Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 13 | 2023 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2023
42 Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10
baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish” belgilangan [1].
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kunda raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlarni
saqlash, qayta ishlash va uzatish iqtisodiyot tarmog‘ida asosiy o‘rinni egallamoqda.
Odatiy ish yuritish bilan taqqoslaganda katta miqdordagi ma’lumotlarni saqlash, qayta
ishlash, uzatish va tahlili turli xil tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, sotish hamda
yetkazib berish imkoniyatini beradi. Raqamli iqtisodiyot alohida tarmoq emas, aslida,
u “bilimlar iqtisodiyoti”ga asoslangan zamonaviy jamiyat va uning faoliyat sohalari
rivojlanishining yangi tayanchi, turmush tarzidir. Axborot asosiy iqtisodiy resursga
aylanib bormoqda, uni olish, saqlash va tarqatish jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin
tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston - 2030”
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi
Farmonida “Mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning amaliy masalalarini
hal
qilish hamda
axborot
texnologiyalari
sohasidagi
qonun hujjatlarini
takomillashtirish jarayonida samarali va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish” [2]
dolzarbligi belgilangan. Chunki raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, albatta, huquqiy
tomondan aniq meyyorlar asosida mustahkamlab qo‘yilishi lozim. Respublikamizning
mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlarida muhim omildir.
Raqamli texnologiyalar yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanishiga
ta’sir ko‘rsatmoqda, ular umumiy va ularning alohida elementlari bilan yuqori
darajadagi bog‘liqlik va o‘zaro ta’sir bilan ajralib turadi. Raqamlashtirish tufayli
masofalar insoniyat tarixida har qachongidan ham ko‘proq darajada iqtisodiy
subyektlar o‘rtasida yangi aloqalarni shakllantirishga to‘sqinlik qilishdan to‘xtadi. Bu
ta’sirni XIX-XX asr boshlarida dengiz, temir yo‘l va havo transportining rivojlanishi
bilan taqqoslash mumkin. Tashishning yangi usullari paydo bo‘lishi tufayli tovarlarni
yetkazib berish masofasi qisqardi. Postindustrial dunyoda bu ta’sir axborot eng muhim
rollardan birini o‘ynay boshlagan telekommunikatsiya texnologiyalarining joriy
etilishi tufayli namoyon bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash
kerakki, raqamli iqtisodiyotda ishlash uchun bilim va ko‘nikmalarga yuqori talablar
qo‘yiladi. Bundan tashqari, raqamlashtirish sharoitida iste’mol funksiyasi fuqarolardan
ma’lum noyob vakolatlarni talab qiladi.[9]
Axborot shaffofligi va tarmoq markazlashtirilmagan tuzilmalar sharoitida davlat
axborot sohasini boshqarish monopoliyasini yo‘qotadi, buning natijasida u iqtisodiyot
va jamiyatni boshqarish resursini qisman yo‘qotadi. Shubhasiz, kelajakda axborot,
boylik va resurslardan tezroq va samarali foydalana oladigan mamlakatlar, jamoalar va
odamlar eng katta kuchga ega bo‘ladilar.