Toshkent axborot texnologiyalar universiteti


Androiddan o’chirilgan fayllarni qayta tiklash



Yüklə 75,78 Kb.
səhifə2/3
tarix18.08.2022
ölçüsü75,78 Kb.
#63191
1   2   3
MUSTAQIL ISHI

Androiddan o’chirilgan fayllarni qayta tiklash
Buning uchun ko’p ham mo’jiza kerak emas: telefonning o’zi va o’chirilgan fayllarni tiklash uchun dastur yetarli bo’ladi. Ammo dasturlarning aksariyati uchun root huquq (рут права, root permission) kerak bo’ladi, uni o’rnatishda esa telefonning kafolati (гарантия) buziladi. Agar qurilmangizning kafolat muddati tugagan bo’lsa, unda ishonch bilan superfoydalanuvchi huquqlarini o’rnatish mumkin. Lekin telefonni yaqinda olgan bo’lsangiz, qay biri — fayllar yoki kafolat muddati muhim ekanligi o’rtasida tanlash kerak bo’ladi.
Qanday qilib root huquqni olishni bilmasangiz, yaqinda bu haqida alohida maqola chiqariladi. Endi ilovalar haqida batafsil.
Dumpster — Recycle Bin
Bu apkning ishlash tamoyili kompyuterdagi korzinaga o’xshash. Dasturga root-huquq kerak emas, ammo bu dasturning kamchiligi — faqat ushbu dastur o’rnatilgandan so’ng o’chib ketgan fayllarni qayta tiklash mumkin, ya’ni siz oldin ushbu ilovani o’rnatmagan bo’lsangiz, unda fayllarni tiklash uchun keyingi punktga o’tavering.
Ushbu ilova yordamida adashib o’chirib yuborilgan fayllar osonlikcha tiklanadi: ilova ochiladi va o’chirilgan fayllar orasidan qay birini tiklash kerakligi tanlanadi. Bo’ldi.
Dasturni yuklash uchun havola: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.baloota.dumpster&hl=ru
GT Recovery
Ushbu dastur telefonda root-huquq bo’lishini talab qiladi. Test o’tkazilayotgan telefonda root-huqular olib bo’lingan, shuning uchun quyida fayllarni tiklash jarayoni rutlangan telefonda o’tkazilishini inobatga oling. Ushbu ilovaning root talab qilmaydigan versiyasi ham mavjud, ammo uning imkoniyatlari cheklangan.
Google Play`dan ilovani yuklab olasiz va o’rnatasiz.
Uni ishga tushirasiz va o’chib ketgan fayllar bo’limini tanlaysiz (masalan kontaktlar).
Skan qilishni boshlaysiz.
Topilgan va kerakli bo’lgan kontaktlarni tiklaysiz.
Dasturni androidga yuklab olish uchun havola manzili: https://play.google.com/store/apps/details?id=mobi.bihu.recovery
P.S. hozirda ushbu dastur google play`dan olib tashlangan ko’rinadi. Ma’lumotlarni rasmiy sayti — http://www.gtrecovery.net/ orqali olish mumkin.


Undelete
Android telefondagi narsalarni tiklash uchun yana bir dastur, bunga ham root kerak. Bajarish kerak bo’lgan amallar ketma-ketligi:
https://play.google.com/store/apps/details?id=fahrbot.apps.undelete manzili bo’yicha ilovani yuklab oling.
Keyingi bosqichda qaysi xotirani skan qilish kerakligi so’raladi. Bunda telefonning ichki xotirasi yoki SD karta tanlanadi.
Keyin skan qilish chuqurligi darajasini tanlash kerak, mazkur holatda глубокое сканирование tanlangan.
Keyingi bosqichda qaysi formatdagi fayllar bo’yicha izlash kerakligi so’raladi, masalan o’chib ketgan rasmlarni tiklash uchun .jpg, .png, .gif, videolar uchun .mp4 va boshqa formatlar bo’lishi mumkin.
DiskDigger photo recovery — https://play.google.com/store/apps/details?id=com.defianttech.diskdigger&hl=en&showAllReviews=true
iCare Recovery — https://www.icare-recovery.com/data-recovery-free.html (kompyuter uchun).

Yüklə 75,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin