o ‘tishi, hosil bo‘lgan mediatoming presinaptik membranadan sizib,o‘tishi va postsinaptik membranaga yetib borib, ta’sir etishiga va sinapsning boshqa xususiyatlariga b o g iiq . Sinapslarning qo‘zg‘alganligi va labilligi past. Shu sababdan bo‘Iar tez tormozlanadi.
ХП BOB. MARKAZIY ASAB TIZIMI FIZIOLOGIYASI Bosh miya bilan orqa miyadagi nerv hujayralaridan o ‘simtalar boshlanadi; periferiyaga boruvchi nerv tolalari ana shu o ‘simtalardan iborat. Nerv tolalari turli y o ‘g ‘onlikdagi tutamlami hosil qiladi. Nerv tolalarining shunday to‘plami nerv deb ataladi. Nervlar markaziy asab tizimini tanamizdagi turli organlar bilan bogiaydi. Qo‘zg ‘alish nervlar orqali yo markaziy asab tizimidan ishlovchi organga yoki tanamizning turli qismlaridan markaziy asab tizimiga boradi. Nervlar qo‘zg ‘alishni qay tomonga o‘tkazishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi. Bir guruh nervlar qo‘zg ‘alishni markaziy asab tizimidan ishlovchi organlarga o ‘tkazadi. Ular efferent (markazdan qochuvchi yoki harakatlantiruvchi) nervlar deb ataladi. Ikkinchi guruh nervlar qo‘zg‘alishni tanamizninig turli qisrfilaridan va turli organlardan markaziy asab tizimiga o ‘tkazadi. Ular birinehi guruh nervlardan farq qilib, afferent (markazga intiluvchi yoki sezuvchi) nervlar deb ataladi. K o‘pincha shu ikki xil nerv tolalari bir dastadan boradi, shu sababli ko‘pchilik nervlarimiz aralash nervlardan hisoblanadi. NERVNING TUZILISHI Asab tizimi neyronlar deb ataluvchi nerv hujayralaridan iborat.