o‘zaro boglanib,
birlashtiriladi, ulaming elementlari umumlashtirilib,
ta ’sirga yakun yasaladi. Oqibatda muayyan shartli refleks yuzaga kelib,
tegishli organ va umuman organizmning faoliyati m a’lum yo‘nalishda
o‘zgaradi, ya’ni muayyan reflektor akt sodir bo‘ladi. Shunday qilib,
organizmning ichki va tashqi muhitidan kelayotgan ta’sirotlar po‘stloqda
to ‘xtovsiz analiz va sintez qilinib turadi va organizm shu ta’sirotlarga
muayyan reaksiyalar bilan javob berib turadi. Katta yarim sharlar
po‘stlog‘idagi analiz va sintez hodisalari
tufayli hayvon turli-tuman
ta’sirotlarga javoban, faqat o ‘zining hayoti uchun zarur, biologik jihatidan
maqbo‘l
shartli
reflekslarni
(ozuqalanish,
yashahs,
ko‘payish,
himoyalanish reflekslarini) hosil qiladi.
Dinamik stereotip. Kundalik hayotda organizm juda xilma-xil
ta’sirotlarga uchrab turadi. Ta'sirotlar doimo qat’iyan muayyan tartibda
ta’sir
qilib borilsa, po‘stloqda shu ta ’sirotlarga javoban muayyan
qo‘zg‘alish va tormozlanish tizimsi, m a’lum stereotip qaror topadi.
Po‘stloq faoliyatidagi bu tizimtikani I.P.Pavlov dinamik stereotip deb
atadi.
Dinamik
stereotip
po‘stloqning
ta’sirotlami
sintez
qilish
faoliyatining mahsulidir.
Po‘stloqda dinamik stereotipning paydo
bo‘lishini tushunib olish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. It
o‘rgatuvchi, itga har kuni tartibni o ‘zgartirmasdan, "o‘tir", "yot",
"to‘siqdan o‘t"
deb komanda bersa, keyinchalik, ya’ni it komandaning shu
navbatiga o ‘rganganidan so‘ng (stereotip hosil boigandan so‘ng), itga
birgina "o‘tir" deyish bilanoq u "o‘tiradi", so‘ngra komandaning qolganini
kutmasdanoq yotadi va tusiqdan o ‘tadi. Dinamik stereotipni to ‘g‘ri
tushunib olish, chorva mollarini to ‘g‘ri parvarish qilish va ulardan to ‘g‘ri
foydalanishda katta ahamiyatga ega. Gap shundaki, hayvonlami parvarish
qilishda muayyan tartib bo‘lsa, ularda ana shu
kundalik tartibga stereotip
hosil bo‘ladi. Boshqacha aytganda, miyasining po‘stlog‘ida doimo
muayyan tartib bilan kelayotgan ta’sirotlarga nisbatan qo‘zg‘alish va
tormozlanish tizimsi hosil bo‘ladi. Oqibatda hayvon ushbu kundalik
tartibga o‘rganadi. Muayyan stereotip hosil bo‘lgandan keyin hayvonni
parvarish qilishda unga muomala qilish ancha oson. Ma'lum stereotip hosil
bo‘lganidan so‘ng u ancha qiyinlik bilan bo‘ziladi.
Shunga qaramasdan,
basharti molxonada kundalik tartib bo‘ziladigan bo‘lsa, sut soguvchi va
molboqarlar hadeb o‘zgarib tursa, hayvon bilan yomon muomala qilishsa,
odatdagidan ko‘p shovqin-suron ko‘tarilsa, dinamik stereotip bo‘ziladi.
Oqibatda katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish bilan tormozlanish
o‘rtasidagi muvozanatlar izdan chiqib, nevrozlar kuzatiladi,
hayvonning
xulq-atvori o ‘zgarib, mahsuldorligi pasayadi va hokazo. Shuning uchun
386
hayvonga qarashda odatdagi tartibga rioya qilish
katta aham iyatga ega
ekanligini unutmaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: