Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   318
2 5213200508969289537

CHEGARADAN CHIQQAN TORMOZLANISH
Bu tashqi tormozlanishning bir ko‘rinishi bo‘lib, shartli ta’sirot kuchi 
yoki ta’sir qilish muddati odatdagisidan haddan tashqari oshib ketganda 
kuzatiladi. Masalan, qo‘ng‘iroq chalinishiga so‘lak ajratish shartli refleksi 
hosil qilingan itga qo‘ng‘iroqni odatdagidan ancha kuchli yoki uzoq vaqt 
davomida chalsak, so‘lak ajralishi kuzatilmay qo‘yadi. Chunki asab 
hujayralarining qo‘zg‘alish normasi, chegarasi bor. Agarda qo‘zg‘alish shu 
normadan, chegaradan chiqib ketsa, tormozlanish paydo boMadi. Shartsiz 
tormozlanish tugma bo‘lib, po‘stloq bilan bir qatorda markaziy asab 
tizimsining qo‘yi qismlari uchun ham xos. Shartli tormozlanish faqatgina 
po‘stloqda kuzatiladi, sekinlik bilan paydo bo‘lib, uzoq vaqt davom etadi. 
Shartli refleks shartli ta’sirot bilan doimo bir zayilda mustahkamlanib 
turmasa, shartli tormozlanish paydo bo‘ladi. Bu vaqtda tormozlanish 
mustahkamlanmay qolgan shartli refleks markazining o ‘zida paydo 
bo‘ladi. Tormozlanish shartli refleksning o‘z markazida paydo bo‘lganligi 
tufayli, u ichki tormozlanish ham deyiladi. Shartli tormozlanishning to ‘rtta 
xili bor:
1. 
Shartli refleksning so‘nishi. Shartli refleks hosil qilingandan so‘ng 
shartli ta’sirot avvaldagiga nisbatan boshqacha qilib ta’sir ettirilsa va shu 
boshqacha ta’sirot shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanmasa, shartli refleks 
sunib qoladi. Masalan, itda qo‘ng‘iroq chalinishiga so‘lak ajratish shartli 
refleks hosil qilingan boisin. Shu itda shartli refleks hosil qilinganda 
qo‘ng‘iroq qanday chalingan bo‘lsa, keyin ham shunday chalinib, bu
382


signal ozuqa bilan mustahkamlanib borilsa, so‘lak ajralib, shartli refleksi 
davom etaveradi Ammo qo‘n g ‘iroq o ‘zgartirilsa, masalan, avvaliga 
m a’lum vaqt surunkasiga chalinib, keyin esa bir necha marta o ‘zib-o‘zib 
chalinsa va qo‘ng‘iroqning shu tariqa takroriy chalinishi ozuqa berish bilan 
mustahkamlanmasa, ajraladigan so ia k tobora kamaya boradi va 
pirovardida mutlaqo ajralmay qo‘yadi, shartli refleks sunadi. Qo‘ng”iroq- 
ning boshqacha chalinishi ozuqa bilan mustahkamlanmaganligi tufayli 
avval qo‘zg‘algan shartii refleks markazi tormozlanadi. Lekin shunisi ham 
borki, shartli ta’sirotni ancha uzoq vaqtdan so‘ng yana aslida o‘z holida 
ta’sir ettirsak, shartli refleks tagin paydo bo‘ladi. Ayni paytda miya 
po‘stlog‘ining qo‘zg‘aluvchanligi ortib, refleks tormozdan tushadi. Shartli 
ta’sirot boshqa bir yot ta’sirot bilan birga barovar ta’sir ettirilganida ham 
refleks tormozdan chiqishi mumkin. Masalan, qo‘ng‘iroq ovoziga javoban 
so iak ajralmaydigan b o iib qolganida, qo‘ng‘iroq chalish bilan ravshan 
olov yoqsak, it yana so ia k ajrata boshlaydi.
2. Shartli ta ’sirotni differenciatsiyalash (tabaqalanishi). Hayvon, 
shartli ta’sirotni tabiatan unga juda yaqin turgan boshqa ta'sirotdan farq 
qila oladi. Shartli refleks hosil bo‘lgan hayvonda shartli ta’sirotga juda 
yaqin turgan boshqa ta’sirotlarga javoban ham dastlab, shartli reaksiya 
kuzatila beradi (shartli refleksning generalizatsiyasi). Ammo keyinchalik 
hayvon o ‘z shartli ta’sirotini unga yaqin turgan boshqa ta ’sirotdan farq 
qiladi. Masalan, itda metronomning 100 marta tebranishiga nisbatan so iak
ajratish shartli refleksi hosil qilingan boisin. Dastavval, bu it 
metronomning 100 marta tebranishi bilan birga 90, 80, 85 marta 
tebranishlariga ham so ia k ajrata beradi. Boshqacha aytganda, dastlab 
shartli 
refleks generalizatsiyaga uchraydi. Keyinchalik, faqatgina 
metronomning 100 marta tebranishini ovqat bilan mustahkamlab, boshqa 
xilda tebranishlarini mustahkamlamasak, it metronomning 100 marta 
tebranishiga so ia k ajratib, boshqa tebranishlariga javoban so ia k ajratmay 
qo‘yadi, y a’ni metronomning 100 marta tebranishini - o ‘z shartli 
ta ’sirotini shunga uxshash boshqa ta’sirotlardan ajratib, differenciatsiyalab 
oladi. Differenciatsiyalaydigan tormozlanish asosida miya po‘stlog‘ining 
analiz faoliyati yotadi. Shunga ko‘ra, hayvon ta’sirotlami farqlaydi va 
unga nisbatan tegishli sur'atga javob beradi.
3. Shartli tormoz. Muayyan shartli ta’sirot shartsiz ta’sirot bilan 
mustahkamlansa-yu, shu shartsiz ta ’sirot bilan boshqa ta’sirotning 
kombinatsiyasi 
(birgalashib 
ta ’sir 
qilishi) 
shartsiz ta’sirot 
bilan 
mustahkamlanmasa, shartli tormoz hosil boiadi. Masalan, A shartli 
ta’sirotga nisbatan shartli refleks hosil qilingan deb faraz qilaylik. Shartli
383


refleks to ‘la hosil bo‘lgandan keyin, aw allari A ta’sirot (masalan, 
qo‘ng‘iroq ovozi) ning o ‘ziga shuningdek uning boshqa, masalan, В 
ta’sirot (masalan, metronom ovozi) bilan qushilganiga (kombinatsiyasiga) 
ham shartli reaksiya yuz beraveradi. Ammo keyinchalik A ta’sirotning o ‘zi 
shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanib, 
uning В ta’siroti bilan 
kombinatsiyasi (A+B) mustahkamlanmasa, shartli 
reaksiya faqat A 
ta ’sirotga javoban yuzaga chiqadi va A+B kombinatsiyasiga javoban 
yuzaga chiqmay qo‘yadi. Shartli tormoz deb ana shunga aytiladi. Shartli 
tormoz tufayli hayvon birmuncha uxshash va uzgacha ta’sirotlami analiz 
qiladi va bir-biridan ajratadi. Qo‘shimcha ta’sirot shartli ta’sirot bilan 
qushilib, bir vaqtda ta’sir qilgaridagina shartli tormoz paydo bo'ladi. Agar 
qo'shimcha ta’sirot shartli ta’sirotdan bir oz oldin ta’sir qildirilsa, 
qo‘shimcha ta’sirotga javoban ikkinchi tartibli shartli refleks hosil bo‘lib 
qolishi mumkin.
4. Shartli 
refleksning 
kechikishi. Shartli ta ’sirot bilan shartsiz 
ta’sirot ta’siri o ‘rtasida ozmi-ko‘pmi vaqt o ‘tsa, bunda shartli refleks 
birmuncha kechikadi. Masalan, chiroq yoqilishiga nisbatan so‘lak ajratish 
shartli refleksi hosil qilingan hayvonda chiroq yoqilishi bilan ozuqa berish 
o‘rtasida juda oz vaqt (1-5 sekund) o ‘tsa, chiroq yoqilishi bilanoq darrov 
so‘lak ajralaveradi. Ammo chiroq yoqilishi bilan ozuqaning berilishi 
o'rtasida ko‘proq vaqt (2-3 minut) o ‘tsa, keyinchalik chiroq yoqilishi bilan 
so‘lak ajralishi o ‘rtasida ham ko‘proq vaqt (2-3 minut) o ‘tadigan bo‘lib 
qoladi. Bu vaqtda shartli ta’sirot shartli refleks markazini dastlab 
tormozlaydi, so‘ngra qo‘zg‘atadi. Shartli tormozlanish organizm uchun 
nihoyatda katta ahamiyatga ega. Shartli tormozlanish boim aganida edi, 
organizm shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanmagan, ammo shartli ta’sirot 
bo‘la oladigan har qanday signallarga ham ortiqcha, keraksiz reaksiyalar 
bilan javob beraverar edi. Tormozlanish tufayli organizm faqatgina 
shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanadigan, o ‘zi uchun zarur reaksiyalami 
vujudga keltiradi va shunday qilib, tashqi muhitga mukammalroq 
moslashadi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin