TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi barqarorlashtiradi. O`rta asrda Yevropalik tabiblar anor sharbatidan asablarni tinchlantirishda
foydalanganlar. Xitoy tabobatida anor gullaridan tayyorlangan damlama ichburug`, tishlarning
qimirlab qolishi va tushib ketishiniyu oldini olishda foydalanilgan. Anor gullarining quritilgan
kukuni turli jarohatlarga ishlatilgan. Hind tabibi Buxan anor daraxtining ildizidan lentasimon
gijjalarni yo`qotishda foydalangan.
Asosiy qism. Anor sharbatining tarkibida S, R vitaminlari, shuningdek uning V guruhi
vitaminlari V6 va V12 hamda kaliy, kalьtsiy, fosfor va temir minerallari bor. Vitaminlarning bunday
birikmasi asab tizimi uchun foydali. An
or tarkibida dezinfektsiya ta’sirini ko`rsatuvchi moddalar
bo`lib, u ichak buzilishlari, ich ketishiga qarshi kurashishda yordam beradi. Anor sharbati tarkibida
qand miqdori kam bo`lganligi uchun qandli diabet kasalligini oldini oladi. Kishi holatiga qarab, anor
sharbatini 50 ml.dan to 100 ml.gacha kuniga 3 mahal qabul qilish mumkin. Bu meva sharbatini
me’yorida ichish talab etiladi. Shuningdek anor nevroz, yurak o`ynog`i va jigarni yog` bosishidan
ham himoyalaydi. Anor sharbati tarkibida organik kislotalar, ayniqsa limon kislotasi ko`p. Anor
sharbati oson hazm bo`ladi. U inson tanasiga tetiklik beradi. Qisqa vaqt ichida yangi anor
gemoglobin darajasini sezilarli darajada oshiradi va anemiya bilan muvaffaqiyatli kurashadi.
Kamqonlikdan aziyat chekuvchi odamlar, ayniqsa homilador ayollar anor sharbati
ichganidan so`ng qonidagi gemoglobin miqdori oshadi. Gemoglobin qon tarkibini hosil qiluvchi eng
muhim qon sharchalari bo`lib, kislorodni qayta ishlash vazifasini bajaradi. Anor sharbati shishni,
bosimni kamaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga yurak faoliyatini qo`llab-quvvatlaydi, unga
kaliy yetkazib beradi. Anor suvidan muntazam iste’mol qilish saraton paydo bo`lishi, ayniqsa
prostata saratoni oldini oladi. U siydik hamda o`t haydovchi, shamollashga qarshi, antiseptik, og`riq
qoldiruvchi xususiyatlarga ega.
Gripp viruslarini yo`q qilish qobiliyatiga ega, u gripp infektsiyalariga qarshi juda samarali. U
tarkibidagi antioksidantlar tufayli qonda oksidlanishni oldini oladi. Anor ekstrakti antibiotiklar
bilan ishlatilganda chidamli bakteriyalarni ham yo`q qilishi mumkin. Yurak va qon tomirlari
salomatligini himoya qilishni ta’minlaydi.U tomirlarning tozalashda profilaktik ta’sir ko`rsatadi.
Abu Ali ibn Sino anorning xosiyatlari haqida to`xtalib, nordoni safroni bosishi,
chiqindilarning ichki a’zolarga oqishini to`xtatishi, po`sti, ayniqsa, kuydirilgani jarohatlar uchun
dori bo`lishi, urug`i asal bilan birga tish og`rig`i va quloq og`rig`iga foyda keltirishini alohida
ta’kidlagan. Xalq tabobatida anor po`stlog`
i, mevasi, meva po`sti va guli istisqo (vodyanka), qo`tir,
yo`tal, ichburug`, sariq kasalliklariga davo sifatida qo`llaniladi.
Anor po`sti organizmni zaharlovchi ko`plab bakteriyalar hamda infektsiyalarni davolashda
universal vositadir. Po`stlog`ining tindirmasi bilan qisqa muddatda (5-7 kunda) ichak yaralari,
dizenteriya, disbakterioz, salmonellioz, gijja, vabo, qorin tifi va boshqa ko`plab kasalliklarni