tiz im s m i tashkil qiladi, bu signal tizimsi hayvonlar uchun ham, odamlar uchun ham
umumiydir. Odamlarda oliy asab faoliyati misli ko‘rilmagan darajada
rivojlanganligi sababli birinchi signal tizimsi asosida ikkinchi signal tizim
- nutq paydo bo‘lgan. Ana shu bilan odamlar hayvonlardan tubdan farq
qiladi. Birinchi signal tizimsi bilan ikkinchi signal tizimsi bir qator
xususiyatlari bilan tafovut qilinadi. Bular asosan quyidagilardir: Birinchi
signal tizim yordamida konkret sharoitdagi narsalar to ‘g‘risida axborot
olinadi. Uning signali umumiylashmagan, konkretdir. Masalan, ko‘z
narsalarni o ‘z holicha ko‘radi, quloq tovushni o ‘z holicha eshitadi,
ikkinchi signal tizimsi aw al ko‘rilgan, eshitilgan narsalarni ham ifoda eta
oladi, ulaming obrazini gavdalantira oladi. Demak, u ongning mahsuli.
Ikkinchi signal tizimsining mahsuli bo‘lmish, so‘z konkret bo‘lmay, balki
umumiylashgan, abstrakt holga kelgan signaldir. Buning ma'nosi shuki,
so‘z aytilganda uni eshitgan odam so‘zning tovushiga e'tibor bermaydi,
balki mazmuniga, mohiyatiga e'tibor beradi va o ‘sha so‘z bilan ifoda
qilingan ob'ekt to‘g ‘risida tasavvurga ega bo‘ladi. Masalan, olov
deyilganda ham, alanga yoki o ‘t deyilganda ham odam yolg‘iz bir narsani,
ya’ni olovni tushunadi. Bu paytda signalning shakli, ya’ni so‘zlar har xil,
mazmun esa, bittadir. Ikkinchi signal tizimsi signallaming signali bo‘lib,
o ‘z navbatida birinchi signal tizimsi negizida paydo bo‘lgan. Chunki
odamning so‘zni qabul qiluvchi maxsus retseptori y o ‘q. So‘z ham boshqa
tovushlarni idrok qiladigan quloq fonoretseptorlari orqali qabul qilinadi.
Demak, odamlarda oily asab faoliyatining rivojlanishi natijasida, ong
paydo bo‘lib, birinchi signal tizimsining ham sifat tomonidan o ‘zgarishiga
ham olib kelgan. Ikkinchi signal tizimsi shartli reflekslarni nihoyatda tez
qabul qiladi va bu reflekslar juda uzoq saqlanib, turadi. Insonning bir
gapni bir marta eshitgandan so‘ng uni uzoq vaqt davomida yodda saqlab,
qayta takrorlay olish qobiliyatiga ega ekanligi fikrimizning isbotidir.