etibgina qolmay, balki barcha ko‘ndalang targ‘il muskullaming faoliyatiga ham ta’sir etadi; simpatik asab tizimi muskullar tonusiga, ulardagi modda almashinuv jarayonlariga, charchagan muskulning yana ishlab ketishiga ta’sir k o‘rsatadi. L.A.Orbeli simpatik asab tizimi adaptatsion-trofik funksiyani o ‘taydi degan nazariyani yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra, simpatik asab tizimi organizmda ikki tomonlama rol o ‘ynadi. Simpatik asab tizimi muskullardagi modda almashinuviga ta’sir etadi. Bu esa, muskul to‘qimasining ishida aks etadi. Trofik funksiya deb xuddi shu funksiyaga aytiladi (grekcha «trofos», ya ’ni ovqatlantiruvchi degan so‘zdan olingan). Simpatik asab tizimining adaptasion, ya’ni moslashtiruvchi roli shundan iboratki, uning ta’sirida organ va to‘qimalarda bir qancha o ‘zgarishlar kelib chiqadi, shuning natijasida organ yangi, о zgargan sharoitda ishlashga shaylanadi. Simpatik asab tizimining hamma faoliyati ham xuddi parasimpatik asab tizimining faoliyati singari bosh miya po‘stlog‘ining ta’siri ostida b o iib , bugun markaziy asab tizimining faoliyati bilan chambarchas bog‘langan deb hisoblash lozim. Emosional holat simpatik asab tizimining faoliyatiga ma’lum darajada bog‘langandir. Q o‘rqish, g ‘azablanish, achchiqlanish va shu kabi holatlar organizmda bir qancha o ‘zgarishlarga sabab boiadi: kishini sovuq ter bosadi, tomirlari kengayadi yoki torayadi, shuning natijasida yuz, badan qizaradi yoki oqaradi; shiddatli harakatlar boshlanadi, yoki aksincha, harakatlar tormozlanadi va hakazo. Muayyan emosiyalaming ana shu tashqi ifodalari bosh miya katta yarim sharlarining organlar faoliyatiga birinchi galda simpatik asab tizimi