Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Yüklə 70,21 Kb.
səhifə1/3
tarix24.10.2023
ölçüsü70,21 Kb.
#160376
  1   2   3
1-MUSTAQIL ISHI PP


RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
“TT”FAKULTETI
RI 11-21 GURUH TALABASINING



PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA
Fanidan
1-MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Ergashev A.
Tekshirdi: Daminova M.
MAVZU: Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrning xususiyatlari
Reja:

1. Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrning xususiyatlari.

2. Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari

3. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?

4. Tarbiyada oilaviy munosabatlar

5. Faoliyat- shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida.

Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrning xususiyatlari

Shaxs – psixologiya fanining asosiy ilmiy tushunchalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. SHaxsning nimaligini tushunish va uning ruhiy tuzilishini ta’riflash imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani «inson individ shaxs individuallik» qatorida ko‘rib chiqamiz.

Inson o‘ta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda, aniqrog‘i, ko‘plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur faylasuflaridan biri Yurgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni: tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim», individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni taklif etdi.

Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat olami. Bu fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga muvofiq faoliyat olamidir.

Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy vositasi jismli faoliyat bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va o‘ziga nisbatan munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va yo‘nalishini anglash uchun insonning olamda tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur. Insonga shaxs sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan o‘rni bilan aniqlanuvchi jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir. Insonni biologik organizm, tur birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, shaxsni o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi .

Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi va bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u holda inson mavjud bo‘la oladigan keyingi – bu «mening» ichki olamim dunyosiga murojaat qilamiz. Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish, u yoki bunga shaxsiy tegishlilik, boshqa odamlar bilan mavjudlikning «hodisaviyligi» bilan to‘la. Bu dunyoga jismli faoliyat o‘z shaklini o‘zgartirgan holda oddiy holatdagi foydali faoliyat, shaklini yo‘qotgan jismli harakat bo‘lib emas, balki, «shaxsiy» faoliyat, ijodiyot sifatida kiradi, ijtimoiy hulq-atvor esa «mening» dunyosiga shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki dunyosiga yaqinlashish, boshqalarga o‘zini ochishning vositasi, o‘zini namoyon etish sifatida kirib keladi. «Mening» dunyosida unga xos bo‘lgan maxsus faoliyat turlari: o‘yin, san’at, din, ichki dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo‘ladi.

«Individ» tushunchasini turlicha talqin qilish mumkin. Avvalambor, individ – bu yagona tabiat mavjudoti sifatidagi odam, Homo sapiens turiga mansub vakil. Ushbu holatda individ biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm (har bir odam individ bo‘lib tug‘iladi) sifatida tushuniladi, ya’ni, insonning biologik mohiyati ta’kidlanadi. Lekin ba’zida «individ» tushunchasi odamni insoniy umumiylikning alohida vakili, mehnat qurollaridan foydalanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida belgilash uchun qo‘llaniladi.

Agar «inson» tushunchasi o‘z ichiga odamlarga xos bo‘lgan barcha insoniy sifatlarning yig‘indisini, ularning ma’lum insonda mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar, jamlagan bo‘lsa, u holda «individ» tushunchasi aynan uni xarakterlaydi va qo‘shimcha sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik xossalarni ham kiritadi. Bundan tashqari, ushbu tushunchaga ma’lum odamni boshqalardan ajratib turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va ko‘plab boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi.

Shaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil ta’riflar mavjud. A.N. Leontev ta’rifiga ko‘ra: «SHaxs – faoliyat sub’ekti», A.G. Kovalevning – «shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va ob’ekti sifatida», K.K. Aflotunovning – «shaxs – o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi», S.L. Rubinshteynning – «shaxs – tashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar yig‘indisi», A.V. Petrovskiyning – «shaxs – individ tomonidan jismli faoliyat va muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur va hulq-atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi» va boshqalarning ta’riflari shulardan iborat.

Bizlar esa R.S. Nemov tomonidan shaxsga berilgan ta’rifni qo‘llaymiz: «Shaxs – bu ijtimoiy asoslangan, ijtimoiy tabiatga ega bo‘lgan aloqalar va munosabatlarda namoyon bo‘ladigan, barqaror, odamning o‘zi va atrofidagilar uchun ahamiyatli bo‘lgan ahloqiy harakatlarni belgilab beruvchi o‘zining psixologik xususiyatlari tizimidagi inson».

Shunday qilib, inson, birinchidan, tirik tabiat vakili, biologik ob’ekt sifatida, ikkinchidan, ongli faoliyat sub’ekti sifatida va, uchinchidan, ijtimoiy mavjudot sifatida o‘rganilishi mumkin, bu uch darajaning yaxlit uyushmaga birlashishi insonning yig‘indi xususiyatlarining individualligini shakllantiradi.

Individuallik – bu ma’lum insonning, uning noyobligi, betakrorligi nuqtai nazaridan o‘ziga xos bo‘lgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yig‘indisi.

Individuallik – bu ko‘rib chiqilgan tushunchalar ichida mazmuniga ko‘ra eng tor tushuncha hisoblanadi. U o‘zida insonning boshqa odamlardan farq qiluvchi o‘ziga xos va shaxsiy xossalarini jamlaydi. Individuallik turli xildagi tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar, xarakter va temperamentlardagi farqlar, o‘zimiz isbotlaydigan, tasdiqlaydigan o‘ziga xos xususiyatlarimizda namoyon bo‘ladi. Motivlar, temperament, xarakter, layoqatlar – individuallikning asosiy ko‘rsatkichlari. «Individuallik» tushunchasi individning faqat o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini emas, balki morfofiziologik (bo‘y o‘lchami, tana tuzilishi, yuz tuzilishi va h.k.) xususiyatlarini ham aks ettiradi.

