undan foydalangan I.P.Pavlov reflektorli jarayonlarni o'rganishda ulaming chegaralanganligini ko‘rsatib berdi. Shundan kelib chiqib I.P.Pavlov o ‘z oldiga normal sharoitda ovqat hazmi jarayonlarining kechishida asab tizimining rolini ochishini maqsad qilib qo‘ydi, nihoyat surunkali tajribalami bajarish imkonini beruvchi yangi jarrohlik usullarini ishlab chiqdi. U hayvonlarning hazmlash kanalida juda ko‘plab yangi operasiyalami tavsiya etdiki, ulardan keyin ko‘p yillar mobaynida operasiyadan keyin hayvonlarni a’lo darajadagi sog‘ligi ta’minlangan holda, hazm tizimining turli bo‘limlarini sekretorlik va harakat funksiyalarini o ‘rganish mumkin. U kishi tomonidan Ьят-т bezlarini y o ‘llarini bitmaydigan teshiklarini tashqariga chiqarish bo‘yicha operasiya qilish yoki fistulalar qo‘yish; so‘lak bezlariga (1895), m e’daosti beziga (1879) va o ‘t y o ‘liga (1902) usullari ishlab chiqildi. Aynan shu operasiyalar yordamida turli ozuqalami ovqat hazmi kanalida qayta ishlanishida so ‘lak ajralishi, m e’da osti bezi shirasining ajralish va o ‘t ajralish qonuniyatlari ochildi. I.P.Pavlov m e’da shirasining ajralishini o ‘rganish uchun oddiy oshqozon fistulasi qo‘yish bo‘yicha operasiyaga qizilo‘ngachni bo‘yindan kesish va uning har ikkala uchini teriga tikish operasiyasini qo‘shdi (ezofagotomiya), bu esa o g ‘iz bo‘shlig‘ida ozuqalar bo‘lgan paytda m e’da shirasining ajralishi haqida muhim ma’lumotlami aniqlash va m e’da shirasi ajralishini chaqimvchi nervlaming ochilishiga olib keldi. Bu operasiyalar yana «yolg'ondakam» oziqlantirish paytida tabiy hoidagi toza m e’da shirasi olish imkonini berdi. 1894 yilda I.P.Pavlov o ‘zining mashhur kichik izolyasiyalangan m e’dacha yasash usulini taklif etdi, bunda kichik m e’dachaning barcha