Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   355
15-8-PB

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
DORIVOR XOM ASHYOSI PO‘STLOQ XISOBLANGAN O‘SIMLIKLARNI O ‘RGANISH VA 
ULARDAN OLINADIGAN PREPARATLARNI TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI
M.A.Abdurahimova 
 SH.Z.Tursunaliyev 
Farg’ona davlat universiteti
Annotatsiya:
O‘zbekistonda dorivor xom ashyosi po‘stloq xisoblangan o‘simliklardan 
tibbiyotda va tabobatda qo‘llanish borasida ko‘p ishlar qilinyapti
Аннотация:
В Узбекистане ведется большая работа по использованию 
лекарственного сырья из растений с корой в медицине и медицине.
Kalit so‘zlar:
Xalq tabobati, Olxasimon frangula, Po‘stloq, tekis sinuvchan, suyuq ekstrakt.
Hozirgi vaqtda Xalqaro Sog‘liqni 
- saqlash 
tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra sog‘liqni
-
saqlashda foydalaniladigan dorivor vositalarning 70-75% kelib chiqishi jihatidan dorivor 
o‘simliklar hisoblanadi. Xalq tabobati va rasmiy tibbiѐt dorivor o‘simliklarini o‘rganishning 
respublikamizning mahalliy d
orivor o‘simlikshunosligidagi ahamiyati kattadur. Bu sohada
O‘zbekistonda amalga oshirilaѐtgan ishlar va Respublikamiz Prezidenti va hukumatimiz tomonidan 
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni zamonaviy tarzda rivojlantirish sohasidagi farmonlar, 
farmoyishl
ar buning isbotidur. Jumladan O‘zbekistonda dorivor xom ashyosi po‘stloq xisoblangan 
o‘simliklardan tibbiyotda va tabobatda qo‘llanish borasida ko‘p ishlar qilinyapti .Masalan
Olxasimon frangula 

Frangula alnus Mill. (Rhamnus frangula L.); jumrutdoshlar 

Rhamnaceae 
oilasiga kiradi. Po‘stloq erta bahorda (mart
-
aprel oylarida), o‘simlik tanasida suv yurisha 
boshlaganda (barg chiqarmasdan oldin) yosh poya va shoxlaridan shilib olinadi. Geografik 
tarqalishi. MXD ning Yevropa, Kavkaz, Shimoliy Qozog’iston va
G’arbiy Sibirining o’rmonlarida 
tarqalgan. Po‘stloq yig‘ishdan oldin ularning ustidan lishayniklar pichoq bilan qirib tashlanadi. 
Po‘stloq yig‘ish uchun poya yoki shoxning ikki yeridan 30 sm uzunlikda ko‘ndalangiga kesiladi. 
So‘ngra kesilgan yerlarni bir yoki ikki joyidan uzunasiga kesib birlashtiriladi. Bunda po‘stloq osonlik 
bilan naycha qki tarnovcha shaklida ko‘chadi. Po‘stloqlar quritilayotganda bir
-birining ichiga kirib 
qolmasligi kerak, aks holda mahsulot yaxshi qurimay, mog‘orlab ketadi.
Mahsulotni
ng tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot har xil uzunlikdagi naychasimon yoki 
tarnovchasimon po‘stloqdan iborat. Po‘stloq qalinligi 0,5–2 mm bo‘lib, ustki tomoni silliq, sariq
-qizil 
yoki qizil-
qo‘ng‘ir rangga bo‘yalgan. Po‘stloqning tashqi probka qavatini ast
a qirilsa, qizil rangli 
ichki probka qavati ko‘rinadi (boshqa po‘stloqlardan farqi). Mahsulot tekis sinuvchan, hidsiz va 
yoqimsiz achchiq mazaga ega. Po‘stloqning ichki tomoni 0,5% li ishqor eritmasi bilan namlansa, to‘q 
qizil rangga bo‘yaladi (antratsen u
numlariga reaksiya). 


196 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin