MUSTAQIL ISHI Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI AKT sohasida kasb ta’lim fakulteti talabasi
Davlatov Og’abek
“Ma’lumotlarni qayta tiklash vositalari va ular yordamida ma’lumotlarni qayta tiklash”
MUSTAQIL ISHI Ma’lumotlarni qayta tiklash vositalari va ular yordamida ma’lumotlarni qayta tiklash
REJA: 1. Androiddan o’chirilgan fayllarni qayta tiklash
2. GT Recovery. Undelete
3. Telefon xotirasidan o’chib ketgan ma’lumotlarni tiklash uchun kompyuter dasturlari
4. SD kartadan o’chib ketgan fayllarni tiklash
K I R I S H Ko’pchilik foydalanuvchilarda vaqti kelib shunday savol tug’ilishi mumkin: o’chirilgan rasmlar, videolar va boshqa fayllar qayerga ketadi? O’chib ketgan narsalarni tiklash mumkinmi? Javob: albatta, ha. Avvalo telefonda o’chgan (udalit) qilingan narsalar bilan nima bo’lishini tushunib olish kerak. Android telefondan fayl o’chirilsa, fayl hali ham xuddi o’sha joyida o’zgarmagancha qoladi, faqat u egallab turgan joy endida «foydalanilmayotgan» degan maqom oladi, ya’ni yangi ma’lumotlar saqlash uchun bo’sh joy hosil
bo’ldi. Ana shu o’chirilgan ma’lumotning o’rniga yangi ma’lumotlar yozilgandan so’ng, telefonda o’chgan fayllar egallab turgan xotiraga boshqa ma’lumot yoziladi va ular endida doimiy, abadiy ravishda o’chib ketadi.
Telefonni xotirasidan o’chirilgan fayllarni tiklash mumkinligi ehtimolini oshirish uchun ikkita narsaga amal qilish kerak:
Yangi ma’lumotlar yaratishni to’xtatish — telefon xotirasiga boshqa narsa yozmaslik, fayllar tashlamaslik (agar sd-karta bo’lsa, unga ham);
O’chirilgan fayllarni imkon qadar tezroq tiklash.
Shuningdek Androiddagi o’chib ketgan fayllarni kompyuter orqali tiklash ham mumkin, chunki Androidda bunday dastur o’rnatilish vaqtida o’sha «yozilmagan» joyga yangi ma’lumot yozib yuborilishi mumkin. So’nggi vaqtlarda telefonlar operatsion tizimlari jadal o’zgarib borayotganligi tufayli, kompyuter orqali tiklash mashhurligini tobora yo’qolib bormoqda, garchi u ishonchliroq bo’lsada.