ‘tkaza oladi. Nerv tolasi markazga intiluvchi yoki markazdan qochuvchi tola bo‘lishidan qat’iy nazar unga ta’sir etilsa, kelib chiqqan qo‘zg‘alish 339
ta’sirlash joyidan ikki tomonga tarqalaveradi. Nerv tolasining bu xossasini atoqli rus olimi R.I.Babuxin (1877) birinehi bo‘lib kashf etgan. 2.Ajratib o ‘tkazish qonuni. Periferik nerv ko‘pgina ayrim nerv tolalaridan iborat, bu tolalar hammasi bir nerv dastasidan boradi. Nerv dastasidan xilma-xil nerv tolalari, ya’ni markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi nerv tolalari baravar o ‘tishi mumkin. Ammo, bir nerv tolasidan o ‘tadigan qo‘zg ‘alish qo‘shni nerv tolalariga o ‘tmaydi. Qo‘zg‘alish nerv tolasidan yakka ajralgan holda o ‘tganligi tufayli odam juda nozik ayrim harakatlarni bajara oladi. Rassomning suratlar chizishiga, musiqachining murakkab musiqa asarlarini ijro etishiga, jarrohning eng nozik operatsiya qilishiga sabab shuki, har bir tola impulsni muskulga ajratib o ‘tkazadi va shunday qilib markaziy asab tizimi muskul harakatlarini uyg‘unlashtira oladi. Qo‘zg‘alish boshqa tolalarga o ‘ta olganda edi, ayrim muskul qisqarishi bo‘lmagan, har bir qo‘zg ‘alishda xilma-xil muskullar qisqargan b oiar edi. QO‘ZG‘ALISHNING NERVDAN MUSKULGA 0 ‘TISHI Nerv tolasi muskulga yaqinlashib, juda ingichka shoxchalarga bo‘linadi, bu shoxchalar muskul tolalarida tugaydi. Shunday qilib, har bir nerv tolasi talaygina muskul tolalarini innervatsiya qiladi. Bu nerv