Individuallik – o‘z mohiyatiga ko‘ra, boshqalar tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan, tashqarida joylashgan narsa. Faqat boshqalar bir odamning boshqasidan farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi mumkin.

Individualism giving priority to one's own goals over group goals and defining one's identity in terms of personal attributes rather than group identifications.

Shunday qilib, bizlar ko‘rib chiqqan «odam, individ, shaxs va individuallik» tushunchalari hajmiga ko‘ra turlichadir. Bular orasida keng ma’no kasb etib, boshqa tushunchalarni ham o‘zida jo etadigan tushuncha «inson» atamasidir, eng tor atama esa – «individuallik» tushunchasi.

Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari

Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarini
chuqur urganishni talab qiladi. Bu qonuniyatlar voqieadlarning muayyan 

rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat urtasidagi muhim, zarur 

ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoyon bo’ladi. 

Tarbiya jarayonining asosini ijtimoiy xayotining ob`ektiv talabalarini, insonning
ijtimoiy mohiyatini va tabiatni aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etadi. 

Ijtimoiy tarbiya mazmuni moddiy ishlab chiqarish usuli, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, siyosiy tuzum hamda milliy mafkura g`oyalari asosida 

qaror topadi. Ijtimoiy jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy g`oyaviy 

asoslarini tashkil qiladigan tarbiyaning mazmuni va uning olib borilishiga 

kuchli ta`sir ko’rsatiladigan ijtimoiy jarayonlar tarbiyaning sub`ektiv omillari 

sirasiga tarbiya muassasalari, jamoat tashkilotlari, Oqituvchilar, tarbiyachilar, oila muhiti, jamotchilik dunyoqarashi, mafkura g`oyalari, shaxsni har tomonlama 

rivojlantirishga oid faoliyat kabilar kiradi.

Shaxsning rivojlanishi tarbiyaning g`oyaviy mazmuni va sifat darajasiga bog`liqdir. Ayni chog`da tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari, shaxsning
rivojlanish darajasiga ham bog`liq.Tarbiya jarayoni psixologiya fani asoslarini,shaxsning psixologik va fiziologik rivojlanish qonunlarini bilishni talab qilad.
Tarbiyachi (Oqituvchi) tarbiyalanuvchi (oquvchi) shaxsnini har tomonlama 

urganishi va shu asosida ta`sir ko’rsatishi lozim. Tarbiyalanuvchining shaxsiy xususiyatlari va imkoniyatlari hisobga olinmas ekan, tarbiyaviy ta`sir bir 

 tomonlama yoki tasodifiy bo’lib qoladi. Shuningdek, ular boshqa tarbiyaviy 

ta`sirlarga mos bo’lmay qoladi.

Tarbiyalanuvchilarning faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali ravishda
maqsadga muvofiq tashkil etilar, shaxs va jamiyat urtasidagi munosabatning 

oqilona bo’lishi ta`minlar ekan, tarbiya jarayoni shunchalik samarali bo’ladi. Shaxs faoliyati ijtimoiy munosabatlar negizida yo’lga qo’yilib, tizimli tarzda 

kechadi. Sub`ekt (shaxs ) > ob`ekt (ijtimoiy borliq) > ijtimoiy munosabatlar

tarzda tashkil etiladigan aloqa jarayoni shaxs faoliyati mazmuni va yo’nalishi-ni ham belgilashi mumkin. Ijtimoity munosabatlarni tashkil etish jarayonida shaxsga borliqni his etish, o’z- o’zini anglash, aloqa aralashuv va o’zlashtirish

sanaladi. Ijtimoiy munosabatlar mohiyatini anglash ehtiuyojini qondirishga 

 qaratligan faoliyat jarayonida ijtimoiy bilimlarni uzlashtirishga nisbattan

qiziqish hosil bo’ladi. Qiziqish o’z navbatida shaxsda muayyan hayotiy

maqsadning qaror topishiga olib keladi. Maqsad asosida shaxs nafaqat 

 ijtimoiy bilimlarni egallashga intiladi, balki o’zlashtirilgan bilimlarni egallash layoqatini ham nomayon eta borish maqsadga muvofiqdir. Maqsad mazmunini ifoda etuvchi g`oyalar amaliy harakatlarni tashkil etish borisidagi rag`batlar-ning yuzaga kelishi uchun zamin hozirlaydi. Rag`batlar o’zida quyidagi
xususiyatlarni aks ettiradi fuqoralik vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmiy 

 anglash, ahloqiylik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, estetik, huquqiy va boshqalar.

Qayd etilgan rag`batlar amaliy xarakatning tashkil etilishi uchun turtki beradi.
Ijtimoiy munosobatlar jarayonida shaxs faoliyati mazmunini tahlil etish, 

 ularda o’z faoliyatlariga nisbatan tanqidiy yondashuvni qaror toptirish, shunung-dek o’z faoliyatiga borish talab etiladi.

Xulosa, oquvchi shaxsida shakllanadigan ijtimoiy-insoniy sifatlar quyidagi
tizim asosida kechadi:
Ehtiyojlar

Ijtimoiy munosabat

Qiziqish 


Yüklə 70,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin