boiadi. Vegetativ asablaming uzilgan joyida hujayralarning kattagina to‘plami bor. Vegetativ asab tizimining tugunlari yoki gangliyalari shunday to‘plamlardan iborat. Markaziy asab tizimidan chiqib, gangliyalarda tugaydigan asab tolalari preganglionar tolalar deb ataladi. Gangliyadan boshlanib, muayyan organga yetib boradigan tolalar esa postganganlionar tolalar deb ataladi. Asab tolasining o ‘z y o iid a uzilishligi asab tolasini kesib bajarilgan tajribalarda isbot etilgan. Bu usul shunga asoslanganki, asab tolasi Qirqib qo‘yilsa, asab hujayrasining tanasidan ajralib qolgan qismi degeneratsi- yaga uchrab nobud b o iib ketadi. Preganglionar (tugun oldidagi) tola qirqib qo‘yilganda, uning qirqilgan qismi degeneratsiyaga uchraydi, ammo bu degeneratsiya faqat gangliyagacha tarqalib, undan nariga o ‘tmaydi. Postganglionar (tugundan keyindagi) tola qirqib qo‘yilganda esa uning organga boradigan qismi degeneratsiyaga uchraydi. Bu qism to oxirgi tuzilmalarigacha batamom degeneratsiyaga uchrab nobud boiadi. Shunday qilib, asab tolasini kesib qo‘yish usuli tola gangliyada uziladi va gangliyada ikkinchi asab hujayrasi hosil boiadi, deb aytishga asos beradi. Vegetativ asab tizimining gangliyalari markaziy asab tizimidan turli masofada joylashadi. Gangliyalaming bir qismi umurtqa pog‘onasining bevosita yonida b oisa, ikkinchi qismi umurtqa pog‘onasidan ancha uzoqda, taxminan organ bilan umurtqa pog‘onasi o ‘rtasidagi masofa bilan bir xil masofada turadi; uchinchi qismi organlaming bevosita o ‘zida boiadi. Simpatik asab tizimining gangliyalari umurtqa pog‘onasining yaqinida b o iib , uning ung va chap tomonida tizilib turadi. Tugunlaming bir qismi birmuncha uzoqda b oiad i. Umurtqalararo tugunlarni simpatik