RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi DORIVOR XOM ASHYOSI PO‘STLOQ XISOBLANGAN O‘SIMLIKLARNI O ‘RGANISH VA ULARDAN OLINADIGAN PREPARATLARNI TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI M.A.Abdurahimova SH.Z.Tursunaliyev Farg’ona davlat universiteti
Annotatsiya: O‘zbekistonda dorivor xom ashyosi po‘stloq xisoblangan o‘simliklardan
tibbiyotda va tabobatda qo‘llanish borasida ko‘p ishlar qilinyapti
Аннотация: В Узбекистане ведется большая работа по использованию
лекарственного сырья из растений с корой в медицине и медицине.
Kalit so‘zlar: Xalq tabobati, Olxasimon frangula, Po‘stloq, tekis sinuvchan, suyuq ekstrakt.
Hozirgi vaqtda Xalqaro Sog‘liqni
- saqlash
tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra sog‘liqni
-
saqlashda foydalaniladigan dorivor vositalarning 70-75% kelib chiqishi jihatidan dorivor
o‘simliklar hisoblanadi. Xalq tabobati va rasmiy tibbiѐt dorivor o‘simliklarini o‘rganishning
respublikamizning mahalliy d
orivor o‘simlikshunosligidagi ahamiyati kattadur. Bu sohada
O‘zbekistonda amalga oshirilaѐtgan ishlar va Respublikamiz Prezidenti va hukumatimiz tomonidan
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni zamonaviy tarzda rivojlantirish sohasidagi farmonlar,
farmoyishl
ar buning isbotidur. Jumladan O‘zbekistonda dorivor xom ashyosi po‘stloq xisoblangan
o‘simliklardan tibbiyotda va tabobatda qo‘llanish borasida ko‘p ishlar qilinyapti .Masalan
Olxasimon frangula
–
Frangula alnus Mill. (Rhamnus frangula L.); jumrutdoshlar
–
Rhamnaceae
oilasiga kiradi. Po‘stloq erta bahorda (mart
-
aprel oylarida), o‘simlik tanasida suv yurisha
boshlaganda (barg chiqarmasdan oldin) yosh poya va shoxlaridan shilib olinadi. Geografik
tarqalishi. MXD ning Yevropa, Kavkaz, Shimoliy Qozog’iston va
G’arbiy Sibirining o’rmonlarida
tarqalgan. Po‘stloq yig‘ishdan oldin ularning ustidan lishayniklar pichoq bilan qirib tashlanadi.
Po‘stloq yig‘ish uchun poya yoki shoxning ikki yeridan 30 sm uzunlikda ko‘ndalangiga kesiladi.
So‘ngra kesilgan yerlarni bir yoki ikki joyidan uzunasiga kesib birlashtiriladi. Bunda po‘stloq osonlik
bilan naycha qki tarnovcha shaklida ko‘chadi. Po‘stloqlar quritilayotganda bir
-birining ichiga kirib
qolmasligi kerak, aks holda mahsulot yaxshi qurimay, mog‘orlab ketadi.
Mahsulotni
ng tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot har xil uzunlikdagi naychasimon yoki
tarnovchasimon po‘stloqdan iborat. Po‘stloq qalinligi 0,5–2 mm bo‘lib, ustki tomoni silliq, sariq
-qizil
yoki qizil-
qo‘ng‘ir rangga bo‘yalgan. Po‘stloqning tashqi probka qavatini ast
a qirilsa, qizil rangli
ichki probka qavati ko‘rinadi (boshqa po‘stloqlardan farqi). Mahsulot tekis sinuvchan, hidsiz va
yoqimsiz achchiq mazaga ega. Po‘stloqning ichki tomoni 0,5% li ishqor eritmasi bilan namlansa, to‘q
qizil rangga bo‘yaladi (antratsen u
numlariga reaksiya).