Boshqaruvchilik fani haqida subyektiv fikrlar va “O`zbekona Menejment”;
Institutga qo`yilgan ilk qadam va dastlabki amalga oshirilgan ishlarimiz;
AndMi, “Yoshlar ittifoqi, boshlang`ich tashkiloti” faoliyati va bizning shu tashkilotdagi “yetakchilik” faoliyatimiz;
Takliflar;
Xulosa.
Boshqaruvchilik
Boshqarish, boshqaruvchilik so`zlari bilan ifoda etiladigan fanning tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, bu fan tarixi uzoq o`tmishga borib taqaladi. tarixiy manbaalarga qaraganda shuni anglab yetishimiz mumkinki, antik davrda ham boshqaruvchi odamlar, yetakchilar bo`lganligiga guvohi bo`lamiz. u davrlarda tirikchilik maqsadida ov qilish uchun yo`lga chiqqan jamoalarda ham dovyurak, jasur va boshqa odamlarga qaraganda aqli teranroq inson to`da va qabilaga boshchilik qilgan. butun to`da yoki qabila shu odamga ergashgan va uning qarorlarini vazifa o`laroq bajargan.
Oradan ancha asrlar va vaqtlar o`tdi 14-15 asrlarga kelib, sarkardalar va qo`mondonlar boshqaruvchilik va qaror qabul qilish ilmini puxta egallay boshladilar. Uzoq yerlarga nazar tashlamay o`zimizning diyorlar tarixidan kelib chiqib aytadigan bo`lsak, yuqoridagi talablarga javob bera oladigan va shu ilmni (boshqaruvchi va yetakchilikni) mohirona egallagan va o`z hayotida bularni tadbiq qilgan sarkarda shaksiz Sohibqiron Amir Temur edi…

Amir Temur o`zining boshqaruvchilik nahorati va vaziyatga qarab aqliy qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega bo`lganligi uchun dunyo yerlarining uchdan ikki qismini egallashga muvaffaq bo`ldi. Tarixiy manbaalarga yozilishicha, uning askarlari soni yuz ming tadan ziyodroq edi… Temur dunyo odamlarini haq din, dini Islom yo`lida birlashtirish istagida bo`lgan. Amir Temur hayotidagi mamlakat boshqaruvi va yetakchilik faoliyatini o`zining “Temur Tuzuklari” asarida yozib qoldirgan. Bu qo`llanma hozirga qadar “Boshqaruvchilik” fanining muhim manbaalaridan biri hisoblanadi.