Vazifalar
1. Ma’lumotlarni tiklashda apparat qurulmalarining mantiqiy drayverlari bilan ishlash usullarini ko‘rib chiqing.
2. Fayllarni qayta tiklash uchun DMDE dasturidan foydalaning.
Nazorat savollari
1. DMDE da tiklanish nima?
2. DMDE dasturini o‘rnatib ko‘ring.
3. Dastur haqida ma’lumot bering.
12-amaliy mashg‘ulot. Ma’lumotlarni tiklashda Recuva, DiskDrill, TestDisk R-Undelete utilitlari bilan ishlash imkoniyatlari va tuzilmalari
Ma’lumotlarni tiklash uchun mo‘ljallangan dasturiy ta’minotlar orasidan Recuva juda foydali dastur bo‘lib, unda butunlay yo‘q qilingan fayllar va papkalarni tiklash mumkin. Bundan tashqari USB flesh disk tasodifan formatlansa yoki axlat qutisi (Корзина) ni tozalashdan keyin o‘chirilgan fayllar tiklanmoqchi bo‘linsa, Recuva hamma narsani joyiga qo‘yishga yordam beradi. Dastur yetishmayotgan ma’lumotlarni topishda yuqori funktsionallik va qulaylikka ega.
1. Birinchi qadam - ishlab chiqaruvchining saytiga kirish va dasturni yuklab olish kerak. Ham bepul, ham tijorat versiyalaridan birini tanlash mumkin. Flash-diskdan ma’lumotlarni tiklash bepul bo‘ladi.
44-rasm. "Recuva" dasturini yuklab olish jarayoni
2. Dasturni ishlab chiqaruvchilarning ko‘rsatmalariga amal qilgan holda dasturni o‘rnatish kerak.
3. Dasturni ochish va undan foydalanishni boshlash.
Ishga tushirilganda Recuva foydalanuvchiga kerakli ma’lumotlar uchun qidiruv parametrlarini sozlash imkoniyatini beradi.
1. Birinchi oynada rasmlar, videolar, musiqa, arxivlar, elektron pochta, Word va Exel hujjatlari yoki bir vaqtning o‘zida barcha turdagi fayllar kabi turlardan biridan ma’lumotlar turini tanlash va "Keyingi" (Next) ni bosing
45-rasm. “Recuva” dasturida fayllarni tanlash turi
2. Keyingi oynada xotira kartasida yoki boshqa olinadigan muhitda, hujjatlardagi, qayta ishlash qutisidagi yoki diskdagi ma’lum bir joyni ya’ni fayllarning joylashgan joyini tanlash mumkin. Agar fayl qayerda ekanligi ma’lum bo‘lmasa, "Bilmayman" (I’m not sure) ni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
46-rasm. "Recuva" dasturidan fayllar adresini tanlash jarayoni.
3. Endi Recuva ish rejimiga tayyor hamda boshlashdan oldin chuqur qidiruv funktsiyasi (Enable Deep Scan) ni faollashtirish mumkin lekin bu ko‘proq vaqt talab etadi. Qidiruv natijalar bermagan holatlarda ushbu funktsiyadan foydalanish tavsiya etiladi.
47-rasm. “Recuva” dasturini boshlanish jarayoni
4. Quyidagi oynada topilgan ma’lumotlar ro‘yxatini ko‘rish mumkin. Fayl nomi yaqinidagi yashil doira faylni tiklashga tayyorligini, sariq fayl shikastlanganligini, qizil fayl tiklanmasligini anglatadi. Kerakli faylning belgilash va "Qayta tiklash" (Recover) ni bosish kerak.
48-rasm. “Recuva” dasturidan ma’lumotlarni tiklash jarayoni.
5. Ma’lumotlarni saqlamoqchi bo‘lgan qattiq diskdagi papkani tanlash kerak.
49-rasm. "Recuva" dasturida tiklangan ma’lumotlarni saqlash jarayoni.
Dostları ilə paylaş: |