39. Faqat matn muharrirlari keltirilgan qatorni toping.
A) Power Point, MS Word, Corel Draw
B) MS Word, MS Excel, MS Paint
C) MS Doc, MS Paint, Google Docs
D) Leksikon, MS Word, Google Docs
40. Kompyuter grafikasining qanday turlari mavjud?
A) rastrli, virtual, an’anaviy B) Rastrli, vektorli, fraktal
C) vektorli, fraktal, zamonaviy D) virtual, milliy, bosma.
41. MS Word matn muharririda hujjatga rasm joylashtirish uchun qaysi menyuga murojaat qilamiz?
A) Insert (Vstavka) menyusiga B) View (Vid) menyusiga
C) Picture (Risunok) menyusiga D) Table (Tablitsa) menyusiga
42. MS Power Pointda yaratilgan taqdimotni birinchi slayddan boshlab to’liq ekranda namoyish etish uchun klaviaturadan qaysi klavish bosiladi?
A) F4 B) Shift +F3 C) F5 D) Ctrl+D
43. MS Power Pointda yangi taqdimot faylini yaratish uchun klaviaturadagi qaysi klavishlar kombinatsiyasi bosiladi?
A) Ctrl+N B) Ctrl+D C) Ctrl+A D) Ctrl+Y
44. Prezi dasturidan online tizimda qaysi sayt orqali foydalanishimiz mumkin?
A) www.prezi.com B) www.preezi.uz
C) www.prezi@mail.com D) www.preezi.org
45. Yaratilish usuliga ko’ra kompyuter grafikasi asosan qanday guruhlarga ajratiladi?
A) ikki o’lchamli (2D) va uch o’lchamli (3D) grafika
B) ikki o’lchamli (2D) va vektorli grafika
C) uch o’lchamli (3D) va fractal grafika
D) rastrli, vektorli va ikki o’lchamli grafika (2D)
46. Yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar qanday grafikaga misol bo’la oladi?
A) besh o’lchamli (5D) grafika B) uch o’lchamli (3D) grafika
C) to’rt o’lchamli (4D) grafika D) ikki o’lchamli (2D) grafika
47. Rastrli tasvirning asosiy elementi bu -
A) to’g’ri chiziq B) nuqta (piksel)
C) siniq chiziq D) Rastr
48. Qanday tasvirlarni kattalashtirganda tasvir xiralashib, hech qanday qo’shimcha detallarni ko’rib bo’lmaydi?
A) rastrli tasvirlarni B) vektorli tasvirlarni
C) fraktal tasvirlarni D) vektorli va fractal tasvirlarni
Dostları ilə paylaş: |