Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə50/58
tarix25.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#195740
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
Malumot tiklash metodichka

CD-R, DVD-R: Ushbu disk turlari faqat diskka ma’lumotlarni yozish imkonini beradi. Windows fayl tizimida diskdagi "o‘chirilgan" fayllarni e’tiborsiz qoldirishi mumkin bo‘lsa ham ularni fizik o‘chirib bo‘lmaydi..
CD-RW, DVD-RW: Ushbu disk turlari ma’lumotlarni diskka yozish va diskdan o‘chirish imkonini beradi. Ular odatda taxminan 1000 marta o‘chirilishi mumkin.
Fayllarni disklarga CD/DVD pleer orqali drayverga nusxa ko‘chirganda, ular vaqtincha qattiq diskdagi xotira maydoniga ko‘chiriladi, so‘ngra File Explorer-da "Yozish" tanlaganganda birdaniga diskka yoziladi. Shu tarzda yaratilgan disklar Windowsning eski versiyalari bilan ko‘proq mos keladi. Kerakli yozish usuli tanlgandan so‘ng, disk nomini kiritib "Keyingi" tugmasini bosish kerak.

68-rasm. Kerakli usul tanlanishi va disk nomi kiritilishi
Agar oxirgi menyuda "USB flesh drayver kabi" diskdan foydalanish tanlagan bo‘lsa, CD yoki DVD diskka yozish uchun hech qanday qo‘shimcha qadamlar talab qilinmaydi. Optik disk drayverda File Explorer oynasi ochiladi va unga yozish uchun fayllarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri File Explorer-dagi drayverga nusxalash kifoya qiladi. Fayllarni oynaga sudrab olib tashlash yoki nusxa ko‘chirib u yerga joylashtirish mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganidek, ushbu usul yordamida fayllarni o‘chirish mumkin, lekin CD-R yoki DVD-R diskidan foydalanilsa ularni faqat mantiqiy ravishda o‘chirib tashlash mumkin.

69-rasm: Fayllarni nusxa ko‘chirish jarayoni
"O‘chirilgan" ma’lumotlar hali ham fizik diskda yoziladi, ammo unga kirish imkoni bo‘lmaydi. Masalan 700 MB bo‘sh joy bor va 10 MB ma’lumotni diskka ko‘chirildi. Agar 10 MB maʼlumot oʻchirib tashlansa 690 MB boʻsh qoladi. Boshqa tomondan qayta yoziladigan disk formatidan foydalanilsa, Windows fayllarni tezda o‘chirib tashlaydi va fayllarni o‘chirishdan diskdagi joyni tiklash mumkin. Disk tanlanib bo‘lgandan so‘ng, Windows diskni chiqarib yuborishidan oldin yakunlaydi.

70-rasm. Diskka yozishni boshlash sozlamalari.
Diskga yozmoqchi bo‘lgan hamma narsa nusxalash tugatilgandan so‘ng, File Explorer oynasining asboblar paneli menyusida "Drive Tools" ni, so‘ngra "Yozishni tugatish" ni tanlash kerak. Disk uchun sarlavha kiritib, so‘ngra yozish tezligini tanlash va "Keyingi" tugmasini bosish kerak. Keyinchalik fayllar diskka yozilganligi sababli, jarayonni yakunlash uchun taxminiy vaqtni ko‘rish mumkin.

71-rasm. Diskga yozish jarayoni
Jarayon tugagach disk avtomatik ravishda optik media drayverdan chiqariladi va “bir xil fayllarni boshqa diskka yozishni xohlaysizmi” deb so‘raydi. Agar shunday bo‘lsa, "Ha, bu fayllarni boshqa diskka yozing" yonidagi katakchani belgilash va "Keyingi" tugmasini bosish kerak. Agar hozircha disklarni yozish tugatilgan bo‘lsa, shunchaki "Finish" tugmasini bosish kerak.

72-rasm. Diskka yozish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin