Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   318
2 5213200508969289537

SEZGIORGANLARI - ANALIZATORLAR
Organizmning tashqi va ichki muhitidan tinmay kelib turadigan 
ta’sirotlami idrok etib, analiz (tahlil) qiladigan murakkab nerv 
mexanizmlaridan iborat anatomik-fiziologik tizimlariga analizatorlar 
deyiladi. Analizatorlar markazga intiluvchi nerv tolalari orqali markaziy 
asab tizimi va uning oliy qismi bo‘lmish bosh miya katta yarim 
sharlarinmg po‘stlog‘i bilan aloqador maxsus sezuvchi hujayralar 
to‘plangan sezgi organlarini o ‘z ichiga oladi. Sezgi organlarga - ko‘rish, 
eshitish, muvozanatni saqlash, hid bilish, ta’m bilish, muskul-bug‘im yoki 
harakat, teri sezgisi va vitsceral sezgi organlari kiradi. Muskul-bug‘im, 
ya’ni harakat va vitsceral sezgilardan tashqari boshqa barcha sezgi 
organlarning 
retseptorlari-ta’sirotni 
qabul 
qiluvchi 
hujayralarining 
sezuvchi uchlari organizmning sirtqi-tashqi tomonida (ko‘z, quloq, til, 
burun, teri yuzasida) joylashgan. Shu sababli bu sezgi organlarining 
retseptorlari eksteroretseptorlar deyiladi va tashqi muhitdan kelayotgan 
ta’sirlarnigina idrok etadi.
394


Muskul-bug‘im 
(harakat) 
va 
vitseral 
sezgi 
apparatlarining 
retseptorlari organizmning ichkarisida - muskullar va paylarda, barcha 
ichki organlarda joylashgan bo‘ladi va interoretseptorlar deyiladi. Sezgi 
organlari organizm uchun benihoya katta ahamiyatga ega. Ular yordamida 
organizm uzluksiz o‘zgarib turadigan tashqi muhit bilan muntazam 
ravishda aloqada boglaydi, natijada ob’ektiv dunyodagi turli-tuman hodisa 
va predmetlami sezadi, ulardan xabardor bo‘ladi. Shunga ko‘ra organizm 
tashqi muhitga nisbatan doimo muayyan, o ‘zi uchun foydali, eng qo‘lay 
vaziyatni egallab muhit o ‘zgarishlariga yaxshiroq moslashadigan va o ‘z 
ichki muhitini ancha barqaror saqlay oladigan, gomeostazni ta ’minlay 
oladigan bo‘lib qoladi. Tegishli sezgi hissiyotining ro ‘yobga chiqishi 
uchun tashqi muhitdan yoxud organizmning ichki muhitidan kelayotgan 
ta’sirotlaming u yoki bu sezgi organ retseptorlariga ta’sir qilishining o ‘zi 
kifoya qilmaydi. Sezgi hissiyotining paydo bo‘lishi uchun retseptorlarga 
ta’sir qilayotgan ta’sirot, shu retseptorlar tomonidan qabul qilinishi, hosil 
bo‘lgan qo‘zg‘alishning tegishli markazga intiluvchi nerv tolalari orqali 
markaziy asab tizimiga va uning oliy qismi bo‘lmish bosh miya katta 
yarim sharlarining po‘stlog‘iga uzatilmogi va uning belgili qismlarida 
analiz va sintez qilmogi lozim. Ta'sirot dastavval retseptorlarda, so‘ngra 
esa qo‘zg‘alish o ‘tayotgan neyronlarda, qolaversa, markaziy asab 
tizimining tegishli qismlarida, u yoki bu darajada analiz va sintez qilinadi. 
Biroq, oliy darajadagi nozik analiz va sintez faqatgina miya po‘stlog‘ida 
yuzaga chiqishi mumkin, jumladan, ko‘rish sezgisi miya po‘stlog‘ining 
ensa sohasida, eshitish sezgisi chakka sohasida, muskul-bug‘im sezgisi esa 
tepa sohasida analiz va sintez qilinadi. Demak, har qanday sezgining 
ro‘yobga chiqishi uchun uchta qism, uchta element, y a’ni ta’sirotni qabul 
qiluvchi - retseptor apparat (ko‘z, quloq, teri, burun va boshqalar), qabul

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin