Talmud. Talmud (qad. yahud. tilida lameyd - o‘rganish) miloddan avvalgi IV asrlarda vujudga kelgan va yozma Toradan farqli o‘laroq, avloddan-avlodga og‘zaki ravishda o‘tib borgan. SHuning uchun Torani yozma qonun, Talmudni esa og‘zaki qonun deb yuritilgan. Talmud Mishna va Gemara kitoblari majmuasi bo‘lib, Mishna ravvinlar tomonidan Tavrotga yozilgan sharhlar, Gemara esa Mishnaga yozilgan sharhlardan iborat. Talmudning Falastin (O‘rshalim) va Vavilon (Bavliy) nusxalari mavjud. O‘rshalim Talmudi eramizning III asrlarida Bavliy talmudi eramizning V asrida tahrir qilingan.
Unda ilgari yahudiylar uchun noma’lum bo‘lgan o‘ziga xos esxatologik (ya’ni oxirat, qiyomat, marhumlarning tirilishi, u dunyodagi ajr va jazo) tasavvurlar o‘z aksini topgan. Talmudda yahudiylikning marosimlari, urf-odatlari aniq bayon etilgan bo‘lib, ular 248 ta vasiyat va 365 ta taqiqni o‘z ichiga oladi. SHuningdek, unda qadimiy yahudiylar orasida din, partiya, guruhlar (saduqiylar, farziylar, esseylar)ning kelib chiqishi haqida tarixiy ma’lumotlar keltirilgan. Unda bayon etilgan diniy qonun-qoidalar, aqidalar, ko‘rsatmalar yahudiy dinining asosini tashkil etadi.
Yahudiy marosimlari va bayramlari. Yahudiylar o‘zlarining Yahvega nisbatan sodiq ekanliklarini isbotlash uchun bir necha rasm-rusumlarni ijro etadilar. Ular yillik va kunlik ibodatlardan, bayramlardan, marosimlardan iborat. Ibodat uyda ham sinagogada ham birday olib boriladi. Yahudiylar sinagogasining sharqiy tomonida Toraning nusxalari saqlanadigan sandiq va Ravvin uchun minbar qo‘yilgan. Ayollar erkaklardan alohida ibodat qilishadi. Sinagogada ibodat xor shaklida olib boriladi.
Yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalar sakkizinchi kuni xatna qilinadi. Yahudiylikda bir necha tur oziq-ovqatlar, asosan cho‘chqa, quyon, qo‘shoyoq, tuya, yaxlit tuyoqlilar, o‘laksaxo‘r qushlar kabi ba’zi hayvon go‘shtlarini eyish taqiqlanadi.Yahudiylikda koplab diniy marosim va bayramlar bolsada ular ahamiyati jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bu bayramlar 353, 354 yoki 355 kunni tashkil etadigan 12 oydan iborat mil.avv 3761-yilda dunyo yaratilgandan boshlanadigan yahudiylik yil hisobiga qatiy rioya qilgan holda otkaziladi. Yahudiylarda Rosh Ashona, Yom Kipur, Pesax, Shavuot, Sukkot, Simxa Tora, Purim, Xanuka va boshqa shu kabi diniy va milliy bayramlardan iborat.
Rosh Ashona Rosh Ashona (ibroniycha yil boshi). Yahudiy milliy taqvimiga kora yangi yil bayrami tishre (sentabr-oktabr) oyining 1-2-kunlarida nishonlanadi. Yahudiylik talimotiga kora, bu kunda ilk inson Odam yaratilgan va shu kunda Xudo tomonidan berilgan taqiqni buzib, jannatdan chiqarilgan. Bu insonga chiqarilgan ilk hukm edi. Shu-shu mazkur kunda Xudo bandalari ustidan hukm chiqaradi. Masalan, yangi yilda kimning vafot etishi va kimning yashashi olim yoki hayot kitoblariga yoziladi. Biroq, mazkur kunlarda oyin-kulgu qilinmay, 10 kun davomida istigfor aytib, ibodat qilish orqali yuqoridagi holatlarni ozgartirish mumkin. Bu bayram yahudiylar uchun poklanish bayrami hisoblanib, ular qurbonlik qilingan qochqor shoxidan yasalgan surnaylarni chaladilar, gunohlari qolmasligi uchun chontaklarini tontarib yaxshilab qoqadilar.
Yom Kipur.On kun davom etgan Rosh Ashonaning oxirgi kunida Yom Kipur bayrami nishonlanadi. Bu kuni hech qanday ish qilinmay, faqat ibodat bilan mashgul bolinadi. Rosh Ashona va Yom Kipur bayramlari ortasida yahudiylar roza tutadilar. Roza kunlari ular yuvinmaydilar, yalangoyoq, eski-tuski kiyimlarga oranib yuradilar. Sinagogada nadomatlar bilan yiglab tavba qiladilar. Ularning etiqodiga kora, Rosh Ashonada rejalashtirilgan insonning bir yillik taqdiri Yom Kipurda qilingan ibodat va tavbasiga qarab belgilanadi. Yom Kipur
Pasxa. Pasxa. Yahudiylarning yillik bayramlari ichida eng etiborlisi Pesax (Pasxa) bayramidir. Bu bayram xristianlarning pasxasidan farqli olaroq, yahudiylarning Misrdagi qullikdan qutulib chiqqanlari munosabati bilan nisan (mart-aprel) oyining on beshinchi kunidan boshlanib, sakkiz kun davom etadi. Bu kunlarda hamirturishsiz non matsa istemol qilinadi. Buni tanavvul qilish bilan har bir yahudiy ota-bobolarining Muso boshchiligida chekkan mashaqqatlarini his qiladi, deb hisoblanadi. Qadimiy yahudiylarda Pasxa deb qozichoq goshti va vinodan iborat kechki ovqatga aytilgan. Xudo Misrdagi yahudiy bolmagan godaklarni qirib tashlashga qaror qilganda ular oz uylarini peshtoqini osha qoni bilan boyab ozlarini yahudiy ekanliklarini bildirganlar.
Shavuot Shavuot. Pasxadan keyingi 50-kuni yahudiylar Shavuot (Shevuot ) bayramini nishonlaydilar. Ikki kun davom etadigan Shavout bayrami ibroniycha Sheviot yani haftalar degan manoni bildiradi.Bu bayram dastlab dehqonchilik bayrami bolgan, keyinchalik Sinay togida Musoga Xudo tomonidan Tavrotning berilishini nishonlab otkaziladigan bayramga aylangan.
Sukkot Yahudiylar Misrdagi qullikdan ozod bolganlaridan song cholda chodirlarda kun kechirganlarini xotirlab otkaziladigan Sukkot yani Chodirlar bayramidir. Qadimda yahudiylar bu marosim kunlarida Quddusga ziyoratga borganlar. Bugunga kelib bu anana tusidan chiqqan. Sukkot tishre oyining 15-kunidan boshlanib, 7 kun davom etadi. Yahudiylar bu muddat davomida ananaviy ravishda oz uylarining oldiga chodir quradilar.
Simxa Tora Har yili bir marta Tavrot oqib chiqilib, oxirida sukkot boshlanishining 9- kuni hatm bayrami Simxa Tora (ibroniycha Tavrot quvonchi) nishonlanadi. Har bir yahudiy honadonida Tavrot bolib, unga nisbatan hurmat hamma narsadan ustun turadi. Biror yigilishda Tavrot yerga tushirib yuborilgudek bolsa, u yerda bo;lganlarning barchasi kafforati evaziga ottiz kun roza tutishlari shart bolib qoladi.
Yahudiylarning yillik bayramlari ichida eng e’tiborlisi Peysax (Pasxa) bayramidir. Bu bayram xristianlarning pasxasidan farqli o‘laroq, yahudiylarning Misrdagi qullikdan qutulib chiqqanlari munosabati bilan nishonlanadi. Qadimiy yahudiylarda Pasxa deb qo‘zichoq go‘shti va vinodan iborat kechki ovqatga aytilgan. Xudo Misrdagi yahudiy bo‘lmagan go‘daklarni qirib tashlashga qaror qilganda ular o‘z uylarining peshtoqini o‘sha qoni bilan bo‘yab o‘zlarini yahudiy ekanliklarini bildirganlar.
Yahudiylar pasxa bayramidan keyingi etti kun davomida tuzsiz, xamirturushsiz patir – masa eydilar. Masani eyish bilan har bir yahudiy Muso boshchiligidagi o‘z ota-bobolarining chekkan mashaqqatlarini his etadi. Bu bayram yahudiylarning quyosh-oy kalendarining Nison oyining 14 kuni (aprel oyining o‘rtalariga to‘g‘ri keladi) nishonlanadi.
Dostları ilə paylaş: |