Raqamli texnologiyalarni raqamli iqtisodiyotni shakllantirishga ta’siri
Kalit so’z: raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi
Рақамли иқтисодиётнинг ривожланишини бошқа афзалликлари қуйидагича бўлиши мумкин: - ишлаб чиқаришда меҳнат самадорлигини ошиши;
- компанияларнинг рақобатбардошлигини ўсиши;
- ишлаб чиқаришдаги ҳаражатларнинг камайиши;
- янги иш ўринлари яратилиниши;
- янги замонавий касблар пайдо бўлиши;
- камбағалликни енгиш ва ижтимоий тенгисизликни юқолиши
Mamlakat iqtisodiyoti uchun foyda:
1.Ijtimoiy ahamiyatga molik kapital, mehnat va bilim sig‘imi katta bo‘lgan vazifalarni hal qilish
2.Meritokratiya
3.Kraudsorsing mahsulot/xizmat/loyihasiga qo‘shimcha talab iste’molning o‘sishiga olib keladi
4.Jamiyat a’zolarida innovatsion fikrlash rivojlanadi
5.Innovatsiyalar tezlashuvi ro‘y beradi
Iqtisodiyotning turli sohalarida Blokcheyndan foydalanish
Kalit so’z: Blokcheyn, tuzilishi Блокчейн тузилиши-
Blokcheyn (bloklar zanjiri) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, unda ma’lumotlar saqlash qurilmalari umumiy serverga ulanmagan bo‘ladi. Bu ma’lumotlar to‘plami bloklar deb ataladigan va tartibga solingan qaydlar doimiy o‘sib boradigan ro‘yxatda saqlanadi. Har bir blok vaqt belgisiga va bundan oldingi blokka havolaga ega bo‘ladi. Shifrlashni qo‘llash shuni kafolatlaydiki, foydalanuvchilarning ularsiz faylga yozuv kiritish imkoni bo‘lmydi, yopiq kalitlarmavjudligi esa bloklar zanjirlarining ma’lum bir qisminigina o‘zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, shifrlash barcha foydalanuvchilarda bloklar taqsimlangan zanjirlari nusxalarini sinxronlashtirishni ta’minlaydi..Har bir kishi internetda axborot joylashtirishi, so‘ngra boshqa odamlar unga dunyoning istalgan nuqtasidan turib ulanish imkoniga ega bo‘lishi mumkin. Bloklar zanjirlari blokcheyn fayli yoki qandaydir qadriyatlar ochiq bo‘ladigan dunyoning istalgan nuqtasiga ma’lumotlar jo‘natishga imkon beradi. Biroq sizda faqat siz «egalik» qiladigan bloklarga kirish imkonini berish uchun kriptografik algoritm bo‘yicha yaratilgan yopiq kalit bo‘lishi lozim. Yopiq kalitni kimgadir berar ekansiz, mohiyatan bu shaxsga bloklar zanjirining mos keluvchi bo‘limida saqlanadigan pul mablag‘larini bergan bo‘lasiz.Bitkoinlar holatida, kalitlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qiymatni ifodalaydigan valyutadagi ayrim summalar saqlanadigan manzillarga ulanish uchun foydalaniladi. Xuddi shu bilan mablag‘larni o‘tkazishni qayd qilish funksiyasi amalga oshiriladi.Bundan tashqari, yana bir muhim funksiya –ishonchli munosabatlar o‘rnatish va shaxsning haqiqiyligini tasdiqlash amalga oshiriladi, chunki mos keluvich kalitlarsiz bloklar zanjirini hech kim o‘zgartira olmaydi. Tegishli kalitlar bilan tasdiqlanmagan o‘zgarishlar esa rad qilinadi. Albatta, kalitlar (jismoniy valyuta kabi) nazariy jihatdan o‘g‘irlanishi mumkin, lekin kompyuter kodining bir nechta satrini himoya qilish odatda katta harajatlar talab qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |