Neyron nerv hujayrasining tanasi va hujayra o ‘simtalaridan iborat. Nerv hujayrasining o ‘siklari ikki xil bo‘ladi: a) kalta, sershox o ‘siklar - dendritlar va b) juda uzun o ‘sik - akson. Akson markaziy asab tizimidan to ishlovchi organgacha boradi. Nihoyat, nervlaming uchlarida oxirgi apparatlar deb ataluvchi maxsus tuzilmalar yoki retseptorlar ham bor. Oxirgi apparatlar nerv tolasini muskul, bez yoki boshqa organlar bilan bog‘laydi. Retseptorlar markazga intiluvchi nervlaming ta’sirotini sezuvchi uchlaridir. Kalta o ‘siklar - dendritlar ayrim nerv hujayralarini bir-biriga b ogiaydi va markaziy asab tizimidan tashqariga chiqmaydi. Juda uzun o ‘sik, ya’ni akson esa, bosh miyadan yoki orqa miyadan, ishlovchi organgacha boradi. Organizmda ko‘radigan nervlarimiz qo‘zg ‘alishi markaziy asab tizimiga o ‘tkazadigan yoki markaziy asab tizimidan gavdaning turli qismlariga o ‘tkazadigan aksonlardan iborat. Nerv hujayrasining hamma o‘siklarida moddalar mutadil suratda almashinib turishi uchun bu hujayra butun b o iish i kerak. Nerv tolasi qirqilib, uning hujayra tanasi bilan bogianishi uzib qo‘yilsa,hujayra tanasidan ajralib qolgan tolaning faoliyati buziladi va uning qaysi qismi 338
hujayradan ajralib qolgan bo‘lsa, o ‘sha qismi nobud bo‘iadi. Tolaning hujayra tanasi bilan bog‘langan qismida butunlay boshqacha manzara ko‘riladi. Tolaning bu qismi yashab, mutadil ishlab turadi., undagi modda almashinuvi buzilmaydi. Buning ustiga tolaning hujayra tanasi bilan bog'langan qismi o ‘sib, bir necha vaqtdan keyin muskulga yetib borishi mumkin, natijada nerv yana butun bo‘lib tiklanadi. Nervning zararlanishi