Disk Drill yordamida formatlangan flesh kartadan ma’lumotlarni qayta tiklash uchun Windows va Mac tizimlarida foydalanish mumkin. Disk Drill yuqori tiklash imkoniyatlariga ega va foydalanuvchilarga yo‘qolgan ma’lumotlarini tiklashning oddiy va samarali usulini taklif qiladi. Windows versiyasi bilan siz 500 Mb gacha bepul tiklash mumkin. Disk Drill ma’lumotlarni tiklash dasturi yordamida Windows kompyuterlarida fayllarni tiklash uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
Disk Drill for Windows-ni kompyuterga yuklab olib o‘rnatish kerak. Flesh kartadan ma’lumotlarni qayta tiklayotganligi uchun, yuklab olish va o‘rnatish uchun kompyuterning asosiy qattiq diskidan foydalanish mumkin.
73-rasm. Disk Drill dasturini yuklab olish jarayoni
Flesh kartani kartani ulovchi orqali kompyuterga ulaah kerak.
Disk Drill-ni ishga tushirish va chap panelda Data Recovery-ni tanlash. Ilovaning disklari ro‘yxatidan flesh kartani tanlaah kerak.
74-rasm. Flesh kartani tanlash jarayoni
Skanerlashni boshlash uchun Yo‘qolgan ma'lumotlarni qidirish (Search for lost data) tugmasini bosish kerak.
75-rasm. Yo‘qolgan ma’lumotlarni qidirish jarayoni
Qayta tiklanayotgan fayl turini ko‘rsatadigan belgini bosish orqali tiklangan fayllarni oldindan ko‘rish mumkin. Topilgan fayllar Rasmlar, Video, Audio, Hujjatlar, Arxivlar va boshqa fayllar sifatida tasniflanadi va tezda kerakli fayl turiga o‘tish mumkin.
76-rasm. Tiklangan ma’lumotlardan fayl turini tanlash jarayoni
Qayta tiklamoqchi bo‘lgan fayllarni tanlab Flesh kartada bo‘lmagan tiklangan ma'lumotlarni saqlash uchun xavfsiz joyni tanlash kerka. Bu tiklash jarayonida ma’lumotlarning buzilishi yoki qayta yozishning oldini oladi.
77-rasm. Tiklanayotgan fayllarni saqlash uchun joy tanlash jarayoni
Qayta tiklash tugmasini bosib va dasturiy ta’minotga fayllarni belgilangan saqlash joyiga olishiga ruxsat berish bilan fayllar tiklanish amalga oshiriladi.