Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   355
15-8-PB

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
Elektron ta’lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan 
biri “Ispring” dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat 
hollarda Microsoft - PowerPoint dasturiy 
ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar 
faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet 
texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida 
taqdimot fayll
arini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rish uchun flash 
(swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, 
PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi 
dasturlar yaratilgan. 
Ta‟lim tizimida electron ta’lim resurslardan foydalanishning ommalashuvini asosiy sababi 
sifatida nafaqat pedagoglar uchun, balki, o’quvchilar uchun ham qulay bo’lgan tomonlarining 
mavjudligini ko’rsatishimiz
mumkin. Masalan, o’quvchilar o’zlari istagan holda va hohlagan vaqtda 
ta‟lim olish imkoniga ega bo’ladi. Bundan tashqari ta’limda electron ta’lim resurslardan foydalanish 
orqali quyidagi:

pedagog kadrlar yetishmaydigan hududlarda ham o’quvchilarni onlay
n yoki masofaviy shaklda 
ta’lim olishlari; 

o’qituvchi va o’quvchilarning internet tarmog’idan o’zlari istagan fanga oid ma‟lumotlarni olish, 
izlash, tarqatish va undan foydalanish;

tizimda electron ta’lim resurslardan foydalanish asosida ta’lim samarador
ligini oshirish, vaqt va 
mablag’ sarfini kamaytirish;

ta‟lim jarayoniga electron ta’lim resurslarni qo’llash orqali o’quvchilarning shunchaki, fanlarni 
o’zlashtirishlari emas, balki ularning bilimlarni qay darajada o’zlashtirayotganligi va muammoli 
vaziyatlarga tayyorligi hamda ularda tanqidiy tafakkurni shakllanganligi, shuningdek
o’quvchilarning mustaqil o’z ustida ishlay olish qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirish kabi 
imkoniyatlarga ega bo’lamiz. 
Bugungi kunda electron resurslarni ta’lim jaray
oniga faol kirib borayotganligining bosh 
omili darslarning sifatini ijobiy tomonga o’zgartirishdagi samaradorligi bilan alohida ahamiyat kasb 
etayotganligidir. Bunday sifat darajasini yanada yuksalirishda o’qitishning turli vositalari va 
electron ta’lim resurslarni qo’llashning yangi strategik loyihalarini ishlab chiqish hamda yuqori 
samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan o’quv xonalari, laboratoriyalar, 
mediastudiyalarni o’z ichiga olgan markazlarni tashkil etish muhim omil bo’lib xizmat q
iladi. 
Elektron ta’lim resurslari yordamida darslarni tashkil etish jarayoni, bunda talabalarning olayotgan 
bilimlarini faqat eshitish emas, balki ko‘rish sezgilari orqali ham qabul qilishlari va 
tushunchalarning g‘oya va mazmunini chuqur anglab etishlarig
a samarali yordam beradi. 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin