Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


BOSH MIYA PO‘STLOG‘IDA KUZATILADIGAN



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   318
2 5213200508969289537

BOSH MIYA PO‘STLOG‘IDA KUZATILADIGAN
T ORMOZLANISH JARA Y ONLARI
Asab tizimsining boshqa qismlari singari, bosh miya yarim 
sharlarining po‘stlog‘ida ham qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari 
bo‘lib turadi. Po‘stloqning qo‘zg‘alishi shartli reflekslar hosil bo‘lishiga, 
tormozlanishi esa ulaming yuqolishiga olib keladi. Po‘stloqda ikki xil 
tormozlanish farq qilinadi:
1. Shartsiz (tashqi).
2. Shartli (ichki) tormozlanish.
Shartsiz tormozlanishning o‘zi ikkiga bo‘linadi: 1. Tashqi tormoz­
lanish; 2. Chegaradan chiqqan tormozlanish. Tashqi tormozlanish miya 
po‘stlog‘ida shartli refleks markazi bilan bir qatorda boshqa markaz kuchli 
qo‘zg‘alganida kuzatiladi. Chunki kuchli qo‘zg‘algan markaz o‘ziga 
nisbatan kuchsizroq qo‘zg‘algan markazlarni tormozlaydi. Shartli refleksni
381


tormozlaydigan markaz, shu shartli refleksning markazidan tashqarida 
bo‘lganligi uchun ham, tormozlanishning bu xili tashqi tormozlanish 
deyiladi. Masalan, itda so‘lak ajratish shartli refleksi hosil qilmagan bo‘lsa, 
shu itdan so‘lak ajratayotgan paytda unga mushukni ko‘rsatsak, so‘lak 
ajralishi to ‘xtaydi: shartli refleks tormozlanadi. Bu vaqtda mushukni 
ko‘rish tegishli markazning qo‘zg‘alishiga sabab b o iad i va bu so‘lak 
ajratish markazini tormozlaydi. Shuningdek, sigirlar sogilayotganida 
odatdagi sharoitning o‘zgarishi - shovqin-suron ko‘tarilishi, begona 
odamlar paydo bo‘lishi sut berish refleksining tormozlanishiga sabab 
bo‘ladi. Ichki organlardan kelayotgan ta’sirotlar ham shartli refleksni 
tormozlab qo‘yadi. Masalan, qovuqning haddan tashqari to‘lib ketishi, 
qusish va boshqalar shartli reflekslarni tormozlay oladi. Tormozlanish 
jarayonining kuchi asab markazlarining holatiga bog‘liq. Juda ochiqqan, 
ya’ni ovqatlanish markazi kuchli qo‘zg‘algan hayvonda bu markazni 
nihoyatda kuchli qo‘zg‘algan boshqa markazgina tormozlay oladi, xalos.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin