bu qismi teri va proprioretsepsiyaning po‘stloq zonasi deb yuritiladi. Po‘stloqdagi Roland egatining oldingi sohasi harakat reaksiyalarining boshqarilishida ishtirok etadi. Harakatni yuzaga chiqaradigan gavda muskullarining faoliyatini po‘stloqning ana shu qismi nazorat qiladi. Shu sababli po‘stloqning bu qismi motor zona deyiladi. Po‘stloqning motor zonasidagi yirik piramidal hujayralar po‘stloq osti yadrolar bilan, qolaversa, markaziy asab tizimsining yana ham qo‘yiroq qismi va hatto orqa miya bilan ham boglangandir. Bu piramidal hujayralarning o ‘simtalari po‘stloqning targil tana, qizil yadro, qora substanciya, -miyacha va orqa miyaning harakatlantiruvchi yadrolari bilan bog‘laydigan pastga tushuvchi y o ‘llari hosil qiladi. Po‘stloq motor zonasining shikastlanishi organizm turli qismlarining falaj bo‘lib qolishiga olib keladi. Motor zonadan sal oldinroqda premotor zona, po‘stloqning medial sohasida esa, qo‘shimcha motor zona joylashgan. Po‘stloqning hamma zonalari organizmning tegishli qismlaridan kelayotgan impulslarni qabul qiladi va ularga tegishli ravishda javob qaytaradi. Bu javob reaksiyalari markaziy asab tizimsining tegishli qo‘yi qismlari orqali belgili organlarga uzatiladi, natijada muayyan reflektor akt ro‘yobga chiqadi. Demak, miya po‘stlog‘ining barcha zonalari tegishli ravishda tashqi muhitdan, moddiy dunyodan axborot oladi, bu axborotga keraklicha javob berib, organizm funksiyalarining tashqi muhitga mukammal moslashuvini ta’minlydi. Miya po‘stlog‘i zonalaridagi hujayralarning ta’sirotlarga javoban ana shu tariqa ko‘rsatadigan reaksiyasi o ‘sha hujayralar bilan boglangan boshqa zonalardagi hujayralarning ishtiroki bilan yuzaga chiqadi, albatta. SHARTLIREFLEKSLAR HAQIDAGI TA’IMOT