Raqamli iqtisodiyot va uning moliyaviy texnologiyalar bilan aloqasi


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 76,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü76,4 Kb.
#206727
1   2   3   4   5   6   7
39-45

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 13 | 2023
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2023 
41
 
tarbiyalash, bu ulug‘ zaminda takror va takror mutafakkirlar, zabardast olimlar yetishib 
chiqishiga sabab bo‘ladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda: “Uyg‘onish davri 
baribir bo‘ladi, o‘shanda yangi Ulug‘beklar dunyoga keladi…” 
Davlatimiz rahbarining uzoqni ko‘ra bilishlari va kelajakdagi yuksak marralarga 
erishish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish ortidan yuz berishini teran anglab, raqamli 
iqtisodiyotsiz milliy iqtisodiyotning kelajagi yo‘q ekanligini ta’kidlashlari, xususan, 
hokimlar faoliyatiga baho berishning yangi mezoni sifatida raqamlashtirish qay 
darajada yo‘lga qo‘yilganligini belgilab berishlari bejiz emas. 
Yana bir muhim jihati, avvalo aholi eng ko‘p to‘qnash kelayotgan sohalarni 
raqamlashtirish, odamlarning og‘irini yengil qilishga ustuvorlik qaratish lozimligiga 
alohida e’tibor berilyapti. Shu maqsadda sog‘liqni saqlash, kadastr, ijtimoiy himoya, 
qishloq xo‘jaligi, ta’lim yo‘nalishlarini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan 
loyihalar belgilab olindi. Xususan, “elektron poliklinika”, “elektron kundalik”, 
“elektron darslik”, “o‘qituvchilarni baholash” tizimlarini barcha hududlarda joriy etish 
ana shular jumlasiga kiradi. 
Xalqimiz kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarni sezar ekan, avvalambor
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonchi va rag‘bati ortadi. 
Buning natijasida, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda faollik kuzatiladi, Yurt 
ravnaqi yo‘lida dahldorlik hissi ortadi, faol fuqarolik pozitsiyasi mustahkamlanadi. 
Albatta raqamli iqtisodiyot jamiyatda muayyan o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi
xususan, uning mehnat sharoitlariga ta’siri sezilarli bo‘ladi. Raqamli transformatsiya 
sharoitida avtomatlashtirish jarayonlarining kuchayishi, sun’iy intellekt, ulkan 
ma’lumotlar bilan ishlaydigan analitik tizimlar, robotlardan foydalanish ko‘lamining 
ortishi mehnat resurslari uchun o‘rinbosar bo‘lib xizmat qiladi. Natijada biznes yuritish 
sharoitlari takomillashib va samaradorlik sezilarli darajada ortadi. 
Mazkur yo‘nalishni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot 
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida “Raqamli iqtisodiyotni asosiy 
“drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan 
ishlarni olib borish” masalasi belgilangan [1].
Bunda “Raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali barcha aholi 
maskanlarini va ijtimoiy obyektlarni hamda magistral avtomobil yo‘llarini keng 
polosali ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish.
Iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish 
va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026-yil yakuniga qadar 70 
foizgacha oshirish. 



Yüklə 76,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin