Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   355
15-8-PB

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 

pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish 
uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida o`qish” tamoyili 
asosida takomillashtirib borish; 

ilmiy-tadqiqot va ta`lim xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha xususiy sektorning salmog`ini 
kengaytirish, hududlarda nodavlat ta`lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini 
shakllantirish, ta`lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish; 

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
qo`llagan 
xolda ta`limni 
boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron 
resurslar va masofaviy ta`limni yanada rivojlantirish, ta`lim oluvchilar o`rtasida IT-sohasidagi 
kasblarni ommalashtirish; 

ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar 
ko`lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag`batlantirish, mavjud 
ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish; 

ta`lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta`lim 
tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritish bo`yicha tizimli ishlarni amalga oshirish”,[2] 
kabi O`zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta`lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada 
rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari belgilab berildi. 
Mamlakatimizning yangi taraqqiyoti davrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
qo`llash orqali ta`limni boshqarishni avtomatlashtirish, elektron resurslar va masofaviy ta`limni 
yanada rivojlantirish, ta`lim oluvchilar o`rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirishga 
davlatimiz rahbari tomonidan alohida e‟tibor qaratilayotganligi, ta`lim tizimida ham raqamli 
texnologiyalarning o`rni va ahamiyati qanchalik yuqori ekanligini ko`rsatib bermoqda. 
Bugungi globallashuv jarayoni kechayotgan davrda, kundalik hayotimizni axborot-
komunikatsion texnologiyalari, kompyuterlar va Internetsiz tasavvur qilish mushkuldir. Shuning 
uchun ham bugungi kunda raqamli texnologiyalar asta sekin kundalik hayotimizning barcha 
sohalariga kirib, ijtimoiy hayotning ajralmas bir qismiga aylanib bormoqda. Aynan, ana shu muhim 
jihatni hisobga olgan xolda mamlkatimizda 10 dan ortiq texnika va raqamli texnologiyalar 
yo`nalishidagi mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o`quv yurtlari faoliyatini yo`lga qo`yilganligi ham 
raqamli texnologiyalarning nafaqat iqtisodiyot, siyosat kabi sohalarda balki, ta`lim tizimida ham 
katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolatdir. 
2020-yil Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev: “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot 
texnologiyalarini egallashimiz zarur vas hart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo`lidan borish 
imkoniyatini beradi”,[3]
-deya ta`kidlaganlari mamlakatimizda faqat raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirishda tub burulish yasash, balki raqamli texnologiyalarni ijtimoiy hayotning barcha 
sohalariga, jumladan, ta`lim tizimiga ham joriy etishni nazarda tutgan bo`lsalar ajab emas. 


141 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin