so ‘lak ajratish markazi, 5-eshitish markazi (uzun chiziqlar bilan hosil b olgan
vaqtinchalik bog‘lanish ko‘rsatilgan)
Shunday qilib, miya va po‘stlog‘idagi markazlar qo‘zg‘alib, ta’sirotni
tahlil qilib umumlashtirganidan keyin hosil bo‘lgan javob reaksiyasi
uzunchoq miyadan mavkazdan qochuvchi asab tolalari orqali bezlarga
yuboriladi. Natijada зо‘1ак bezlari faol holatga kelib, so‘lak ajrata
boshlaydi. Ammo keyingi kunlarda qo‘zi onasini uzoqdan ko‘rishi bilan,
hali uni emmasdan turib, so‘lak ajrata boshlaydi. Bu vaqtda sutni bevosita
emish emas, balki/onani uzoqdan ko‘rishning o ‘ziyoq so‘lak ajralishi
uchun kifoya bo‘lib qoladi. Ayni paytda so‘lak shartli reflektor yo‘li bilan
ajraladi. Bu refleks quyidagicha sodir bo‘ladi: so‘lak shartsiz refleks y o ii
bilan ajralganda uzunchoq miyadagi markaz bilan birgalikda miya
p o ‘stlog‘idagi oliy markaz ham qo‘zg‘alishini yuqorida aytib o ‘tdik.
Modomiki shunday ekan, hayvon sut emmoqchi b o iib harakat qilganida
har safar oldin onasini ko‘rgan, so‘ngra emgan. Bunda har gal oldin miya
376
po‘stlog‘idagi
ko‘rish
markazi,
so‘ngra
so‘lak
ajratish
m arkazi
qo‘zg‘algan. Bulaming shu tartibda qo‘zg‘aiishi bir necha marta
takrorlanganidan keyin oqibatda ular o‘zaro funksional aloqador bo‘lib
qolgan.
Shu aloqadorlik ancha mustahkamlanib, barqaror bo‘lib
qolganidan so‘ng, onani ko‘rish po‘stlog‘idagi faqat ko‘rish zonasini
qo‘zg‘atibgina qolmay, balki u bilan funksional aloqador bo‘lgan so‘lak
ajratish oliy markazining ham qo‘zg‘alishiga sabab bo‘lgan. S oiak ajratish
markazining qo‘zg‘alishi esa, o‘z navbatida, qo‘yi, y a’ni uzunchoq
miyadagi so‘lak ajratish markazini qo‘zg‘atgan. Uzunchoq miyadagi
markazning qo‘zg‘alishi markazdan qochuvchi tegishli asab tolalari orqali
so‘lak bezlariga berilib, so‘lak ajratishiga sabab bo‘lgan. Bu misoldan
ko‘rinib turganidek, shartsiz refleksning ro ‘yobga chiqishida ham normada
po‘stloq ishtirok etadi, ammo bunda uning ishtiroki shart ham emas,
chunki po‘stloqdagi markaz qo‘zg‘almaganda ham shartsiz refleks
ro‘yobga chiqaveradi. Bizning misolimizda so‘lak ajralishi uchun
qo‘zining ogzida sut tushganida uzunchoq miyadagi markazning
qo‘zg‘alishi kifoya, po‘stloqdagi so‘lak ajratish oliy markazining
qo‘zg‘alishi esa shart emas. Biroq, shartli refleksning hosil bo‘lishi uchun
miya po‘stlog‘i albatta ishtirok qilishi zarur, chunki shartli refleks
po‘stloqdagi ikki markazning o ‘rtasida qaror topgan vaqtincha aloqa
tufayli kelib chiqadi. Shartli reflekslar hosil bo‘lganda po‘stloqdagi
markazlar o ‘rtasida qaror topadigan vaqtincha aloqa faqat funksional
aloqadir xalos, chunki markazlar o ‘rtasida hech qanday anatomik
boglanish paydo bo‘lmaydi. 0 ‘sha markazlardan bin bir qancha vaqt
ichida ikkinchisi bilan birga qo‘zg‘almay qo‘ysa bas, ana shunday
markazlar o ‘rtasidagi o ‘zaro funksional bog‘lanish, vaqtincha aloqa
o ‘ziladi, bu esa, shartli refleksning yuqolib ketishiga olib keladi. Lekin
o ‘sha shartli refleks yana tiklanishi mumkin, albatta. Buning uchun
po‘stloqdagi boyagi markazlar ikkalasi bir vaqtda oldingidek yana bir
necha marta qo‘zg‘almog‘i kerak. Shartli refleks hosil b o iish i uchun
hayvonga shartsiz ta ’sirot bilan birgalikda, shartli ta ’sirot ta ’sir qilmog‘i
kerak. Biz qo‘zida so‘lak ajratish shartli refleksning hosil bo‘lishini analiz
qilganimizda, avval qo‘zi sut emganida, keyin esa onasini ko‘rgan paytda
so‘lagi ajralishini ko‘rdik. Ayni paytda, onaning ko‘rinishi shartli, ogziga
emilgan sut esa, shartsiz ta’sirot bo‘ladi. Demak, shartli refleks hosil
bo‘lishi uchun shartli ta ’sirot shartsiz ta ’sirotdan sal oldinroq ta’sir
qilmog‘i va shu ta’sirot bilan birga davom etib, uni mustahkamlamog‘i
lozim. Shartsiz reflekslar turga xos bo‘lgani holda, shartli reflekslar
individga ham xos bo'lgan reflektor reaksiyadir. Ma'lumki, so‘lak ajratish
377
hamma hayvonlarga xos, bu reaksiyaning yuzaga chiqish qonuniyatiari bir
turdagi hayvonlarda asosan bir xil. Sut emizuvchi hayvonlarning hammasi
ham og£ziga ozuqa tushganda so‘lak ajratadi. Biroq bir hayvon o‘zining
konkret yashash sharoitiga ko‘ra biroz qo‘shimcha ta’sirotga javoban ham
so‘lak ajratishi mumkin. Masalan, shartsiz ta’sirot bilan birga davom
etadigan har qanday boshqa ta’sirot - harorat, yorug'lik, tovush, kimyoviy
moddalarga javoban shartli refleks hosil bo‘lishi mumkin va hokazo.
Shunday qilib, miya po‘stlog‘ining vazifasi oldinma-keyin qo‘zg‘aladigan
b a r xil markazlar o ‘rtasida o‘zaro funksional boglanish vujudga
keltirishdan, boshqacha aytganda, shartli reflekslar hosil qilishdan iborat.
Shuning uchun ham po‘stloq faoliyatining mazmuni deganda shartli
reflekslam ing hosil bo‘lishi, mustahkamlash va sharoit o ‘zgarganida
sundirish, yoqotishni tushunamiz, deymiz. Ya'ni hosil bo‘lgan har bir
shartli refleks muhitning organizm oldiga qo‘ygan yangi talabidir.
U ^luksiz o ‘zgarib turadigan tashqi muhit organizm oldiga yangi-yangi
talablarni qo‘yadi, organizm esa ularga javoban shartli reflekslarni hosil
cfHib, tashqi muhitga moslashib boradi. Ana shundan shartli reflekslammg
organizm xulq-atvorini belgilashi ayon bo‘lib turibdi. Organizm shartli
reflekslarni hosil qilib, tashqi muhitga moslashar ekan, shu reflekslar
o iasid a hayot uchun ahamiyati qolmaganlarini, "eskirganlarini" yoqotib
h a m turadi. Masalan, oldin qo‘ng‘iroq chalinib, keyin hayvonga ozuqa
berilgan va bu hodisa bir necha marta takrorlangan bo‘lsa, bora-bora
b irg in a qo‘ng‘iroq chalishning o ‘ziyoq so‘lak ajralishiga olib keladigan
b o ‘lib qoladi, ya’ni qo‘ng‘iroq ovoziga javoban shartli refleks hosil
b o ‘]adi. Ayni paytda po‘stloqdagi eshitish zonasi bilan so‘lak ajratish oily
zo n asi orasida funksional aloqa vujudga keladi va natijada qo‘ng‘iroq
chajinishi bilan hayvon so‘lak ajrata boshlaydi. Demak, qo‘ng‘iroq
chalinishi hayvonning o‘sha vaqt oraligidagi hayotida uning oziqlanishiga
alocjador signal, y a’ni uning tirikchiligi uchun ahamiyatli ta’sirot bo‘lgan.
B iro q keyinchalik har safar qo‘ng‘iroq chalinganida hayvonga ozuqa
beriJm ay qo‘ysa, hayvon bora-bora qo‘ng‘iroq chalinishiga javoban so‘lak
ajratm ay qo'yadi. Qo‘ng‘iroq chalinishining ozuqa berilishi bilan birga
borr*iasligi tufayli po‘stloqdagi so‘lak ajratish markazi bilan eshitish zonasi
orasidagi aloqa o ‘ziladi. Qo‘ng‘iroq chalinishi hayvon hayoti uchun, uning
oziqlanishi uchun endi ahamiyatsiz bo‘lib qoladi, shuning uchun ham bu
sh artli refleks sunib ketadi. Demak, shartli refleksning paydo bo‘lib
yoqoklmay
turishi
uchun
shartli
ta’sirot
shartsiz
ta’sirot
bilan
m ustahkamlanib turishi kerak. Hayvon faqat oziqlanishi, himoyalanishi,
x u lla s o ‘zining yashashi uchun zarur b o igan shartli reflekslarni hosil
378
qiladi, yashayotgan konkret sharoitda hayoti uchun &!ШШХу<ХШН уи'цщ.|£сШ
shartli reflekslarni esa yo‘qotadi, zaruriyat tugilganda esa qayta tiklaydi.
Yuqorida keltirilgan m a’lumotlar shartli reflekslaming organizm
uchun benihoya katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi. Shartsiz
reflekslar organizmning nasldan-naslga o ‘tadigan tugma reaksiyalari
bo‘lib, tashqi muhit o‘zgarmay turadigan bo‘lsagina, uning shu muhitga
moslashuvini ta’minlashi mumkin edi. Lekin muhit to ‘xtovsiz o ‘zgarib,
organizm nihoyatda xilma-xil ta ’sirotlarga uchrab turadi. Ana shu
ta’sirlarga organizm shartli reflekslar hosil qilgani uchun ham nihoyatda
aniq, mukammal javob beradi. Shartli reflekslar tufayli organizm ta’sirot
tushishini oldindan biladi va unga javob berishga hozirlik ko‘rish
imkoniyatiga ega boiadi, natijada hayvon ta’sirotga nisbatan eng qo‘lay
vaziyatni egallab turadi. Masalan, hazm jarayonlariga xilma-xil shartli
reflekslar hosil bo‘lganligi tufayli, hayvon ozuqani iste'mol qilmasdan
turib, uni hazm qilishga tayyorgarlik ko‘radi. Ozuqaning ko‘rinishi, hidi,
oziqalanish vaqti va oziqalanishga aloqador b o ig a n shu kabi boshqa
ta ’sirotlar, hayvon ozuqani yemasdanoq hazm tizimsining turli qismlaridan
tegishli hazm shiralari - so‘lak, m e’da shirasi, m e’da osti bezining shirasi,
o ‘t suyuqligi va boshqalarning ajralishini ta ’minlydi. Natijada iste'mol
qilingan oziqalar oldindan tayyor turgan shiralar ta’siriga duchor bo‘lib,
yaxshi hazm bo‘ladi. Shartli reflekslaming hosil boMishi hayvonning turli
xavf-xatarlardan himoyalanishida ham benihoya katta ahamiyatga ega.
Agar hayvon bolasi yirtqichni hali hech ko'rmagan bo‘lsa, u yirtqichdan
qochib o ‘zini himoya qilishga intilmaydi. Ozmi-ko‘pmi yashagan, xavf-
xatarli har-xil ta ’sirotlarga javoban shartli reflekslar hosil qilgan, ya’ni
m a’lum "hayot tajribasiga" ega bo‘lgan hayvon esa, yirtqichni ko‘rishi
bilanoq undan qutulish, qochish payiga tushadi. Demak, shartli reflekslar
organizmning tashqi muhitga moslanishida shartsiz reflekslardan bir
pog‘ona ustun turadi va organizmning turli ta’sirotlarga javob berishga
oldindan tayyorlanishini ta ’minlydi.
Shartli reflekslarni hosil qilish qoidalari. Shartli reflekslar hosil
qilinayotganida quyidagi qonun-qoidalarga rioya qilinishi lozim: 1. Shartli
ta’sirot shartsiz ta’sirotdan salgina (taxminan 10-20 sekund) oldin ta’sir
qilishi lozim. 2. Shartli va shartsiz ta’sirotlar ikkalasi birgalikda bir necha
marta ta’sir qilishi lozim. 3. Shartli va shartsiz ta ’sirotlaming kuchi
o ‘rtacha bo‘lishi kerak. 4. Hayvonning bosh miya yarim sharlari
po‘stlog‘ining faolligi normal holatda bo‘ltrtogi, organizmda patologik
jarayonlar bo‘lmasligi, tajribada qullanilayotgan shartli va shartsiz
ta’sirotlardan boshqa yot ta’sirotlar organizmiga ta’sir qilmasligi zarur.
379
, Shartli reflekslarni hosil qilish usullari. Shartli reflekslar turli
ta’sirotlar tufayli o ‘zgarib qolishi mumkin. Shu munosabat bilan shartli
refleks hosil qilinayotgan hayvon eksperimentator va tajribaga aloqasi
yo‘q ta’sirotlardan mutlaqo ajratib quyiladi. Buning uchun tajriba hayvoni
chet tovush, hid, harorat, yorug‘lik va boshqa yot ta’sirotlar kira
olmaydigan maxsus kameraga joylashtiriladi. Shartli refleks hosil qilish
uchun kerak bo‘lgan asbob va moslamalargina kamera ichida turadi.
Shartli refleks hosil qilishning bir necha usuli bor: 1. So‘lak ajratish usuli -
bu usul dastlab I.P.Pavlov tomonidan yaratilgan. I.P.Pavlov bosh miya
yarim sharlarining faoliyatini shu usul asosida o‘rgangaii. Bu usulni
qo‘llashdan oldin hayvon so‘lak bezining yo‘li lunjidan tashqariga
chiqarib, tikib quyiladi. So‘ngra so‘lak ajralishiga shartli refleks hosil
qilinadi. Har xil turdagi qishloq xo‘jalik hayvonlarida so‘lak ajralishi bir
xil emas, shu sababli bu usul qishloq xo‘jalik hayvonlarining oliy asab
faoliyatini o ‘rganishda kamroq qullaniladi. Shartli refleks hosil qilish.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarida shartli reflekslarni hosil qilish uchun
himoyalanish - harakat, harakat - ovqatlanish usullari keng qo‘llaniladi.
Himoyalanish - harakat usuli qullanilganda, odatda, oyoqni bukish shartsiz
refleksi negizida shartli refleks hosil qilinadi. Buning uchun tajriba
hayvoni oldingi oyogi bilako‘zuk buginining atrofi junidan tozalanib,
fiziologik eritma bilan hullanadi. So‘ngra shu joyga indukcion galtakka
ulangan elektrodlar boglab quyiladi. Indukcion galtakdan berilayotgan tok
shartsiz ta’sirot, hushtak, qo‘ng‘iroq chalish, terini isitish yoki sovo‘tish,
yoxud boshqa signallardan shartli ta’sirot sifatida foydalanib, oldingi
oyoqni bukish shartli refleksi hosil qilinadi. Ayni vaqtda shartli ta ’sirot
berilgandan so‘ng (1-5 sekund o‘tishi bilan) oyoq elektr toki bilan
ta’sirlanadi. Tajriba shu tariqa bir necha marta takrorlangandan keyin,
shartli refleks hosil bo‘ladi. Oyoq harakati tegishli pnevmatik moslama
yordamida kimografda yozib boriladi. Harakat - ovqatlanish usuli
yordamida shartli refleks hosil qilish uchun hayvon erkin harakat qila
oladigan kamera yoki xonachaga joylashtiriladi. So‘ngra ozuqani shartsiz,
qo‘ng‘iroq, yorug‘lik signallari va boshqalarni shartli ta’sirotchi sifatida
qo‘llab, hayvonni kamera yoki xonachani tegishli joyiga harakat qilib
borib ovqatlanishiga shartli refleks hosil qilinadi. Shartli refleks hosil
bo‘lgandan so‘ng birgina shartli ta’sirotchi ta’sirida hayvon kamerani yoki
xonani odatda oziqlanadigan joyiga yurib boradigan bo'ladi.
Shartli reflekslarning xillari. Shartli reflekslar bir necha xillarga
bo‘linadi. Shartli ta’sirotlaming xiliga ko‘ra tabiiy va sun'iy shartli
reflekslar bo‘ladi. Shartli refleks hosil qilishda qo‘ng‘iroq, har-xil
380
yorug‘lik signallari, metronomning tebranishi kabi sun'iy ta'sirotlardan
shartli ta’sirotchi tariqasida foydalanilgan bo‘lsa,
u U i a i g ,c i
jav o b an
bo‘lgan shartli reflekslar sun'iy shartli reflekslar deyiladi. Chunki bu shartli
ta ’sirotlar o ‘z tabiatiga ko‘ra sun'iy, ya’ni shartsiz ta’sirotga tabiatan hech
bir aloqasi yo‘q ta ’sirotlardandir. Masalan, qo‘ng‘iroq chalinib, keyin
ozuqa berish yo‘li bilan itda hosil qilingan so‘lak ajralish shartli refleksi
sun'iy shartli reflekslar qatoriga kiradi. Shartsiz ta ’sirotning biror belgisi,
masalan, hidi, ko‘rinishiga javoban shartli refleks hosil qilingan bo‘lsa,
bunday shartli reflekslar tabiiy shartli reflekslar deyiladi. Chunonchi
oziqaning hidiga javoban hosil bo‘lgan so‘lak ajratish shartli refleksi tabiiy
shartli refleksdir. Shartli reflekslar hosil b o iish tartibiga ko‘ra birinehi,
ikkinchi, uchinchi, to ‘rtinchi va hokazo tartibli shartli reflekslarga
bo‘linadi. Gap shundaki, shartli reflekslarni faqat shartsiz reflekslar
negizidagina emas, balki ilgari hosil bo‘lgan shartli reflekslar negizida
ham hosil qilsa bo‘ladi. Masalan, qo‘ng‘iroq chalishga javoban dastlab
hosil bo‘lgan so‘lak ajratish shartli refleksi birinehi tartibli shartli refleks
bo‘lsa, shu refleks asosida ikkinchi tartibli shartli refleks hosil qilish
mumkin, buning uchun, chunonchi, aw al it terisini qashlash, so‘ngra
qo‘ng‘iroq chalish kifoya. Agar tajriba shu tartibda bir necha marta
takrorlansa, keyinchalik it terisini qashlashning o ‘zi mustaqil ravishda
xuddi qo‘ng‘iroq chalishdagidek so‘lak ajralishiga sabab bo‘laveradi. Ana
shu ikkinchi tartibli shartli refleks asosida uchinchi tartibli shartli refleks
hosil qilsa b oiadi va hokazo. Tajribada beshinchi, oltinchi tartibli shartli
reflekslar hosil qilish mumkinligi isbotlangan.
Dostları ilə paylaş: |