ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 Academic Research, Uzbekistan 620 www.ares.uz harakatlantiruvchi kuchi bilimli va savodli odamlardir. Zamonaviy dunyoda ta'lim
ijtimoiy va iqtisodiy farovonlik o'sishining eng muhim sharti, mamlakatni barqaror
rivojlanishining manbai hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA D. Xibben ta'lim har qanday kundalik vaziyatda to'g'ri harakat qilish
qobiliyatidir, deb aytgan. Atrofimizdagi dunyo juda tez sur'atlarda o'zgarib bormoqda
va shunga ko'ra o'rganish usullari ham o'zgarishi kerak. O'quv jarayoni dialogik,
izlanishli, loyihaga asoslangan bo'lishi kerak. Biz tez o'zgaruvchan dunyoda
yashayapmiz, yangi texnologiyalar joriy etilmoqda va bilim hajmi oshmoqda.
An'anaviy maktab - bilimlarni faqat og’zaki tarizda tushuntirish maktabi asta-sekin
o'tmishga aylanib bormoqda; yangi tarixiy maktab, rivojlanish maktabi tobora
faollashib bormoqda. Maktabga ijodiy g'oyalarga ega, yangi o'quv dasturlarini ishlab
chiqish
va
amalga
oshirishga
qiziqadigan
va
o'qitishning
innovatsion
texnologiyalaridan foydalana oladigan o'qituvchi kerak.
Eng qadimgi zamonlarda bilim va tarbiya berishdan kutilgan maqsadni,
ta'limning usullarini, bizgacha yetib kelgan arxeologik qazilmalar va yozma
manbalardan bilishimiz mumkin. Turkiy va forsiy zabon xalqlarning hayot kechirish
tarzi, borliqqa amaliy munosabatda bo’lish namunasi ifodalangan ma'naviyat va
madaniyat yodgorliklari, qadimgi yunon tarixchisi Geradotning «Tarix», Strabonning
«Geografiya» asarlari, Maxmud Qoshgariyning «Devonu lugatit-turk», «Urxun-
Yenisey bitiklari» va boshka shu kabi adabiy va tarixiy manbalar orqali bizga yetib
kelgan.