RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi DAVLATNING IQTISODIY O`SISHIDA INKLYUZIV VA EKSTRAKTIV INSTITUTLARNING O`RNI Abdullajonov Davronjon Shokirjon o‘g‘li Qo‘qon Universiteti, biznes kafedrasi o‘qituvchisi
abdavron94@gmail.com
Abdullajonova Gulmira Qaxramon qizi Qo‘qon Universiteti, Iqtisodiyot yo‘nalishi
qosimovagulmira99111@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada inklyuziv iqtisodiy o'sish sifatida qaraladigan va har xil o'sish
ko'rsatkichlari bilan o'lchanadigan, inklyuziv rivojlanish indeksi sifatida xalqaro tendentsiyalar va
inklyuziv o'sish yo'nalishlari ko'rib chiqiladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, atrof-muhitni
inklyuziv boshqarish uchun zarur shartlar sifatida ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik tarkibiy
qismlarni hisobga olgan holda mamlakat o'sishining mavjud holati tahlil qilindi. Shunday qilib,
ushbu maqolaning asosiy e'tibori ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik amaliyotda tabiatni inklyuziv
boshqarish uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni keyinchalik uslubiy ta'minlashga
qaratilgan.
Kalit so'zlar: inklyuzivlik, indeks, atrof-muhitni boshqarish, institutsional sifatlar.
Kirish. Bu
gungi kunda dunyoda qashshoqlik va kambag‘allikka barham berish hamda
barqaror rivojlanishni ta’minlash muammolari markaziy o‘rinda turibdi. Soni о‘sib borayotgan aholi
uchun mos, to‘yimli va xavfsiz oziq
-
ovqat mahsulotlaridan foydalana olishni ta’minlash
deyarli
barcha halqlar to‘qnash kelayotgan eng murakkab muammolardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonni
2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni va
iqtisodiy o‘sish barqarorligini ta’minlash, iqtisodiyot tarm
oqlarining raqobatbardoshligini,
investitsion va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari
o‘sishi va kam ta’minl
anganlikni qisqartirish nazarda tutiladi.
Iqtisodiy o'sish, jumladan uning sifati to‘g‘risidagi masala mamlakat, uning mintaqalari,
umuman biror-bir ijtimoiy tizimning rivojlanish istiqbollarini aniqlash uchun ham juda muhim.
Iqtisodiy o‘sish jamiyatning
rivojlanish istiqbollarini prognozlash imkonini beradi. Bundan
tashqari, iqtisodiy o‘sish resurslaming cheklanganligi muammosini hal etish uchun sharoit yaratadi.
Iqtisodiy o‘sish
-
ishlab chiqarishni takomillashtirish, iqtisodiyotda progressiv o‘zgarishla
r
va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir. U taraqqiyotning ajralmas qismi, ijtimoiy