Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi Javob



Yüklə 295,49 Kb.
səhifə54/80
tarix26.12.2023
ölçüsü295,49 Kb.
#197845
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80
Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi Javob-hozir.org

Big Data texnologiyalari
    1. Kalit so’z: kata ma’lumotlar




Javob:Big data(katta ma'lumotlar) - juda katta hajmdagi bir jinsli bo'lmagan va tez tushadigan raqamli ma'lumotlar bo'lib, ularni odatiy usullar bilan qayta ishlab bo'lmaydi. Ba'zi hollarda, katta ma'lumotlar tushunchasi bilan birga shu ma'lumotlarni qayta ishlash ham tushuniladi. Asosan, analiz obyekti katta ma'lumotlar deb ataladi.
Big data atamasi 2008-yilda dunyoga kelgan. Nature jurnali muharriri Klifford Linch dunyo ma'lumotlar hajmining juda tez sur'atda o'sishiga bag'ishlangan maxsus sonida big data atamasini qo'llagan. Biroq, katta ma'lumotlar avval ham bo'lgan. Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gb dan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga big data deb aytilar ekan.
Katta ma'lumotlarni analiz qilish, inson his etish imkoniyatidan tashqarida bo'lgan qonuniylatlarni aniqlashda yordam beradi. Bu esa kundalik hayotimizdagi barcha sohalar, hukumatni boshqarish, tibbiyot, telekommunikatsiya, moliya, transport, ishlab chiqarish va boshqa sohalarni yanada yaxshilash, ularning imkoniyatlarini oshirish, muommolarga muqobil yechimlar izlab topish imkonini yaratadi.


  1. Raqamli platformalar
      1. Kalit so’z: raqamli korxonalar




Javob:Tashqi savdo operatsiyalari hajmini oshirish, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekistonda yangi va zamonaviy omborlar hamda logistika markazlari qurilishiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, transport va logistika sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadida O‘zbekiston logistika uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ko‘magida "O‘zbekiston omborlari va logistika markazlari" raqamli platformasi yaratildi. (www.skladi.uz)
Raqamli platformaning asosiy vazifasi milliy va xorijiy savdo va investitsiya kompaniyalari tomonidan O‘zbekiston ombor va logistika markazlari xizmatlariga bo‘lgan talabning tobora ortib borayotganini qondirishdan iborat.
"O‘zbekiston omborlari va logistika markazlari" raqamli platformasi respublika hududida mavjud omborlar va logistika markazlarining joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu platforma orqali O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tadbirkorlari tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha ombor yoki logistika markazi (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika, farmatsevtika mahsulotlari va h.k.) ixtisoslashuvi, shuningdek, yopiq va ochiq omborlar hududida bo‘sh joylar, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va tez buziladigan tovarlar uchun muzlatgichli omborlar mavjudligi to‘g‘risida bepul ma’lumot olishi mumkin.
Ushbu platforma omborlar va logistika markazlari egalari va o‘z mahsulotlarini joylashtirish hamda saqlash uchun bo‘sh joylarni qidiradigan tadbirkorlar manfaatlariga teng xizmat qiladi.
Shu bilan birga, "maxsus takliflar" alohida funksiyasi mavjud bo‘lib, omborlar, ombor uskunalari, yuklash va tushirish uskunalarini sotish, ijaraga olish va sotib olishni, shuningdek, saqlash uchun arizalarni qabul qilishni nazarda tutadi.




  1. Yüklə 295,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin