impuls shu tufayli postganglionar tolaga o ‘tmaydi va organga yetib bormaydi. Boshqa bir zahar, ya’ni atropin vegetativ asab tizimining parasimpatik boiim iga ta’sir etadi. Bu zahar parasimpatik asab tolalarining oxirlarida ishlovchi organga qo‘zg‘alish o ‘tishini to‘xtatib qo‘yadi. Masalan, terining ostiga atropin yuborilgandan keyin adashgan asab oxirlari falaj boiadi, yurakka tormozlovchi impulslar kelmay qoladi, shuning natijasida yurak'tez ishlay boshlaydi.
ХП1 BOB. OLIY ASAB FAOLIYATI FTZIOLOGIYAS1
Oliy asab faoliyati deganda, markaziy asab tizimsining misli k o‘rilmagan darajada rivojlangan oliy qismi - bosh miya katta yarim sharlar po‘stlog‘i va unga yaqin turadigan po‘stloq osti tuzilmalarining muqarrar ishtirokida yuzaga chiqadigan reflektor reaksiyalar tushuniladi. Ma'lumki, katta yarim sharlar po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalarining muqarrar ishtiroki bilan yuzaga chiqadigan reflektor reaksiyalar - shartli reflekslardir. Demak, shartli reflekslar po'stloq faoliyatining, binobarin, oliy asab faoliyatining mazmunini, mohiyatini tashkil qiladi va organizmning xulq-atvorini belgilaydi. Miya po‘stlog‘ining faoliyati tufayli organizm uzluksiz o ‘zgarib turadigan tashqi muhit shart- sharoitlariga doimo bekamu-ko‘st moslashadi, xilma-xil ta’sirotlarga nisbatan esa, eng q o ia y vaziyatni egallaydi. Hayvonot olamining evolyucion taraqqiyotida katta yarim sharlar po‘stlog‘i organizmning boshqa organlariga qaraganda keyinroq vujudga kelgan. Jumladan, zoologik silsilaning qo‘yi bosqichlarida turadigan, past taraqqiy etgan umurtqali hayvonlarda katta yarim sharlar po‘stlog‘i taraqqiy etmagan.