66.Blokcheyn tamoyillari nimadan iborat?
Blokcheyn asosiy tamoyillari:1) markazlashtirmaslik va taqsimlangan saqlash;
2) xavfsizlik va himoyalanganlik;
3) ochiqlik va oshkoralik;
4) yozib olingan o‘zgarmasligi.
67.Qanday blokcheyn turlari bilasiz?
1) Ommaviy blokcheyn (Public Blockchain) – ochiq va to‘ldirilgan ma’lumotlar bazasi. Ushbu
turdagi blokcheyn Bitcoin kripotovalyutada qo‘llaniladi. Har bir ishtirokchi ma’lumotlarni
yozishi va o‘qishi mumkin.
2) Xususiy blokcheyn (Private Blockchain) - ma’lumotlariniyozish / o‘qish uchun cheklovlarga
ega. Ustuvor tugunlarni o‘rnatish mumkin. Xususiy kichik turi – eksklyuziv (noyob) blokcheyn
hisoblanadi. Ushbu zanjirda tranzaktsiyalarni qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan shaxslar
guruhi tuzilgan.
3) Konsorsium blockchain. U bir nechta kompaniyalar yoki, masalan, davlat idoralari
o‘zlarining yopiq tarmog‘iga muhtoj bo‘lgan holatlarda yaratilgan. Bu erda tarmoq teng
sharoitlarda bir nechta tugunlar tomonidan boshqariladi - ularning asosiy zanjirdagi
ma’lumotlar bloklarini tekshirish va yozish uchun o‘zlarining kelishuv parametrlari, shuningdek
tarmoqqa kirish parametrlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: