Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasi, vakillari, tarqalishi, tuzilishi, ko’payishi, ahamiyati
2.2. Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) tuzilishi Oʼzbekiston xududi oʼsimliklar olamini oʼrganishda XIX asrdan boshlab koʼp tarmoqli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Oʼsimliklar turlari morfogenez qonuniyatlari oʼsimliklarning arid zonaga moslashgan evolyutsion strukturasi, floraning genezis muammolari yovvoyi holda oʼsuvchi turlar introduktsiyasi va boshqalar. Oʼrta Osiyo florasi genezisini aniqlash ilmiy tadqiqotlarning bosh yunalishidir. Koʼplab olimlar Oʼrta Osiyo florasini kseromorfogenez yoʼnalishida doimiy oʼzgarib boruvchan deb xisoblaydilar. Ularning fikricha barcha Oʼrta Osiyo kserofit florasi Janubiy Аfrika markazidan kelib chiqqan. Аytilgan kontseptsiyani qurgʼoqchil xududlarga qoʼllash mumkin lekin Oʼrta Osiyo xududining koʼp qismi togʼlar bilan oʼralgan boʼlib iqlimiy sharoiti vertikal boʼyicha oʼzgargan va bir necha marta muzliklar transgressiyasiga uchragan. Bu bilan bogʼliq iqlimiy oʼzgarishlar boshqa flora elementlarining
koʼchishiga va oʼsimliklar olamining xilma-xilligiga olib keldi. Bundan tashqari, xudud boshqa xududlardan chegaralanmagan, aksincha, har xil flora vakillarining migratsiya yulidadir. А. G. Golovkova va boshqalarning fikricha oʼrmonlar, oʼtloqlar, butazorlar ichida floraning Boreal elementlari koʼprok shakllangan Xindi-Ximolay elementlari kamroq shakllangan. Saxro zonalarida esa Turon, Old Osiyo, Oʼrta Osiyo elementlari keng tarqalgan. Xudud flora genezisining bu kontseptsiyasi ishonchli. Yogʼochlangan butasimon oʼsimliklar strukturasini oʼrganish tadqiqotlarning yana bir yunalishi boʼlib, oʼrganilgan turlarda koʼp yillik yogʼochning struktura tuzilishlari koʼrsatib berildi. Bu mualliflar yogʼochning strukturaxususiyatlarini yashash muhiti omillari, xayot tarzi, taksonning evolyutsion darajasi bilan bogʼlamagan holda, tur filogeniyasini sistematikasi uchun katta ahamiyatli boʼlgan aʼzoning shaklllanishi va xususiy belgilarini teran ochib berdilar. Rosaceae oilasidagi yogʼochlanishning anatomik tuzilishiga mansub maʼlumotlar A. Burgerstein qalamiga mansub. U Rosaceae oilasining 76 turini oʼrganib, yogʼochining belgilariga qarab aniqlovchi yaratdi. Аvtor miqdoriy
belgilarga katta ahamiyat berdi. Masalan, uning fikricha Malus va Pyrus oʼrtasidagi farq nurlarning fazodagi balandligida. Koʼrsatilgan oilaning Gʼarbiy Yevropa va Xitoyda oʼsuvchi qator turlarining yogʼochlari ham oʼrganilgan. Rosaceae oilasi vakillarini anatomik jihatdan oʼrganish amaliy ahamiyati bor turlar ustida oʼtkazildi. Yevropa va Kavkaz keng bargli oʼsimliklari yogʼochini oʼrganish bu turning evolyutsion darajasini aniqlash va aʼzolarining muhit omillariga moslashuvini baholash uchun oʼrganildi va yogʼochning 10 ta tarkibiy tipi aniqlandi. Oʼrta Osiyo oʼsimliklari uchun evolyutsion IX-Xtip mos kelishini aytdilar. M.I.Kolosovaning fikricha primitiv V-VIItip Oʼrta Osiyoning faqat tuqayli xududlarida uchraydi. Rosa L. baʼzi turlari anatomo-morfologik xususiyatlari chuqur oʼrganilgan. Bargi, mevasi, urugʼi tarkibida vitaminlar, efir moylari, pektin saqlash darajasi keng koʼlamda tahlil qilingach farmatsiya, oziqovqat sanoati, tibbiyotda qoʼllaniladigan qator Rosa L. turkumi maxsulotlari ishlab chiqarilishi uchun bu oʼsimliklar plantatsiyalari vujudga keltirilgan. Sanoatda atirgul moyi ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yovvoyi holda oʼsuvchi koʼplab turlaridan ham sanoatda farmotsevtikada, parfyumeriyada va oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladi. Tibbiyotda vitamin S yoki askorbin kislota deb nomlanuvchi kislota olish uchun xom ashyo sifatida qoʼllaniladi. Naʼmatak mevalari tarkibida juda koʼp miqdorda vitamin S (4-8%, baʼzan 18% gacha boradi), P, K, B gruppasi, karotinlar bilan bir qatorda flavonoidlar, qand, organiq kislotalar (olma kislotasi 1,8-2% gacha, limon kislotasi 2% atrofida), pektin va oshlovchi moddalar, likopin va riboksantin, shuningdek kaliy, temir, marganets, fosfor, kalьtsiy, magniy tuzlari bor. Meva urugʼlarida vitamin Ye mavjud. Mevalaridan dori-darmon olinishida katta manba hisoblanadi. V. Kulikov keltirgan maʼlumotlarga qaraganda, oʼsimlik mevalaridan tayyorlangan preparatlar antiseptik, umumdarmon bagʼishlovchi, aterosklerozga davo boʼluvchi manba sifatida ishlatiladi. Naʼmatak mevalarida P-vitaminlar yigʼindisi boʼlganligi tufayli mayda qon tomirchalari devorlarining elastikligini oshirib, uni mustahkamlaydi. V.V.Lebedevning keltirgan maʼlumotlariga qaraganda, naʼmatak ildizlari asosida tayyorlangan qaynatma ovqatni hazm qiluvchi organlarning faoliyatini uygʼunlashtirib, uning fermentative aktivligini meʼyorga keltiradi. А.D.Turova naʼmatak preparatlari, inson organizmida havfli boʼlgan yurak toj tomirlari aterosklerozida holestirin miqdorinin kamaytirishi haqida maʼlumotlar keltiradi. Bundan tashqari naʼmatak oʼt qopchasi kasalligi holetsistitda hamda oʼt ajralishini sustlashishi bilan bogʼliq boʼlgan kasalliklarda ijobiy natija beradi.
Tibbiyotda ishlatish uchun mevadan damlama, ekstrakt va sharbat (hoʼl mevasidan) hamda tabletkalar, holosas kabi dorivor preparatlar tayyorlanadi. Mazkur preparatlar avitaminoz xastaligini, ateroskerozni davolashda, oʼt haydash maqsadida, tavsiya etiladi. Mevalari halk tabobatida qadim zamonlardan beri ishlatib kelinadi. Uning mevalaridan tayyorlangan damlamada oʼpka sili, jigar, oʼt qopchasining yalligʼlanishi, ichak, buyrak, qovuq kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Shuningdek, naʼmatakning mevasi asosida tayyorlangan qaynatma qon toʼxtatuvchi, isitma tushiruvchi omil sifatida isteʼmol qilinadi.
Boshqa bir gurux olimlar ilmiy izlanishlari oʼsimliklarning alohida aʼzolarining tuzilishiga, alohida taksonomik oʼsimlik guruxlarining tashqi muhit omillariga adaptatsiyasini aniqlashga turlar evolyutsiyasi muammolariga qaratilgan. Rosaceae oilasidan Spiraea, Malus, Rosa va boshqa koʼplab
turkumlari turlarining anatomik tuzilishi morfologiyasi, yogʼochlanishining turlari, tashqi muhit omillariga adaptatsiyasi, ekologik omillarning ushbu turlarga taʼsir darajasi haqida turli olimlar, turli xududlarda, turli davrlarda salmokli tadqiqotlar olib bordilar. Mualliflarning fikricha Rosaceae oilasi
vakillarining oʼrganilgan aʼzolari tuzilishi bir biriga uxshash yaʼni mezomorf tuzilishga ega. Rosaceae oilasi vakillarini anatomik tuzilishi kseromorf ekanligini aniqlagach, Eronda ularning eng koʼp turlari tarqalganligini isbotladilar. Rosaceae oilasi vakillarini vegetativ organlarini anatomomorfologik sinchiklab oʼrganish XX asr boshlariga tugʼri keladi.
V.R.Kondorskaya barglar, yogʼochlik tuzilishi, epiderma hujayralarining devorlarining toʼgʼriligi, yogʼoch elementlarining yarusli joylashuvi, ularning siljuvchanligini koʼrsatishini А.G.Davtyan va Sh.D.Dadasheva tadqiqotlarini davom etkazgan holda olib bordi. V.K.Vasilьevskaya va boshqalar baland togʼ yaylovlari oʼsimliklarining vegetativ organlari tuzilishini oʼrganib, ekologik
belgilar organizmning tashqi muhit taʼsirlariga turga xos reaktsiya sifatida vujudga keladi, degan xulosaga keldilar . Oʼsimliklar moslashuvining strukturaviy asosi koʼprok bargning harakterli xususiyati boʼlib, oʼsimlikning tashqi muhit omillariga adaptatsiyasi sifatida namoyon boʼladi. Keyinrok oʼsimliklarning yashash sharoitlarida barglarning anatomik tuzilishidagi adaptatsiya belgilarini koʼplab
olimlar tadqiq qildilar. Bu xususda B.R.Vasilьev olib borgan ilmiy tadqiqotlar alohida eʼtiborga molik. Muallif uz izlanishlarida sayyoramiz asosiy iqlimiy xududlarida - ekvatorial, tropik, subtropik, muʼtadil geografik kengliklarda oʼsuvchi yogʼochli oʼsimliklar asosiy namoyondalarining barglari tuzilishini oʼrgangach, barg strukturasi evolyutsion rivojlanishida qator umumiy morfogenetik konuniyatlar mavjud ekanligini aniqladi. Har xil oila vakillari, xududiy iqlimiy omillarga adaptatsiya jarayonida, yaqqol konvergentsiyadan qatʼiy nazar, oʼzlarining sistematik holatidan qatʼiy nazar barg tuzilishining xususiy belgilarini saqlab koladilar . Hozirgi davrda florogenez va filogenez muammolarini hal qilish yoʼlida oʼsimliklar ontogʼenezini tadqiq qilish ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Pallabarg, yuvenil va definitive barglarning anatomik tuzilishini oʼrganish orqali oʼsimlik assimilyatsiya aʼzolarining primitiv turlaridan hozirgi turlarigacha boʼlgan
rivojlanish sikli va tashqi muhit sharoitiga adaptatsiyasi oʼrganiladi. Koʼplab mualliflar oʼsimliklar qishki uyquga kirayotganda kurtaklarning qayta shakllanishi, novdalar oʼsishini minimumga qisqartirish, shoxlanish sonlarini koʼpaytirish, oʼsimliklarning yuvenil holatda boʼlish davrini uzaytirish va boshqa muammolar ustida qator ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Oʼrta Osiyo daraxtsimon va butasimon oʼsimliklari vegetative aʼzolarining ekologiya bilan bogʼliq ontogenezini koʼp qirrali oʼrganish, oʼsimlik strukturasi birinchi navbatda, turning ekologik muhitda shakllanishini – evolyutsiyasi shakllanishini belgilaydi. Demak, oʼsimliklar aʼzolarining anatomik tuzilishi haqidagi maʼlumotlar: - har xil ekologik gurux oʼsimliklari ontogʼenezi
boskichlarida anatomik strukturalarning uzgarishi; - ularning toʼla biologik tasniflash imkoniyati; - turlarning adaptiv va evolyutsion darajasini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Shunday qilib biz oʼrgangan oʼsimliklar turkumlari vegetative aʼzolari tuzilishi xususiyatlari sayyoramiz boʼylab koʼp tomonlama oʼrganilgan. Bu tekshiruvlar:
a) aʼzolar struktura elementlari shakllanishini aniqlash;
b)ekologik yashash muhitiga moslashishini aniqlash;
v) yashash muhiti ekologik omiliga bogʼliq taksonomik guruxlar paydo boʼlishi, muhit har xil omillariga adaptatsiya, turlar evolyutsiyasi masalalari;
g) alohida tur oʼsimliklarining tasonomik kategoryalarini aniqlash;
d) flora genezisi va turlarning evolyutsion-filogenetik bogʼlarini aniqlash yunalishlarida olib borildi. Oʼzbekiston xududida Rosaceae oilasiga mansub buta, daraxtsimon buta oʼsimliklarining organ strukturalari xususiyatiga bagʼishlangan ilmiy izlanishlar bizning imkoniyatimizdagi adabiyotlar roʼyxatida uchratilmadi. Koʼplab turlar ontogenezining boshlangʼich bosqichlari juda kam oʼrganilgan. Biz shu soxada ilmiy izlanishlar olib borishni oʼz oldimizga maqsad qilib qoʼydik. Rosa turkumi sistematikasini oʼrganish azaldan tadqiqotchilarning diqqatini oʼziga jalb etib kelgan, Gʼarbiy Yevropada koʼplab moʼtaxassislar yoki “turkumni oʼrganuvchi” deb nomlanuvchilar mehnat qilganlar va bunga umuman olganda juda katta adabiyotlar bagʼishlangan. Bu masalada u bilan raqobatlashuvchi turkumni koʼrsatish qiyin. Аfsuski, bizning mamlakatimizda naʼmatak turkumi turlari sistematikasini yetarli darajada oʼrganilmagan va bizning floramiz turkum turlari koʼp farqlanib murakkab siklli formalari hisoblanadi. Eʼtiborli tomoni taxlil qilinganda, oʼtgan bunday yuz yillikning birinchi yarmida Marshall Bibershteyn va Besser mehnatlari evaziga shunday tahlilga yaxshi tamal qoʼyilgani bilan belgilash qiziqarli boʼlgan. Lekin ularning ishlarini davom ettiradiganlar topilmadi. Boʼlarni bu sohada erishgan yutuqlari tez orada unutildi. Oʼz vaqtida bizning naʼmataklarimizga E. Regelь, katta eʼtibor qaratdi. 1877 yil turkum monografiyasi chop ettirildi. Biroq, bu muallif tabiiy va yovvoyi holda oʼsuvchi turlarini yoʼqligi va turkumga xos birligini mukammal tanish emasligi unga faqat gerbariy materiallari bilan tanish boʼlgan koʼplab formalarini toʼgʼri talqin qilishiga sabab boʼlib xizmat qildi va bu monagrafiya bizning formalarni oʼrganishda koʼproq salbiy rol oʼynadi. Regeldan keyin bizning fan qurgʼoqchilikga uchradi.
Faqatgina ikkita turkumshunos I.F. Shmalьgauzen va А.А. Lonachevski oʼrgandilar. Birinchidan oʼzining zamonasi uchun Kiev (Kiev, 1891) atrofidagi naʼmataklarga bagʼishlangan qimmatli ishni taqdim etdi. Ikkinchidan Ukraina, Qrim va Kavkaz naʼmataklarini oʼrganishda juda koʼp mehnat qildi. Аfsuski, Lonachevski oʼz ishini oxiriga yetkazmay vafot etdi. U tomonidan naʼmataklarni aniqlash uchun jadvallarni MDX ning Yevropa qismidan, Qrim va Kavkazdan, Аjariston naʼmataklar xaqidagi maqola va koʼplab alohida turlarni yoki yorliqdagi formalari haqida Аkademik А. А. Lonachevski “Herbarium Florae Rossicae” dagi
eslatmalar qolgan boʼlib, u oʼzi qilgan ishlaridan juda oz qismini nashr qilgan. Lonachevski tomonidan turli formalar koʼproq Caninae sektsiyasidan boʼlib va u tomonidan oʼrganilgan gerbariy koʼl yozmalar saqlanib qolinmagan . Bunday holatda MDX naʼmataklari maʼlumotlarini Gʼarbiy Yevropa moʼtaxassislari ishi turkum monografiyasidan ishlash kerak boʼldi. Bu yerda birinchi oʼrinda koʼzga koʼringan Belgiyalik turkumshunos Crepin nomini tilga olish mumkin, u butun umrini turkumni oʼrganishga bagʼishlagan. Crepin tomonidan Leningrad gerbariy materiallarini qayta ishlagan va buning natijasida uni koʼp sonli publikatsiyada nashr ettirgan. Bir soʼz bilan aytganda, alohida boʼlimlari oʼziga xos harakteri va tasodifiy eslatmadagi (Crepin turkum monografiyasini yozmagan) va shuningdek tekshirilgan gerbariy namunalariga yopishtirilgan yorliqlar ham oʼziga xosdir. Bu esa naʼmataklarni oʼrganishdagi katta eʼtiborni oʼziga tortdi. Koʼp sonli dubletlar va Crepin tomonidan qolgan kollektsiyasi va uning Bryusseldagi gerbariylari zamonamizni yirik turkum namunalarini Boulenger, tomonidan oʼrganilgan va vafotidan biroz oldin Osiyo naʼmataklari monografik sharxini nashr ettirishi katta rol oʼynagan. Bu mehnat, Crepin tomonidan koʼyilgan koʼplab xatolarni va rus kollektsionerlari tomonidan toʼplangan naʼmatak nushalari maqoladagi xatolarni toʼgʼrilashda juda katta ahamiyatga ega. Crepin kabi, Boulenger ham turkumshunoslikni “sintetiklik” yoʼnalishi vakillari hisoblanadi. Shuning uchun bizning naʼmataklarimiz toʼgʼrisidagi ishlaridan sistematik analizni kutish mumkin emas. Qisqa muddat ichida haqiqiy qayta oʼrganish bajarilmadi.
Аsosiy vazifa qilib, MDX naʼmataklarini yarim asr oʼrganilgan, baʼzi bir natijalarni kiritish uchun yangi maʼlumotlarni kiritilgan. Bu qayta ishlashni naʼmataklar monografiyasi boʼshliqni toʼldiruvchi sifatida qarash mumkin. Masalan, bizga, nomaʼlum eski avtorlar tomonidan yozilgan bu sinonimlarga tegishlidir yoki MDX hududida aniqlangan butun bir turlarni ongli ravishda chiqarilib yuborilgan yoki oson shifrovka qilingan. Ushbu nomlar, jumladan, katta qismi allaqachon esdan chiqarilgan flora va monografiyada uchramaydi. Baʼzi bir turlar uchun turli mualliflar tomonidan oʼrganilgan nomaʼlum taksonlik belgilar chiqarib yuborildi. Sistematik yondashuvda Rosa L. turkumi oʼrganish uchun juda murakkab hisoblanadi. Bu yerda yuzma-yuz keluvchi murakkabligi turli guruhlar uchun turlichadir. Koʼplab sektsiyaga xos kuchli ichki turkum oʼzgaruvchanligi polesey hosil qilishga qobilyatlilik xosdir. Baʼzi turkumlari Rosoideae oilasida boshqa, turkumni bunday munosabatda Potentilla va Sangulsorba turkumlariga tenglatish mumkin. Tekshiruvning asosiy metodlari geografo-morfologik metod hisoblanadi. Butunlay boshqa manzaralarni Caninae sektsiyasida kuzatamiz, bu
turlar uchun apomiksis hodisasi borligi aniqlangan, shu holat sababli Alchimilla turkumidagi shu qatordagi konstantlik element birliklari kuzatiladi. Ohirgi turkumga qarama–qarshi bizda bu birliklarni oʼrganishga kirishilmagan va bu sektsiyaga qabul qilingan turkumlar majburan yigʼma harakterga ega. Rosa L. turkumi materiallari qayta ishlanishi va qoʼllanmalar natijasida G.P.Sumnevich tomonidan Oʼzbekiston florasiga taqdim etildi. U tomonidan terilgan gerbariy materiallari va saqlanayotgan gerbariylar, qoʼllanmalarni oʼrganish natijasida biz shunga amin boʼldikki G.P.Sumnevich turkum safarlarida asosan turli yaqin
formalarni va koʼp hollarda gibridni kelib chiqishi natijasida yangi turkumlar hosil boʼlishi bilan shugʼillanganligini taʼkidlash joiz. Bu esa birgalikda olib borilgan Naʼmatakning uzoq formalari, gerbariy materiallari tabiatda va populyatsiyada tarqalishi bilan bogʼliq ekanligini taʼkidlab oʼtadi . Bunday arealsiz qizil chiziqlar zamonaviy Oʼrta Osiyo boʼylab tarqaladi. Bunday arealsiz yondashishlar boshqa zamonaviy Oʼrta Osiyo turlarini aniqlash ishlarida kuzatiladi. Naʼmataklarni aniqlash va oʼrganish uchun toʼla materialga ega boʼlish kerak.
Xulosa Oʼsimliklarning keng areallarda, har xil geografik mintaqaviy kengliklarda, har xil iqlimiy sharoitlarga moslashuvi bu moslashuvning anatomo-morfologik jihatlarini oʼrganish boʼyicha dunyo biolog-botanik olimlari chuqur ilmiy izlanishlar olib borishgan. Izlanishlarning tarixi juda uzoq. Mikroskopning tadqiq qilinishi biologiya olamida juda katta tadqiqotlar oʼtkazishning boshlanishiga muhim turtki boʼldi. Oʼsimliklar morfogenezini filo-ontogenez nisbatida oʼrganish juda koʼp turlarning kelib chiqishi, oʼzgaruvchanligi, yangi turlarning paydo boʼlishiga asos boʼlishi haqida ilmiy izlanishlar, diskussiyalar, qarama-qarshi nazariyalar yuzaga keldi. Bizning ilmiy tadqiqotimiz maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda, keyingi 20 yil mobaynida qilingan ilmiy tekshiruvlarning adabiy taxlilini oʼtkazdik, ayrim hollarda XX asr 50- yillaridan boshlab oʼtkazilgan ilmiy tadqiqotlarni oʼrganib chiqishga toʼgʼri keldi. Rosaceaea oilasiga mansub Spireae L., Rosa L., Malus Mill. turkumlari turlarining tarqalishi, oʼsimliklarning geografik, ekologik, iqlimiy oʼzgaruvchan sharoitlarda yashash shakli, tashqi muhit omillariga bogʼliq holda anatomo-morfologik oʼzgarishlarini aks ettiruvchi ilmiy adabiyotlarni imkoniyatimiz darajasida koʼrib chiqdik. Yuqoridagilardan koʼrinib turibdiki, oʼrganilayotgan Rosaseaea turkumi turlari aʼzolarining anatomo-morfologik tuzilishining tashqi muhit omillariga adaptatsiyasi nuqtai nazaridan oʼrganishda hozirgi kunga qadar mutaxassislar oʼrtasida aniq bir toʼxtamga kelinmagan.