Raqamli texnalogiyalar Reja: 1. Raqamli texnologiyalar haqida malumot
Sun'iy intellect tushunchasi
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish eng ustuvor vazifa sifatida ham ko‘rsatilgan edi. Bu borada “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan, 2020-2021 yillarda joriy etiladigan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro‘yxati, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, 2020 yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati, 2021- 2023 yillarda istiqbolli axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi.Dasturning asosiy vazifasi etib shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha ob’ektlari, ishlab chiqarish, yo‘l transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish va keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlarida tatbiq etish belgilandi. Raqamli texnologiyalar shaharlarni boshqarish tizimini yangi bosqichga ko‘taradi: nafaqat vaqt va mablag‘larni keskin sarflaydi, shu bilan birga keng aholini jamg‘arishga imkon yaratadi. So‘nggi yillarda dunyoda “Raqamli shahar” konsepsiyasi ommalashmoqda — o‘ta zamonaviy, yangi qiyofaga ega shahar. Agarda biz ham shaharlarimizni zamonaviy tendensiyalarga mos rivojlantirmoqchi bo‘lsak, aholi va mehmonlarimiz uchun qulay shart-sharoit yaratmoqchi bo‘lsak, mazkur masala biz uchun dolzarb ahamiyatga ega. Avvalombor raqamli iqtisodiyot o‘zi nima ekanligini yaxshilab tushunib yetishimiz lozim. Raqamli iqtisodiyot bu raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hisobiga mehnat unumdorligi va mahsulotning raqobatbardoshligiga, ishlab chiqarish xarajatlarini pasayishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi. Qayerda “Raqamli iqtisodiyot” va “Elektron hukumat”ga o‘tilgan bo‘lsa, odamlarning og‘iri yengil bo‘layotgani, davlatning katta-katta sarf-xarajatlari tejalayotgani, korrupsiyaning oldi olinayotgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Shu tajribadan kelib chiqib, poytaxtimizning o‘ta zamonaviy makonga aylanish, iqtisodiy va turistik salohiyatini o‘stirish maqsadida “Raqamli Toshkent” nomli yirik va ko‘p tarmoqli loyihalar ishlab chiqildi. Mazkur tizimini joriy etish, uni sinovdan o‘tkazib, boshqa hududlarga esa tayyor dasturiy ta’minotlarni yetkazib berish rejalashtirilmoqda. Telekommunikatsiya infratuzilmasi 2 yil mobaynida barcha 1,5 mingdan ziyod ijtimoiy soha ob’ektlari (maktab, bog‘cha va sog‘liqni saqlash) yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash ishlarini yakuniga yetkazishi rejalashtirilgan. Davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, barcha davlat muassasalarini yuqori tezlikda ma’lumot uzatish tarmog‘iga ulash, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlash keng ishlar olib boriladi. “Raqamli Toshkent”, shubhasiz, o‘ta yirik yuqori moliyaviy va inson manbalarni talab etadigan loyihadir. Va bu jarayonlarga nafaqat hukumat, sherikchilik asosida aholini va xususiy tadbirkorlarni ham joriy etilishi nazarda tutilgan. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur loyihani birgalikda amalga oshirishi ahilligimizni kuchaytiradi, fuqarolarimizni ijtimoiy hayotda va O‘zbekiston ravnaqiga, Toshkent rivojiga hissa qo‘shishda faolligini yanada oshiradi. Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tabiiyki, boshqa sohalarda bo'lgani singari kabi paqamli texnologiyalarni soliq ma'murchiligida joriy etish ham uning faoliyatini tubdan o'zgartirmoqda. Bu nafaqat soliq to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi munosabatlar bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki deklaratsiyalarni taqdim etishdan tortib, to soliqlarni to'lash va ma'lumotlarni saqlash usullarigacha ham yangilikliklar kirityapti. Xususan, tizimda yagona elektron platformani yaratish orqali ma'lumotlarni kiritish, to'plash, shakllantirish, tahlil qilishning zamonaviy uslubi yo'lga qo'yildi. Buning natijasida soliq hisobotlarini topshirish jarayoni 5-7 barobarga qisqardi. Ayni kezda 112 guruh va 1348 tovar va xizmatlar sinfidan iborat bo'lgan O'zbekiston Respublikasi tovarlar va xizmatlarning yagona elektron tasniflagichi uchun veb-portal joriy qilingan. Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodlari yordamida 900 mingdan ortiq elektron hisob-fakturalar yaratilgan. Elektron hisobvaraq-fakturalarning keng joriy etilishi soliq ma'murchiligini yaxshilashga olib keldi. O'tgan yilning ikkinchi yarim yilligida ushbu elektron tizim orqali 798,4 trillion so'mlik tovar aylanmasi soliq bazasiga kiritildi yoki bu ko'rsatkich birinchi yarim yillikka nisbatan 3,5 baravarga oshdi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib boryapti va har bir sohada zamon bilan hamqadam odimlashni taqozo etadi. Masalan, sun'iy intellekt texnologiyacini joriy etish soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlarini aniqlash, firibgarliklarni oldini olish, ma'lumotlarni tahlil qilish va takporlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish hamda shaffoflikni oshirishda qo'l kelsa, katta hajmli ma'lumotlar — Big data esa soliq organlariga kelib tushadigan katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tushumlarni yanada yaxshiroq bashorat qilish hamda to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi hujjat almashinuvini yaxshilash imkoniyatini beradi. Endi esa qisqacha sun’iy intellect va big data haqida gaplashamiz.