ASAB TIZIMINING TIPLARI Turli-tuman ta’sirotlarga javoban turli hayvonlarda kuzatiladigan
reaksiyalar mutlaqo bir xil bo‘lmaydi. I.P.Pavlov itlarda o‘tkazgan
tajribalarida oliy asab faoliyati (shartli reflektor faoliyati) asab tizimsining
individual xossalariga, organizmning irsiy va hayotda orttirgan xususiyat-
lariga bogiiqligini aniqladi. Har bir individumda shartli refleksning hosil
bo‘lish tezligi, miqdori, mustahkamligi, tormozlanishning intensivligi,
asab hodisalarining irradiatsiyalanish va konsentratsiyalanish darajalari,
patologik holatni vujudga keltiruvchi ta’sirotlarga nisbatan oliy asab
faoliyatining barqarorligi har xil sharoitda bir xil emas. Binobarin, turli
ta’sirotlar tufayli kelib chiqadigan javob reaksiyalari har qaysi hayvon
asab tizimsining individual xususiyatlari va holatlariga, ya’ni oliy asab
faoliyatining tipiga bog‘liq. Bizga m a’lumki, po‘stloqda doimo tuxtovsiz
ravishda qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari kuzatilib turadi. Ammo
turli hayvonlarda bu jarayonlar bir xil munosabatda sodir boimasdan,
kuchi, o ‘zaro muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan farq qiladi.
Asab hodisalarining (qo‘zg‘alish va tormozlanishning) kuchi po‘stloq
hujayralarining ish bajarish qobiliyatiga, surunkali ravishda kuchli
qo‘zg‘alib, faollik qila olish xususiyatiga bogiiq. Qo‘zg‘alish va
tormozlanish jarayonlarining muvozanatlashganligi deganda, qo‘zg‘alish
kuchi
bilan
tormozlanish
kuchining
o ‘zaro
nisbati,
ularning
harakatchanligi deganda qo‘zg‘alishning tormozlanish bilan va aksincha,
tormozlanishning qo‘zg‘alish bilan almashinish tezligi tushuniladi.
I.P.Pavlov bir talay kuzatish va tajriba m a’lumotlariga asoslanib, hamda
po‘stloqdagi qo‘zg‘alish va tormozlanishlaming kuchini, ularning o‘zaro
muvozanatlanishi va harakatchanligini o‘rganib, itlar asab tizimsini to‘rtta
tipga bo‘ldi. Qishloq xo‘jalik hayvon larining asab tizimsini ham shu
to ‘rtta tipga ajratish mumkin: