RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Mahsulotga ba’zi o‘simliklar (jumrut, olxa, cheremuxa, kalina, tol va boshqalar) po‘stlog‘i
aralashib qolishi mumkin. Bu o‘simliklarning po‘stlog‘i asosan tashqi ko‘rinishi, mikroskopik
tuzilishi va kimyoviy tarkibi (sifat
reaksiyalar yordamida aniqlanadi) bilan frangula o‘simligi
po‘stlog‘idan farq qiladi.Frangula po‘stlog‘ining preparatlari surgi dori sifatida ishlatiladi. Yangi
yig‘ilgan, bir yil saqlanmagan po‘stloq ishlatilsa qusturuvchi, ko‘ngil aynituvchi va me’da
-ichakni
og‘rituvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun tibbiyotda bir yil saqlangan yoki 100° haroratda bir soat
qizdirilgan po‘stloq ishlatiladi. Bunday po‘stloq qustiruvchi va ko‘ngil aynatuvchi hamda me’da va
ichakni og‘rituvchi ta’sir ko‘rsatmaydi.Yangi tayyorlangan po‘stloq tarkibidagi birlamchi glikozidlar
–
flangularozid, antranol-glyukofrangulin va uning bimolekulyar formasi
–
digidrodiantranol-
glyukofrangulin kishi organizmiga yomon ta’sir etadi. Po‘stloqni bir yil saqlaganda yoki 100°
haroratda bir soat qizdirilganda bu moddalar oksidlanib, antratsenning oksidlangan unumlariga:
glyukofrangulin va digidrodiantraxinon-glyukofrangulinga aylanadi. Natijada mahsulotning
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan noxush ta’sirlari yo‘qoladi.
Dorivor preparatlari. Qaynatma, suyuq ekstrakt, quruq eksrakt (tabletka holida chiqariladi),
sharbat, ramnil (po‘stloqning quruq, standartlashtirilgan preparati, tabletka holida chiqariladi).
Bulardan tashqari, mayda qirqilgan po‘stloq ich yumshatuvchi (surgi) va bavosil kasalliklarida
ishlatiladigan choy-
yig‘malar tarkibiga kiradi.
Frangula o‘simligi bilan bir qatorda po‘stlog‘i tarkibida bir xil miqdorda va bir xil antratsen
unumlari saqlaydigan jumrutning Zakavkazye o‘rmonlarida o‘sadigan turi –
Rhamnus imeretina
Booth. ni ishlatishga
ruxsat etiladi. Bu o‘simlikning po‘stlog‘idan tayyorlangan suyuq ekstrakt
(boshqa dorivor preparatlar bu turdan tayyorlanmaydi) surunkali qabziyatda surgi sifatida
qo‘llaniladi.