Xalqaro migratsiya uchun aynan immigratsiya va emigratsiya kabi tushunchalar xosdir. Immigratsiya aholining biror mamlakatga ishga joylashish yoki o’qish uchun doimiy yoki vaqtinchalik (odatda, uzoq muddat) yashash uchun ko’chib kirishini bildiradi. Shuningdek, uning ko’pchilik hollarda fuqarolikni almashtirish (masalan, oilalarni birlashtirish) bilan bog’liq bir qator sabablari ham bor. Emigratsiya aholining boshqa mamlakatga doimiy yoki vaqtinchalik (uzoq muddatga) yashash uchun ko’chishini (ixtiyoriy yoki majburiy) bildiradi.
Xalqaro migratsiya kontinentlararo (masalan, Yevropadan AQSHga yoki Avstraliyaga) va kontinent ichidagi (masalan, Yevropa hududi bo’yicha) kabi turlarga bo’linadi.
Ichki migratsiya:
Ichki migratsiya deganda, mamlakat hududi doirasida bir manzilgohdan ikkinchi manzilgohga ko’chayotgan aholi tushuniladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi hududi doirasida aholining ko’chishi ichki migratsiya hisoblanadi.
Ichki migratsiya oqimlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha farqlanadi: shahardan-shaharga, qishloqdan-qishloqqa, qishloqdan-shaharga, shahardan qishloqqa. Ushbu yo’nalishlar ma’lum bir ma’noda xalqaro migratsiya uchun ham xosdir.
Migratsiya ko`rinishlari:
Doimiy
Vaqtinchalik
Majburiy
Qonuniy
Noqonuniy
Mehnat
Doimiy (umrbod) migratsiya doimiy yashash joyini butunlay almashtirish bilan bog’liq: boshqa mamlakatga yoki qishloqdan shaharga va h.k.
Doimiy (umrbod) migratsiya doimiy yashash joyini butunlay almashtirish bilan bog’liq: boshqa mamlakatga yoki qishloqdan shaharga va h.k.
Vaqtinchalik migratsiya yetarlicha uzoq muddatga, lekin cheklangan, ko’pincha oldindan belgilangan muddatga ko’chishini bildiradi. Masalan, ko’pchilik ishchilarning kam sonli aholi yashaydigan hududlarga shartnoma bo’yicha bir necha yil ishlash uchun ko’chishi vaqtinchalik migratsiya hisoblanadi.