Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   355
15-8-PB

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
TIBBIYOT TASVIRLARINI SEGMENTASIYA QILISH USULI 
F.F. Meliyev 
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy
-tadqiqot instituti, 
tayanch doktorant 
Annotasiya: 
Ushbu maqolada tasvirlarni segmentasiyalash usullaridan biri haqida fikr va 
mulohazalar keltirilgan. Usul tibbiyot tasvirlarida sinovdan o’tkazilib olingan tajribaviy tadqiqotlar 
natijalari raqamlarda berilgan.
 
Kalit 
so’zlar: 
segmentasiya

bo’sag’a, algoritm, Otsu, klasterlash.
Tasvirlarni tahlil qilishda ularni segmentlarga bo'lish, ya'ni tasvir piksellarini ma'lum 
belgilarga ko'ra guruhlarga bo'lish kerak bo'ladi. Segmentatsiya jarayonining maqsadi keyinchalik 
yanada batafsil tahlil qilish uchun tasvirni soddalashtirish yoki o'zgartirishdir. Segmentatsiya 
ob'ektning chegaralarini aniqroq aniqlashga yordam beradi, bu esa ularning talqinini va tahlilini 
sezilarli darajada osonlashtiradi. Segmentatsiya natijasi ko'plab segmentlarga bo'lingan tasvirdir, 
segmentlar esa o'z navbatida, rangi yoki yorqinligi kabi ba'zi belgilar bo’yicha bir
-biriga o'xshash 
piksellarga bo'linadi. 
Tasvirni tahlil qilish, qayta ishlash, shuningdek tanib olish bosqichida tasvirning kerakli 
belgilari haqida ma'lumot olish uchun avvalo tasvirni segmentatsiyalash bosqichidan o'tkazish 
kerak.
Tasvirni segmentatsiyalash - bu tasvirni qayta ishlash jarayonidan tasvirni tahlil qilishgacha 
bo'lgan asosiy jarayonlardan hisoblanib, kompyuterli ko'rishning asosiy texnologiyalaridan biridir. 
Tasvirni segmentatsiyalash sifati belgilarni ajratib olish, tanib olish va o'lchovlar aniqligiga 
bevosita ta'sir qiladi va tasvirni tahlil qilishda asosiy qadam bo'lib, ilmiy-tadqiqot ishlarida asosiy 
omil hisoblanadi. 
Rangli tasvirning segmentatsiyasi hududlar teksturalarining xar xil turlaridan iborat bo'lib, 
aniq tekstura maydonini hisoblashda va tasvirni segmentatsiyalash hududlarining optimal sonini 
aniqlashda, ya’ni u o'xshash va /yoki noodatiy maydon teksturalarini 
o'z ichiga olgan bo'lsa, qiyin 
vazifa bo'lishi mumkin.
Ko'pgina usullar orqali tasvirni segmentatsiyalash muammosini yechish mumkin, masalan, 
gistogrammadan foydalanish usullari, klasterlashtirishga asoslangan usullar va hududlarni 
kengaytirish usullari va boshqalar[1]. 
Mazkur maqolada tibbiyot tasvirlari, ya’ni onkologik tekshiruvlarda tahlil qilnadigan 
gistologik tasvirlarni segmentasiyalash usuli haqida mulohazalar keltirilgan. Bunda histologik 
tasvirlar gematoksilin va eozin (HE- hematoxylin-eosin) moddasi bilan qayta ishlanib tayyorlanadi 
va asosan pushti va binafsha rangli qismlardan iborat bo’ladi. Ana shunday gistologik tasvirlardan 
biri, odam oshqozoni xo’jayralari tasviri 1
-rasmda keltirilgan. 


205 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin