Raqamli iqtisodiyot sharoitida biznes tuzilmalarida


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 315,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix23.03.2023
ölçüsü315,78 Kb.
#89240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
raqamli-iqtisodiyot-sharoitida-biznes-tuzilmalarida-foyda-va-rentabellikning-oshishiga-ta-sir-qiluvchi-omillar

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
710 
w
www.oriens.uz
November 
2021
 
Biznes tuzilmalari 
korxonasi rahbariyatini kerakli axborot ma’lumotlari bilan 
ta’minlaydigan bu nazorat. Har qanday korxonada nazorat tarkibiga rejalashtirish, 
maqsadni belgilash, bajarilishini nazorat qilish va qaror qabul qilish kabi yelementlar 
kiradi. Likvidlikni qo‘llab-quvvatlash moliyaviy nazoratning asosiy vazifasi bo‘lib, 
kompaniyaning istalgan vaqtda qarzlarini to‘lashga tayyorligini ko‘rsatadi. Barqaror 
to‘lov qobiliyatiga zarur rentabellik darajasi bilan birga yerishiladi. 
Moliyaviy nazorat moliyaviy faoliyatning haqiqiy natijalarining rejalashtirilgan 
ko‘rsatkichlardan maksimal og‘ishini o‘lchash, standartlar va ko‘rsatkichlar tizimi 
tomonidan belgilangan moliyaviy maqsadlarning bajarilishini nazorat qilish
moliyaviy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, 
individual ko‘rsatkichlarni to‘g‘rilashga imkon beradi. Mavjud bozor sharoitlari va 
tashqi muhitga muvofiq moliyaviy rivojlanish maqsadlari, moliyaviy vaziyatning 
yomonlashishi va rivojlanish sur’atining sezilarli darajada pasayishi mumkin bo‘lgan 
og‘ishlar kattaligi bilan bashorat qilinadi. 
Binobarin, moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarni ichki nazoratidan 
tashqari, axborot bazasini yaratish, moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy tahlil va ichki 
moliyaviy nazorat o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiradi.
Shu bilan birga, kompaniya rahbariyati tomonidan korxonada qurilgan biznes-
jarayonlarni baholashga qodir auditorlik firmalarining jalb qilinishi, shuningdek 
mablag‘lar harakatini baholashga yordam berishi tashkilot ishining rentabelligini 
oshirishga yordam beradi. Shunday qilib, korxonaning past rentabelligi korxona 
menejerlari tomonidan o‘z funksiyalarini adolatsiz bajarishi bilan ham bog‘liq. 
Yuqori raqobat sharoitida rentabellikni oshirish korxonaning asosiy maqsadi 
hisoblanadi. Tashkilotning bo‘sh mablag‘larining asosiy manbai - bu ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarni sotish natijasida kompaniya tomonidan olingan mablag‘lar.

Yüklə 315,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin