Bitkoinkriptovalyutasi va boshqa kriptovalyutalar
Kalit so’z: bitkoin, efer, riple
Javob: 2009-yillarda Satoshi Nikamoto(2008 yil 31 oktyabrida «Birkoin – electron to’lovlarga mos raqamli tizim» («Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System») deb nomlangan maqolasi) deb nomlangan shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan murakkab kriptografik matematik hisob-kitoblar natijasida ishlaydigan yangi elektron to’lov tizimini ommaga taqdim etildi. Bunday to’lovlarni amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligining nomi esa bitkoin deb ataldi. Ushbu bitkoin valyutasi o’zaro hech qanday vositachilarsiz (bank yoki boshqa moliyaviy instrumentlarsiz) to’lovlarni bevosita ishtirokchilar orasida amalga oshirilishini ta’minlovchi to’lov tizimi valyutasidir. Bunda nazorat qiluvchi organlarsiz, tangalarning haqiqiyligini murakkab matematik algoritmlar asosida tasdiqlanadigan tizim amal qilgan holda ishtirokchilarning har biri ushbu bitkoin tangalarini emissiya qilishi ham mumkin.
Litecoin (Laytkoyn) deb nomlangan kriptovalyuta dunyodagi eng ommalashgan kriptovalyutalar turlaridan biri hisoblanadi. Litecoinning maxsus yaratilgan saytida uni ko’pincha «raqamli valyuta» deb ham ataylaydilar. Litecoin uni yaratuvchilar tomonidan asosiy raqamli valyuta bo’lgan Bitcoinning evolyutsiyasi hisoblansada, undan ancha-muncha farq ham qiladi. 2013 yilning 11 dekabri xolatiga ko’ra BTC-E birjasida 1 LTC taxminan 33 AQSh dollariga teng hisoblangan. Laytkoinlar pul almashtirish shaxobchalarida bitkoinga yoki oddiy pullarga almashtirilishi mumkin. Undan tashqari, kriptovalyutalar turli xil tovar va xizmatlarni sotib olish uchun ham ishlatilishlari mumkin (agarda sotuvchilar bunga rozi bo’lsalar, albatta). Litecoin (https://litecoin.org) – kapitalizatsiyasi 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kriptovalyuta.
Raqamlibiznes
Kalit so’z: Elektron tijorat, raqamli biznes
JAVOB:Raqamli biznes - bu jismoniy va raqamli olamlarni bog'laydigan yangi biznes modellarini ishlab chiqishdir »(Gartner Group).
IoT texnologiyalari, katta ma'lumotlar, sun'iy intellekt, mashinasozlik va boshqa raqamli texnologiyalarning ko'payishi biznes modellarining quyidagi toifalarini ishlab chiqishga olib keldi:
sotuvchilar, xaridorlar va etkazib beruvchilar hamkorlari o'rtasida to'g'ridan -to'g'ri o'zaro ta'sirni ta'minlaydigan raqamli platformalar, tranzaktsiya xarajatlarini minimallashtirish va tovarlar va xizmatlarni birgalikda iste'mol qilish imkoniyatlarini kengaytirish.
Dostları ilə paylaş: |