Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Yüklə 70,21 Kb.
səhifə3/3
tarix24.10.2023
ölçüsü70,21 Kb.
#160376
1   2   3
1-MUSTAQIL ISHI PP


Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo`ladi. Anglab bo`ladigan va anglab bo`lmaydigan, tabiiy yoki madaniy, moddiy yoki ma`naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy - shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tug`diradi.

Agar hayvonlarni xatti - harakatlari bevosita tevarak - atrofdagi muhit bilan belgilansa odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlabok butun insonning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti - harakatning bu tipi shunchalik o`ziga xoski, uni atash uchun psixologiyada “faoliyat”degan maxsus termin qabul qilingan. Faoliyat deb, shaxsning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun ko`rsatadigan jismoniy va psixik (ruxiy) faolligiga aytiladi. Inson faolligining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatni mazmuni, ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o`zi bilangina belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag`batlantirib tursa, faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.

2. Faoliyatning tarkibi


Inson faoliyati juda xilma - xildir: mehnat, pedagogik, badiiy - ijod, ilmiy - tadqiqot faoliyatlarini kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, faoliyat tashqi ongli dunyoni ongli psixik aks ettirilishida namoyon bo`ladi. Har qanday faoliyatda inson o`z harakatlarini maqsadini anglaydi, kutilayotgan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi, bajariladigan harakat tartibini o`ylaydi, irodaviy zo`r beradi, faoliyatning borishini kuzatadi, muvaffaqiyat va mag`lubiyatni o`ylaydi.

Faoliyat - bir tomondan, shaxsning rivojlanishi va sifatlarining namoyon bo`lish sharoiti, ikkinchi tomondan shu faoliyat sub`ekti bo`lgan shaxsning taraqqiyot darajasiga bog`liqdir. Barcha faoliyat turlari tarkibida uchta tarkibiy qismni maqsad - motiv - harakatni ajratish mumkin. Maqsad - inson faoliyati so`nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo`ladi va ehtiyojlarni amalga oshirilishidir. Motiv - kishini faoliyatga undaydi va o`nga mazmun baxsh etadi. Ish-harakat - galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi - ko`pmi uzoq yoki yaqin bo`lishi mumkin. SHuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tug`iladigan qator juz`iy maqsadlar izchillik bilan hosil qilishdan iborat bo`ladi. Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o`zgartirishga qaratilgan harakatlarni ish - harakat (sa`i - harakat) deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan istagan bir ish makon va zamon bilan bog`liq bo`lgan ma`lum harakatlardan tashqil topadi. Masalan, “A”, “I” harflarini yozishdagi harakatlar bir - biridan farq qiladi. Odamning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni ko`rsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda ko`p va rang - barangdir. SHunday bo`lsa ham, odatda ular uchta sodda elementlardan tashqil topgandir: “olmoq”, “joyini o`zgartirmok”, “qo`yib yubormoq”, bu harakatlar odamning tanasi, oyoqlari va boshi bilan qilinadigan yordamchi harakatlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshi-ruvchisi. Demak, shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo'lib, ong­li faoliyat bilan shug'ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o'z o'rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug'ma va hosil qilin-gan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti-harakatlarning miqdoriy va sifat o'zgarishi jarayonidir. Shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar quyidagi shaklda aks ettirilgan.
Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o'ynaydi. Uning shakllanishi faoliyatdan tashqarida bo'lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos boiadi. Pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat — o'yin, mehnat, o'qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Inson-ning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta'lim-tarbiyaga bog'lab o'rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to'g'ri kel-maydi. Chunki, ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o'zi ham faol ishtirok etadi.

Yüklə 70,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin